Jumaboyev Nu’mon Zayniddinovich Bajardi: Mirmansurov N. M tekshirdi: Toshkent 2021



Download 6,04 Mb.
bet6/10
Sana16.03.2022
Hajmi6,04 Mb.
#496044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ipoteka bank ATB

Nazoratni amalga oshirish:
Front-ofis zimmasiga mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning rasmiylashtirilishi va ular tomonidan boshlangan operatsiyalarning toʻgʻriligini dastlabki nazorat qilish yuklatiladi. Qoʻshimcha nazorat zarur hollarda (bank qoʻshimcha nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar roʻyxati va ularni nazorat qilish tartibini ishlab chiqadi) Front-ofis xodimi operatsiyalar boʻyicha hujjatlarni nazoratchi xodimga taqdim etadi.
Bank tomonidan amalga oshiriladigan mijoz operatsiyalarining nazoratini oʻz xususiyatlari boʻyicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. Mijozning shartnomaga asoslangan harakatini tekshirish;

  2. Mijoz, oʻz operatsiyalarini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda bajarayotganligini tekshirish;

  3. Hujjatlarning rasmiylashtirilishiga qoʻyilgan talablarga rioya qilinishini taʼminlash;

  4. Toʻlovlarni amalga oshirish uchun moliyaviy sharoitlar mavjudligini aniqlash.

Yakuniy nazoratning vazifasi operatsiyalarning yakuniy nazoratini amalga oshiruvchi Bek-ofis xodimlari tomonidan keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan holda oʻtkazish hisoblanadi.


Bankning asosiy vazifalari: Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun


Tijorat banklarining asosiy vazifalari mijozlar huquqlarini hurmat qilgan holda ularning murojaatlari boʻyicha tegishli xizmatlar koʻrsatish, oferta shartnomasi doirasida kerakli ma’lumotlarni, ba’zi bir majburiyatlarni talab qilish va shu kabi bank moliya operatsiyalarini qonun doirasida amalga oshirish boʻlib hisoblanadi.
Bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish boʻyicha ushbu "TBC bank" aksiyadorlik tijorat bankining bosh shartlari jismoniy shaxslarga ya’ni mijozlarga bank tomonidan taqdim etiladigan, shu jumladan onlayn xizmatlarni taqdim etish va bunday xizmatlardan foydalanishda tomonlarning tartib-qoidalari, huquqlari va majburiyatlarini tartibga solish boʻyicha rasmiy taklifi (ofertasi) hisoblanadi.3
Bank va Mijoz oʻrtasidagi munosabatlar, shu qatorda quyidagi hujjatlardan iborat boʻlgan Bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishning umumiy shartlari bilan tartibga solinadi.
Bank xizmatlari - shartnomaga muvofiq Bank tomonidan taqdim etiladigan pullik va bepul bank xizmatlari 
Bank mahsuloti - Mijoz tomonidan Bank tomonidan taqdim etiladigan har qanday bank mahsuloti, shu jumladan onlayn mikrokreditlar, maoshga asoslangan mikroqarz va boshqalar.
Bank va mijoz oʻrtasidagi munosabatlarning asosiy jihati bank sirida namoyon boʻlib, u bilan bogʻliq boʻlgan, amalga oshirilishi mumkin boʻlgan operatsiyalar “Oʻzbekiston Respublikasi bank siri toʻgʻrisida”gi qonun orqali bayon etilgan boʻlib, unda bank siri, uning muhofazasi, ma’lumotlarni davlat soliq organlariga taqdim etilishi bilan bogʻliq munosabatlar, nizolarni hal qilish, bank siri tegishli hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kabi bandlar aks etgan.
Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi ma’lumotlardan iboratdir:

  • oʻz mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar;

  • bank oʻz mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari koʻrsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) toʻgʻrisida olgan ma’lumotlar;

  • mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar;

  • mijoz (vakil) topshirigʻiga binoan yoki uning foydasini koʻzlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

  • bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar oʻrtasida muomalada boʻlishi natijasida ma’lum boʻlib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar;

  • jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.

Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi.
Bankning rahbarlari va boshqa xodimlari xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum boʻlib qolgan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilishi, shuningdek mazkur ma’lumotlardan shaxsiy maqsadda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanishi, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday ma’lumotlarni saqlash tartibini buzish oqibatida yaratib berishi taqiqlanadi.4
Bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uning bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Agar bank bilan mijoz (vakil) oʻrtasida nizo kelib chiqqan boʻlsa, bank oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga mijozning (vakilning) bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni zarur hollarda va doirada ma’lum qilishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab oʻtganimdek, men “Ipotekabank” ATBdanamaliyot oʻtash davrimda “Yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish” boʻlimida amaliyot oʻtar ekanman, boʻlimdagi xodimlarning yuridik shaxslar bilan birga olib borgan bank operatsiyalarida mijozlarning murojaatlari oson hal etilishi, qisqa fursatda murojaatlar oʻz yechimini topishi, xodimlarning bank xodimi tamoyiliga asoslangan holda etiket madaniyat qoidalariga rioya qilishlariga, haqiqatan ham xodimlarning “bank mijoz uchun” tamoyili asosida ish yuritishayotganiga guvoh boʻldim va oʻzim uchun bir qancha ijobiy xulosalar chiqardim. Amaliyot rahbarim Asadov Dilshod Zikrillo o’g’li menga dastavval oʻz nazariy bilimlarini ulashib, ularni amaliyotda qoʻllab koʻnikmalar hosil qilishim uchun katta yordam berdilar.
Shuningdek, men yuridik shaxslarning savdo aylanmalaridan koʻchirmalar olish, kassaga naqd pul topshirilish jarayonlarida, hisob raqam ochish operatsiyalari davomida, ularning plastic kartochkalari, bank tomonidan kredit olish yakuniy xulosalar berish jarayonida bevosita ishtirok etdim.
Ta’kidlab oʻtish joizki, qabulxona xodimlarining fuqarolar uchun koʻrsatayotgan xizmatlari (ularning masalalarini hal qilish yuzasidan boʻlimlarga yoʻnaltirish, mobil ilovalar orqali kredit shartnomalari tuzish, plastic kartalarni telefonga ulash, click xizmatlaridan foydalanish kabi ma’lumotlarni berish)da mijozlar bilan qilgan samimiy munosabatlari, shuningdek, xodimlarning intizomiy tartib qoidaga rioya qilishlari (ya’ni ish vaqtiga oʻz soatida kelib, tashkilotni oʻz vaqtida tark etish, belgilangan formada boʻlishlari) nafaqat bank mijozlarining salmogʻi ortishiga, balki, aholi moliyaviy savodxonligining yuksalishi uchun ham sabab boʻlayotgani toʻgʻrisida ham, bir soʻz bilan aytganda oʻzim uchun nazariy, amaliy tajribalarga ega boʻlish bilan bir qatorda, intizomiy, axloqiy chora-tadbirlar, madaniy etiket qoidalariga ham chiroyli tarzda amal qilish xususida ham xulosalar qildim.

Download 6,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish