Uslubiy ko‘rsatmalar. Sakrovchini tayyorlashdagi muhim vazifalardan biri oyoqni “siltash”ni va depsinish uchun tez erga qo‘yishni o‘rgatishdir. YOzilish mashqlarini tez-tez va katta hajmda bajarish kerak. Uchish fazasidagi traektoriyaning etarli darajada baland bo‘lishiga erishish zarur. Qumli chuqurga “sapchib” sakrash mashqini ko‘proq bajarish kerak. SHunda mushaklar kamroq charchaydi, mashqni ko‘proq takrorlasa bo‘ladi. “Sapchish”ni yo‘lkadan ko‘ra, o‘tloq futbol maydonida bajargan yaxshiroq. Oyoqni “sidiruvchan” qo‘yish tezligiga ko‘proq e’tibor berish kerak. SHundagina yo‘lkadagi UOM proeksiyasiga yaqinroq tushadi. Erga tegish paytida oyoq deyarli to‘g‘ri, tarang bo‘lishi lozim ekanini doim eslatib turish kerak. Erga tushayotganda oyoqni haddan tashqari bukib bo‘lmaydi. Mashqlarni bajarayotganda gavda sal engashgan bo‘lishini, sonni “siltab” ko‘targanda gavda ko‘proq engashishini, oyoqni depsinish joyiga qo‘yganda kamroq engashishini yodda tutish kerak.
4-vazifa. “Sapchish”ni “qadamlab” sakrash bilan bog‘lashni o‘rgatish.
Vositalari:
1. 1-2 qadam yugurib kelib, qisqagina “sapchib”, yo‘lkaga bir oyoqda tushish, keyin uzunlikka oddiy sakrab, qumli chuqurga ikki oyoqda tushish.
2. SHuning o‘zini yugurib kelishni tobora uzoqlashtirib bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. “Sapchish”dan keyin kuchli depsinish uchun uchish fazasidayoq bunga tayyorlanish kerak. “Sapchish”da sonni shiddat balan “siltab” ko‘tarish va sal kam to‘ppa-to‘g‘ri oyoqni UOM proeksiyasi yaqiniga tez qo‘yish bir onda tarang bukilgan oyoqda depsinish imkonini beradi. Sarflanayotgan kuchlarni aniq bosh-qarib, sakrovchi erga tushishdagi kabi emas, balki depsinishga moslab qo‘ysa bo‘ladi. SHunday qila oladigan bo‘lish uchun, tasvirlangan mashqlarni bajarishgina kifoya qilmay, balki “sapchish” va “sakrash” mashqlarini juda ko‘p marta takrorlash kerak bo‘ladi.
Tabiiyki, erga tushgan zahoti kuchli depsina olish sakrov-chining qanchalik jismoniy rivojlanganligiiga bog‘liq.
5-vazifa. “Qadamni” “sakrash” bilan bog‘lashni o‘rgatish.
Vositalar:
1. Qisqa yugurib kelib “qadam” holatida uzunlikka sakrash. Qumli chuqurga bir oyoqda tushib, oldiga yugurib o‘tish. Sonni baland “siltab” ko‘tarishga va uchish fazasining ikkinchi qismida ikki qo‘lni orqaga tortishga e’tibor berib, buning ketidan oyoqni faol erga tushirib, qo‘llarni siltash.
2. 3-5 qadam yugurib kelib, ikki hatlab sakrash. Kuchli oyoq bilan chiziqdan depsinib “qadam” holatida uchish. Uchish oxirida oyoqni baland siltab, qo‘llarni orqaga cho‘zib, gavdani oldinga engashtirish. Keyin oyoqni “sidiruvchi” harakat bilan UOM proeksiyasiga yaqin qo‘yish va siltanuvchi oyoqni tez oldinlatib, yuqoriga ko‘tarib depsinish va “sakrash”ni bajarish. Qumli chuqurga ikki oyoqda tushish.
3. Qisqa (10-12 m) yugurib kelib, ikki hatlab sakrash.
4. Qumli chuqurdan 4 m naridagi baland (40-50 sm) joydan ikki oyoqda depsinib, ikki hatlab sakrash. Turgan joyidan uzunlikka sakragandagi kabi uchib chiqib, kuchsizroq oyoqni “siltab” ko‘tarish; oyoqni faol qo‘yib depsinish va “sakrash”ni bajarish.
5. “Sakrash qadamlar”ni ko‘p-ko‘p takrorlash.
6. O‘rtacha masofadan yugurib kelib, ikki hatlab sakrash.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Bunda ham “sapchish”ni, “qadam” bilan bog‘lashdagi usulni ishlatish kerak. Ammo “qadam”dan “sakrash”ga o‘tish ancha sekin bajariladi, chunki bu erda sakrovchi uzoqroq sakrash uchun traektoriyani ko‘tarishi kerak. “Qadam” holatida uchish fazasida va depsinish paytida qo‘l silkishga alohida e’tibor berish lozim. Bu harakatlarni o‘zlashtirmay turib, 5 qadam naridan yugurib kelib, ikki hatlab sakrash yaramaydi.
6-vazifa. Uchinchi “sakrash” texnikasini o‘rgatish.
Vositalari:
1. 11-12 m dan yugurib kelib, kuchsizroq oyoqda depsinib uzunlikka sakrash.
2. SHuning o‘zini, uzunlikka sakrashni o‘rgatishdagi kabi, to‘siqlardan sakrab o‘tib bajarish.
3. Kuchsizroq oyoqda juda ko‘p “sapchish”.
4. Kuchsizroq oyoq bilan depsinib, balandlikka sakrash.
Do'stlaringiz bilan baham: |