Birinchi depsinish. Depsinuvchi oyoq depsinish joyiga tez va to‘liq qo‘yiladi. Gavda tik yoki ozgina oldinga egilgan. Qo‘llar tirsak bo‘g‘imidan 90-100o burchak ostida bukilib, xuddi yugurishdagi kabi harkatlanadi. Oyoq deyarli tizza sohasida bukilmagan va UOM proeksiyasi yaqiniga qo‘yiladi. Bu holat sportchiga gorizontal tezlikni deyarli yo‘qotmasdan keyingi sakrashga o‘tish imkoniyatini beradi. Siltanuvchi oyoq tizza qismida to‘liq bukilgan holatda oldinga chiqarilib, depsinuvchi oyoq 62o burchak ostida bukiladi. Sakrovchi xuddi depsinishni yugurib o‘tib UOM harakati ketidan boradi.
“Sapchish”. Bu uchish fazasida uchib chiqish burchagi katta bo‘lmagani ma’qul, chunki bu tezlikning pasayishiga, uchish traektoriyasining oshishiga olib keladi va bu esa ikkinchi depsinish uchun noqulay sharoit hosil qiladi.
“Sapchish” boshida sportchi “qadam” holatida harakatlanadi va bu holat siltanuvchi oyoq tizzadan bukilib pastga tushguncha davom etadi. Depsinuvchi oyoq siltanuvchi oyoq bilan bir vaqtda tizza qismi bilan oldinga chiqariladi va tizza qismining bukilish burchagi taxminan 90o ga teng bo‘ladi. So‘nggi lahzada depsinuvchi oyoq yozilib, erga qo‘yiladi. Uning erga qo‘yilishi keng “eshkak eshishli” harakat bilan amalga oshiriladi. Birinchi va ikkinchi depsinishlar faqat bir oyoqda amalga oshirilishi lozimligi doimo yodda bo‘lishi kerak. Depsinuvchi oyoq to‘liq erga qo‘yilgandan so‘ng ikkinchi depsinish fazasi boshlanadi. “Sapchish” vaqtida qo‘llar xuddi yugurishdagi kabi ishlashi yoki ikki qo‘l parallel harkatlansa, sakrovchi birinchi depsinish paytida ikki qo‘lini oldinga chiqaradi va shundan so‘ng aylanma harakat bilan yuqoriga-orqaga-pastga keyingi depsinishning siltanishiga tayyorlaydi. “Sapchish” paytida gavda tik bo‘ladi va faqatgina ikkinchi depsinish vaqtiga kelib oldinga bir oz egiladi.
Ikkinchi depsinish. Oyoq yo‘lkaga “eshkak eshishli” harakat bilan qo‘yiladi. Oyoqni qo‘yish burchagi 70oatrofida, oyoqni qo‘yish paytida siltanuvchi oyoq oldinga chiqarilib, UOMni vertikal holatga keltirishga, tezlikni saqlab qolishga va ishqalanish kuchlarini engishga harakat qilinadi. Tana vertikal holatda. Siltanuvchi oyoqning faol harakati depsinish burchagini 60o gacha, UOM uchib chiqish burchagini 15o ga kamaytiradi. Depsinish oxirida gavda oldinga ozroq egiladi. Qo‘llar yoki xuddi yugurishdagidek, yoki parallel harakatda.
“Qadam” bilan uchish fazasi. Ikkinchi depsinishdan so‘ng sportchi uchish fazasida “qadam” holatida xuddi oyoqda qadam qo‘ygandek harakatlanadi. Gavda bir oz oldinga egilgan. Siltanuvchi oyoq soni gorizontal holga keltirilib, oyoqning pastki qismi vertikal holatda. Depsinuvchi oyoq depsinish amalga oshirilgandan so‘ng tizza qismidan bukiladi va tovon qismi tos suyagiga yaqinlashadi. UOM pasayishi boshlanganda siltanuvchi oyoq ham tizza qismidan yozilib erga qo‘yiladi. Uning qo‘yilishi to‘liq “eshkak eshishli” harakat bilan amalga oshiriladi. Oyoq yo‘lkaga qo‘yilish paytida siltanuvchi oyoq faol oldinga-yuqoriga chiqariladi va uchinchi depsinish boshlanadi.
Uchinchi depsinish qolgan gorizontal tezlikni saqlab qolgan holda va tez amalga oshirilishi kerak. Oyoq salkam to‘liq yozilgan holda kuchli qo‘yilib, tizza bukilishi burchagi juda kichik, 140o gacha bo‘ladi. Uchib chiqish burchagi “sapchish”dan ozgina ko‘proq – 65o va UOM uchib chiqish burchagi 20o gacha. Bu qo‘l va oyoqning siltanuvchi harakati evaziga amalga oshiriladi.
“Sakrash” – yakunlovchi uchish fazasi bo‘lib, xuddi uzunlikka sakrashdagi kabi amalga oshiriladi. Bunda ham “oyoqni bukib”, “qaychi” va “ko‘krak kerib” usullarini qo‘llash mumkin. Uzunlikka sakrashdan yagona farqi – bu uchish fazasining qisqaroqligidir.
Ayollarda uch hatlab sakrash texnikasi bir qarashdan erkaklarnikidan farq qilmaydi, faqat ayollar sakrashining biomexanikaviy tavsiflari birmuncha pastroq. Umuman, ayollarda uch hatlab sakrash texnikasi ularning anatomik-fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq:
- ayol organizmining balog‘atga etish vaqti 17-18 yosh, bo‘y o‘sishi va suyak qotishi 19-20 yoshgacha davom etadi;
- faol mushaklar massasi (32-35%) va passiv yog‘ massasi (40% dan ziyod) o‘rtasidagi farq erkaklarnikiga qaraganda sust;
- qizil (sekin) va oq (tez) mushak tolalari farqi erkaklarga nisbatan ayollarda past. Qizil mushak tolalari harakatni bosh-lashda ishtirok etadilar, lekin tez harakatni oq mushak tolalari amalga oshiradi. Organizmda qizil vva oq mushak tolalarini farqini o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki bular tug‘ma, lekin ular faoliyatini o‘zgartirish mumkin;
- gavdaning oyoqlarga nisbatan uzunligi, umurtqaning ortiqcha qayishqoqligi (bel qismida), elka mushaklari, orqa son mushaklari, son yon mushaklari, qorin mushaklari bo‘shroq rivojlangan. Elka va bel mushak-larining bo‘shroq rivojlangani umurtqa pog‘onasi disklarining yallig‘la-nishiga olib keladi. Oyoqning pastki qismining sust rivojlangani axill paylarining lat eyishiga, tizza bo‘g‘imining og‘rishiga va osteoxondrozga olib kelishi mumkin.Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rganishda va maxsus yuklamalarni bajarganda bo‘g‘imlarning mushaklarga qaraganda sekin rivojlanishini yodda tutish lozim. YUklamalar noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida mushaklar va bo‘g‘imlar rivojlanishi o‘rtasida tafovut hosil bo‘lishi mumkin.
Murabbiylar kuzatishiga ko‘ra, uch hatlab sakrash bilan shug‘ullanadigan qizlar (ayollar)da sakrash texnikasi guldan-gulga qo‘nuvchi kapalakni eslatuvchi tezkor harakatdir. Boshqacha qilib aytganda, ayollar sakrashi tashqaridan qaraganda ancha engil va tez ko‘rinadi.
Mushak kuchi va asab mushak tizimi ko‘p martali sakrashlar yuklamasiga qarshilik qilsa ham, ayollar uch hatlab sakrashida katta ahamiyatga ega