27
2) diffuziyaning juda sekin borishi;
3) yarim o`tkazgich membranadan o`ta
olmasligi;
4) eritmaning yuqori darajada yopishqoqligi;
5) gel hosil qilishi.
1) Oqsillarning optik xususiyatlari. Oqsil eritmalari asosan kontsentrlangan
opalestsensiya bilan xarakterlanadi. Oqsil eritmasiga yon tomondan yorug`lik
tushirilganda, unda ko`rinadi va Tindal effekti – yorug`lik chiqaruvchi konus yoki
yo`l hosil bo`ladi. Bunday nur taratuvchi effekt eritmadagi oqsil zarrachalarining
yorug`lik nuri difraktsiyasi bilan tushuntiriladi. Hujayra protoplazmasida oqsil
kolloid eritma holatida bo`ladi.
2) Diffuziyaning sekin borishi. Eritmadagi moddalar molekulalari
miqdorining farqiga qarab o`z-o`zidan aralashish hodisasiga diffuziya deb aytiladi
(moddalar miqdori ko`p bo`lgan joydan miqdori kam bo`lgan joyga o`tadi).
Oqsillar yuz va ming martalab tezroq aralashadigan oddiy molekulalarga nisbatan
chegaralangan diffuziya tezligiga ega. Oqsillarning
diffuziya tezligi molekula
og`irligi va ko`proq molekulaning shakliga bog`liq. Globulyar oqsillar suvli
eritmalarda fibrillyar oqsillarga nisbatan harakatchan bo`ladi.
Oqsillarning diffuziyasi hujayraning me’yorda ishlashi uchun katta
ahamiyatga ega. Agar diffuziya bo`lmasa, hujayraning ribosomalar joylashgan
qismida sintezlangan oqsillar yig`ilib qolishi mumkin edi. Chunki oqsillarning
hujayra ichida taqsimlanishi diffuziya yo`li bilan amalga oshiriladi.
Oqsillarning
diffuziyasi sekin borishi tufayli diffuziyalanuvchi oqsillarning vazifalariga bog`liq
jarayonlar ma’lum darajada chegaralanadi.
3) Oqsillarning osmotik xossalari. Oqsillar yuqori molekula og`irligiga ega
bo`lganligi sababli past molekulali moddalar o`ta oladigan yarim o`tkazgich
membranalardan o`ta olmaydi. Oqsilning bunday xususiyatidan amaliyotda
ularning eritmalarini past molekulali aralashmalardan tozalashda foydalaniladi.
Bunday tozalash jarayoniga dializ deb aytiladi.
Oqsillarning yarim o`tkazgich membranadan o`ta olmasligi osmos
hodisasiga olib keladi, ya’ni suv molekulalari yarim o`tkazgich membrana orqali
o`tib, oqsil eritmasiga aralashadi. Lekin oqsil bo`lgan qismda aralashishi unda
gidrostatik bosimni oshiradi va u keyinchalik
suv molekulasining oqsilga
diffuziyalanishiga to`sqinlik qiladi. Suvning osmotik oqimini to`xtatish uchun
hosil bo`lgan bosim yoki kuchga osmotik bosim deb aytiladi. Juda suyultirilgan
oqsillardagi osmotik bosim oqsilning molyar miqdori va mutlaq haroratiga
proportsional.
Biologik membranalar ham oqsillar uchun o`ta olmaydigan zona hisoblanadi.
Shu sababli oqsillar yuzaga keltiradigan osmotik bosim uning hujayra ichidagi va
tashqarisidagi miqdoriga bog`liq. Hujayrada oqsillar hosil qiladigan osmotik
bosimga onkotik bosim deb aytiladi.
4) Eritmaning yuqori darajada yopishqoqligi.
Yuqori darajadagi
yopishqoqlik faqatgina oqsillar uchun emas, balki umuman yuqori molekulali
birikmalarning eritmalari uchun xos hisoblanadi. Oqsilning miqdori oshishi bilan
ularning molekulalari orasidagi birlashish kuchi ham oshganligi sababli eritmaning
yopishqoqligi ham oshadi. Yopishqoqlik molekulaning shakliga bog`liq. Fibrillyar
28
oqsillarning eritmalari har doim globulyar oqsillarning eritmalariga qaraganda
yopishqoqroq bo`ladi. Eritmaning yopishqoqligiga harorat
va elektrolitlar kuchli
ta’sir etadi. Harorat ko`tarilishi bilan oqsil eritmalarining yopishqoqligi pasayadi.
Ba’zi tuzlarning, masalan kaltsiyning qo`shilishi kaltsiy ko`prikchalari yordamida
molekulalarning bog`lanishini ko`paytirish hisobiga yopishqoqlikni oshiradi.
Ayrim hollarda oqsil eritmasining yopishqoqligi juda oshib ketishi natijasida u
oquvchanlik xususiyatini yo`qotib, gel hosil qilish holatiga o`tadi.
5) Oqsillarning gel hosil qilish qobiliyati. Eritmadagi oqsil molekulalari
o`zaro ta’sirlashib, yopishishi tufayli g`ovak struktura hosil qilib, uning oralari
erituvchi modda (suv molekulalari) bilan to`ladi. Natijada jemga o`xshash qattiq,
lekin asosan suv va oqsil molekulalaridan iborat dirildoq struktura hosil bo`ladi.
Bunday sistemalarga gel deb aytiladi. Hujayra protoplazmasining
oqsili gel hosil
qilish holatiga o`tadi. Mushak oqsillari, teri, hujayra membranalari mana shunday
gel tuzilishiga ega. Gel hosil bo`lganda ozgina oqsil molekulasidan tashkil topgan
g`ovak orasida juda ko`p suv tutilishi mumkin, masalan meduzalarning tanasi 99%
suv tutsa ham ular ma’lum shaklni saqlaydi.
Gel hosil qilish xususiyati fibrillyar oqsillar eritmalarida oson boradi, chunki
ularning tayoqchasimon shakli makromolekulalarning uchki qismlari bog`lanishi
uchun qulay hisoblanadi. Ovqat gellari tarkibida ko`p miqdorda fibrillyar oqsillar
saqlagan mahsulotlar – suyak, pay va go`shtlardan tayyorlanadi.
Organizmning hayot faoliyati davomida oqsil strukturalarining gel holati
muhim fiziologik ahamiyatga ega. Suyak, pay, teri kabilarning kollagen oqsillari
gel holatida bo`lganligi sababli
yuqori darajada mustahkamlik, egiluvchanlik va
cho`ziluvchanlikka ega bo`ladi. Keksalikda mineral tuzlarning to`planishi ularning
egiluvchanligi va cho`ziluvchanligini kamaytirib, mo`rt qilib qo`yadi. Qisqarish
vazifasini bajaruvchi aktomiozin – mushak oqsili ham gel holatida bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: