23
3-ma’ruza mavzusi: Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari
Reja:
3.1. Oqsillarning amfoterligi va buferlik xossalari.
3.2. Oqsillarning eruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar.
3.3. Oqsillarning kolloid-osmotik xossalari.
3.4. Denaturatsiya va unga olib keluvchi fizik-kimyoviy omillar.
3.1. Oqsillarning amfoterligi va buferlik xossalari.
Oqsil
molekulasida
juda ko`p musbat va manfiy zaryadli guruhlar mavjud. Oqsillarning zaryadi
polipeptid zanjiri oxirlaridagi erkin amino va karboksil guruhlaridan tashqari
peptid bog`i tashkil qilishda
ishtirok etmagan asos guruhlar, dikarbon
kislotalarning karboksil guruhlari va sulfgidril turkumlari hisobiga ham paydo
bo`ladi.
Ham manfiy, ham musbat zaryadli guruhlar mavjudligi tufayli oqsillar
ham aminokislotalarga o`xshash amfoterlik xususiyatiga ega. Agar oqsilda
kislotali aminokislotalarning miqdori ko`p bo`lsa, uning
kislotalik xossalari va
ishqoriy aminokislotalarning miqdori ko`p bo`lsa, asoslik xossalarini ko`proq
namoyon qiladi.
Suvli eritmada oqsillarning ishqor va kislota guruhlari orasida protonlarning
ko`chishi tufayli tarkibida ko`p –NH
3
(+) va COO(-) guruhlarini tutuvchi amfion
(NH
3
)*R*(COO-)
m
hosil bo`ladi. Agar manfiy va musbat zaryadlarning soni
baravar bo`lsa, oqsil molekulasining zaryadi amaliy jihatdan nolga teng bo`lib,
elektr maydonida
hech qayoqqa siljimaydi, ammo pH ishqoriy bo`lganda protein
ortiqcha COO- guruhlarga ega bo`ladi va elektroforezda manfiy ion sifatida
anodga qarab harakat qiladi:
NH
3
+
NH
2
R + NaOH
-
-------- R + Na
+
+ H
2
O
COO- COO-
Aksincha, pH kislotali bo`lganda oqsil ortiqcha NH
3
+
guruhlarga ega bo`ladi
va musbat ion sifatida katodga qarab harakat qiladi:
NH
3
+
NH
3
+
R + H
+
Cl
-
-------- R + Cl
-
COO
-
COOH
Oqsillarning musbat va manfiy zaryadlari yig`indisi nolga teng bo`lib, elektr
maydonida na katod va na anod tomonga siljimaydigan
pH kattaligi oqsillarning
izoelektrik nuqtasi deb aytiladi. Turli oqsillarning izoelektrik nuqtasi pH ning har
xil o`lchamiga to`g`ri keladi, chunki oqsil molekulalarida ishqor va kislota
tabiatiga ega bo`lgan guruhlarning bir-biriga teng emas, pH ning turli kattaliklarida
ularning dissotsiatsiya darajasi baravarlashib, molekula
umuman elektroneytral
holatga keladi. Ko`p oqsillarning izoelektrik nuqtasi 4-7 pH orasida, ya’ni ularda
karboksil guruhlarning dissotsialanish darajalari asos guruhlarining dissotsialanish
darajalaridan
bir oz ustun, lekin ba’zi asos oqsillar (protamin, sitoxrom c,
24
ribonukleaza)ning izoelektrik nuqtasi pH=7 dan ortiq bo`ladi. Pepsin ham o`zining
izoelektrik nuqtasi juda past pH=1 bo`lishi bilan boshqa oqsillardan farq qiladi.
Kislotali oqsillarda pH
i
<7, neytral oqsillarda 7 atrofida, asos xossali oqsillarda pH
i
>
7 bo`ladi. Sitoplazma oqsillarining o`rtacha izoelektrik nuqtasi 5,5 atrofida
bo`ladi. O`z-o`zidan pH ning fiziologik qiymati (7,0-7,4)
da hujayra oqsillari
umumiy manfiy zaryadga ega bo`ladi. Bunda oqsillarning ortiqcha manfiy
zaryadlari hujayra ichida anorganik kationlar bilan muvozanatlashadi.
Oqsillarning eritmalardagi turg`unligini tushunish uchun izoelektrik nuqtani
bilish
katta ahamiyatga ega, chunki oqsillar izoelektrik nuqtada eng kam turg`un
holatda bo`ladi. Bunda oqsillarning zaryadlanmagan qismlari bir-biriga yopishib
cho`kmaga tushishi mumkin.
Oqsillarning
zaryadiga
qarab
elektr
maydonida
turli
qutblarga
harakatlanishiga
elektroforez
deyiladi.
Elektroforez
yordamida
oqsillar
aralashmasidagi oqsillarni (aminokislotalarni) bir-biridan ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: