Yuqorida ta’kidlab oʻtganimdek, Men amaliyot oʻtkazgan tashkilot “Ipotekabank” ATBda boʻlib, oʻz amaliyotim davomida ushbu bankning “Mijoz bank uchun emas, Bank mijoz uchun” tamoyili toʻlaqonli amal qilishining guvohi boʻldim.
“Ipotekabank” ATBda oʻzining mijozlarga koʻrsatayotgan xizmatlari bilan shahar, tuman aholisining e’tiroflariga sazovor boʻlayotgan banklar qatorida boʻlib hisoblanadi. Men amaliyotning soʻnggi kunida bank boshqaruvchisi Rashidov Sh.A bilan suhbatda boʻldim. Suhbat davomida ular oʻzlarining bank sohasidagi, iqtisodiyot sohasidagi, qolaversa, boshqaruv sohasidagi bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Men oʻzimning bank faoliyati boʻyicha bilimlarimni yanada boyitib, oʻzimda ushbu bilimlar doirasida amaliy koʻnikmalar hosil qildim. Ushbu bankning filiallar reytingi boʻyicha yuqori oʻrinlarda turishi tashkilotning asosiy aktivi hisoblanmish – kadrlarda ham yetarlicha salohiyat mavjudligidan, bank oʻz vakolatlari doirasidagi moliyaviy operatsiyalarini a’lo darajada amalga oshirayotganidan dalolat beradi. Suhbat davomida bank boshqaruvchisi shu kabi reyting natijalari, qonun-hujjatlarini men bilan faxr ila oʻrtoqlashdi. Bunday yutuqlarni koʻrib men shuni angladimki, bu faqatgina salohiyatli kadrlarning bank uchun qilgan mehnatlari evaziga emas, balki, toʻgʻri tanlangan strategic boshqaruv, kadrlar bilan olib borilayotgan menejment yondashuvi va boshqaruvchining shu darajaga yetib kelgunga qadar oʻz ustida ishlashi, mashaqqatli mehnatlari evaziga kelgan ulkan samaralar natijasi ekan.
Bank boshqaruvchisi Rashidov Sh.A shuni ta’kidladilarki, kadr faqatgina oʻziga berilgan topshiriq yuzasidan ish olib borishi kerak emas. U oʻz ustida nafaqat oʻz sohasi yuzasidan balki, rivojlanayotgan boshqa sohalar ususida ham fikrlashi bosh qotirishi kerak. Shunda uning ma’naviyati, ma’rifati yuksaladi. Ishlayotgan tashkliloti uchun esa yangilik yaratuvchi, uning nufuzii oshiruvchi katta kuch boʻladi. Suhbat yakunida boshqaruvchi menga ulkan zafarlar tilab, Milliy universitetning a’lo darajali bakalavr diplomi bilan meni kutib qolishini aytib oʻtdi.
Xulosa oʻrnida shuni aytib oʻtishmoqchimanki, inson har qanday sohada ishlashidan qat’iy nazar, ish jarayonida insoniy huquqlari, uning manfaatlari doimo barcha narsadan ustun turadi va shaxs shu qabilida ish olib borishi maqsadga muvofiqdir. Oʻz kasbining haqiqiy mutaxassisi esa mijozlar bilan qanday muloqatda boʻlishni, ularga toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatishni oʻz ustidan chiqadi. Men ham oʻz ustimda yanada koʻproq ishlab, jamiyatda inson manfaatlari uchun xizmat qiluvchi komil shaxs sifatida oʻz kasbimning yetuk kadri boʻlishi uchun harakat qilishda davom etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |