Bir oyoqda sapchib sakrash; 1-3 ta yugurish qadamdan so‘ng itarilish. Sakrovchining tayanch-xarakat tizimiga bir oyoqda itarib sakrash mashqi katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu mashq 40-50 sm balandlikdan oldinga qarab faol tarzda sakrash xarakatlaridan iborat. Sakrovchi maxorati ortib borishi bilan maxsus mashqlar doirasi torayib boradi va kelgusida mashq qilish jarayonida turli tezlikda maksimal uzunlikka sakrash mashqlari asosiy o‘rin egallaydi. Bunda shuni xisobga olish kerakki, asosiy yuklama uch xatlab sakrashning 2g‘3 qismi bajariladigan turtinuvchi oyoqqa to‘g‘ri kelishi lozim. 50-100 sm balandlikdan bir oyoqqa sakrash foydali mashq xisoblanadi. Barcha sakrash mashqlarini bajarish vaqtida keng amplitudali xarakatlar bilan itarilishni tezda bajarishga erishish kerak. Turlicha bajarilish tezliklariga ega bo‘lgan mashqlarni galma-gal bajarish (bitta mashg‘ulotda) o‘rinli bo‘ladi, bunda qiya yo‘lakcha yordam berishi mumkin. SHu tariqa sakrash bo‘yicha tayyorlanishning asosiy vositalari - bir oyoqda turib 50 m.dan «sapchib sakrash»; qisqa va o‘rtacha masofadan (4-8 yugurish qadamlari) xamda katta masofadan kelib (10 va undan ortiq yugurish qadamlari) uch xatlab sakrash xisoblanadi.
Sakrash bo‘yicha tayyorgarlik mashqlari. 1. Oyoqdan oyoqqa «qadam tashlash» (50-200 m). 2. 1-3 ta yugurish qadamidan so‘ng itarilish (100 m). 3. Bitta oyoqda va oyoqqa sakrash (100-400 m.dan biroz siljigan xolda). 4. Bir oyoqda sapchib sakrash biroz siljish va sonni yuqoriga ko‘tarish bilan (50 m). Ikkala oyoqda sakrash (kenguru) 30-50 m.dan.
80-130 sm balandlikdan bitta oyoqda sakrash, keyinchalik tezda oldinga sakrash bilan.
8-20 qadam yugurib kelib, sapchib sakrash.
quyidagi mashqlarni birgalikda bajarish: «sapchib sakrash»q«qadam», «qadam»q162 qadam yugurib kelib sakrash.
YUgurib turib, ikkala oyoqni itarib, balandlikka sakrash.
8-20 qadam yugurib kelib uzunlikka sakrash.
Sakrash mashqlarining bajarilish sharoitlarini grunt (qipiq, maysazor, tuproq, qor, yog‘och qoplama va boshqa), yo‘lakcha qiyaligiga (yuqoriga sakrashda 30 gradusgacha, pastga sakrashda 5 gradusgacha) yuklama kattaligiga (og‘ir poyafzal, qo‘rg‘oshin manjeta 0,5-1,5 kg, qo‘rg‘oshin belbog‘ 10 kg.gacha) bog‘liq ravishda doimo o‘zgarib turish maqsadga muvofiqdir.
Sakrash mashqlarini etarlicha jadallikda bajarish lozim. Masalan, 40 m.li masofani 6-8 qadamdan yugurib kelib 10-11 marta «sapchib sakrash» orqali 5,5-6 sek. ichida bosib o‘tish kerak. qisqa masofadan yugurib kelib sakrash mashqlari, uzoq vaqt qo‘llanilsa va xar bir imkoniyatda uzoqroqqa sakrashga xarakat qilinmasa, sakrovchanlik qobiliyatini samarali tarzda rivojlantirishga erishib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |