25
o`rnini bosuvchi va qon to`xtatuvchi modda sifatida,
gel hosil qilishidan esa
farmatsevtika amaliyotida kapsula tayyorlashda foydalaniladi.
Oqsilning erishiga ta’sir etuvchi omillar. Turli oqsillarning erishi ulardagi
aminokislotalarning tarkibiga (qutbli aminokislotalar qutbsiz aminokislotalarga
qaraganda yaxshiroq eriydi), tuzilish xususiyatlariga (globulyar oqsillar fibrillyar
oqsillarga nisbatan yaxshiroq eriydi) va erituvchining xususiyatlariga bog`liq.
Masalan, o`simlik oqsillari – prolaminlar 60-80% li spirtda, albuminlar – suvda va
tuzlarning kuchsiz eritmalarida eriydi; kollagen va keratin esa ko`pchilik
erituvchilarda erimaydi.
Oqsillarning eritmalaridagi turg`unligi oqsil molekulasi zaryadi va
gidratlangan qobig`iga bog`liq. Oqsil zaryadi bilan yoki undagi qutbli
aminokislotalar soni bilan gidratatsiya o`rtasida uzviy bog`liqliklar bor: oqsilda
qutbli aminokislotalar qancha ko`p bo`lsa, shuncha ko`p suv bog`lanadi ( 1g oqsil
hisobida). Ba’zi hollarda oqsilning gidratlangan qobig`i
kattalashib ketadi va
gidratlangan suv uning og`irligining 1/5 qismigacha erishi mumkin.
Ayrim oqsillar kuchli gidratlanadi, lekin yomon eriydi. Masalan, kollagen
boshqa yaxshi eriydigan globulyar oqsillarga nisbatan ko`p suv bog`laydi, ammo
erimaydi. Uning erishiga struktura xususiyatlari – polipeptid zanjirlar o`rtasidagi
ko`ndalang bog`lar xalal beradi.
Oqsilning eruvchanligi ularning molekulasidagi gidrofil guruhlarning soniga,
molekulalarining o`lchamiga, shakliga va yig`indi zaryadining miqdoriga bog`liq.
Oqsillarning eruvchanligi izoelektrik nuqtada kam bo`ladi. Chunki molekulalar
o`rtasida ularni bir-biridan itaradigan elektrostatik kuch bo`lmaydi.
Neytral tuzlarning ta’siri. Kam miqdordagi neytral tuzlar hattoki toza suvda
erimaydigan oqsillar, masalan, evglobulinlarning ham eruvchanligini oshiradi.
Bunday holat tuz ionlarining oqsilni qarama-qarshi zaryadlangan molekulalari
bilan o`zaro ta’sirlashib, oqsil molekulalari orasidagi tuzli ko`priklarni buzishi
natijasi deb qaraladi. Tuz miqdorining oshirilishi (eritmaning ion kuchining ortishi)
qarshi ta’sir ko`rsatadi.
Muhit pH ining ta’siri. Muhitning pH i oqsilning zaryadiga, shu bilan birga
uning erishiga ham ta’sir etadi. Oqsil o`zining izoelektrik nuqtasida, ya’ni
zaryadlarining yig`indisi nolga teng bo`lganda barqaror bo`lmaydi.
Zaryadning
yo`qolishi oqsil molekulalari yaqinlashishi, yopishishi va cho`kmaga tushishini
osonlashtiradi. Demak, oqsilning eruvchanligi va turg`unligi uning izoelektrik
nuqtasidagi muhit pHida eng kam darajada bo`ladi.
Haroratning ta’siri. Oqsilning eruvchanligi bilan
harorat o`rtasida qattiq
bog`lanish yo`q. Ammo globulin, pepsin, mushak fosforilazasi kabi oqsillar suvda
va tuzli eritmalarda harorat oshirilishi bilan yaxshi; mushak aldolazasi, gemoglobin
kabi oqsillar esa yomon eriydi.
Har xil zaryadlangan oqsillarning ta’siri. Agar polianion - kislotali
oqsillarga
polikation – asosli oqsillar qo`shilsa, agregatlar hosil bo`ladi. Bunday
hollarda zaryadlarning neytrallanishi natijasida turg`unlik yo`qoladi
va oqsillar
cho`kmaga tushadi. Ba’zi vaqtlarda bu xususiyatdan oqsillar aralashmasidagi
kerakli oqsilni ajratib olishda foydalaniladi.
26
Suv shimuvchi moddalar, organik erituvchilar- etil spirti, metil spirti,
atseton, ishqoriy metallar – neytral tuzlarning quyuq eritmalari oqsilning suv
pardasini buzib, uning eruvchanligini pasaytirib yuboradi. Oqsilning eritmasiga
mana shu organik suyuqliklar,
ammoniy sulfat, natriy sulfat, natriy xlorid, natriy
fosfat va boshqa eritmalar qo`shilganda oqsil odatda cho`kadi.
Tuzlanish. Oqsil eritmalariga turli tuzlar qo`shilganda uning cho`kmaga
tushishi tuzlanish deyiladi. Bu jarayonda oqsil molekulalari unga turg`unlik
beruvchi gidrat qobig`idan holi bo`lib, bir-biri bilan oson qo`shiladi va yirik
agregatlar hosil qiladi. Tuzlanish oqsilning nativ (boshlang`ich, tabiiy) holatini
ko`pincha o`zgartirmaydi, cho`kmadan tuz ionlari dializ yo`li bilan ajratilganda
oqsil qaytadan eritmaga o`tadi. Shuning uchun ham ammoniy sulfat va natriy sulfat
bilan tuzlash usuli oqsillarni buzmay ajratib olishda keng qo`llaniladi. Har xil oqsil
eritmasi tuz bilan turli darajada to`yintirilganda cho`kmaga tushadi. Shuning uchun
ammoniy sulfatning kontsentrlangan eritmasi bilan oqsillar
aralashmasidan iborat
bo`lgan eritmani to`yintirib, ayrim oqsillarni alohida-alohida cho`ktirish mumkin.
Masalan, qon zardobi ammoniy sulfat bilan chala to`yintirilganda undan
globulinlar ajralib chiqadi, globulinlar cho`kmasini filtrlab, eritma to`la
to`yinguncha tuz kukuni qo`shilsa, albuminlar cho`kadi.
Og`ir metall (mis, simob, rux, kumush, qo`rg`oshin) tuzlari oqsil eritmalariga
butunlay boshqacha ta’sir etib, ularni kam miqdorda ham cho`ktiradi. Ular oqsil
molekulasidagi muhim guruhlar, birinchi navbatda, sulfgidril guruh –SH bilan
kompleks hosil qilib, oqsil molekulasining strukturasini o`zgartiradi. Og`ir metall
tuzlari bilan cho`ktirish ko`pincha qaytmaydigan jarayondir, ya’ni cho`kkan oqsilni
qaytadan eritma holiga keltirib bo`lmaydi. Oqsillarni suvga aralashadigan spirt,
atseton, metanol kabi organik erituvchilar bilan cho`ktirish oqsil molekulasiga
bog`langan suvni tortib olishiga bog`liq. Oqsillar ayniqsa suvli eritmada organik
erituvchilarga juda sezgir bo`lganligidan ularni cho`ktirish 0
°
da olib borilib,
cho`kma eritmadan tez ajratib olinadi. Agar cho`kma
spirt bilan uzoq vaqt birga
qolsa, oqsilning nativ holati yo`qolib, u suvda erimaydigan holatga o`tadi. Oqsillar
organik kislotalar ajratadigan anionlar bilan ham birikadi. Pikrat kislota,
sulfosalitsilat kislota, trixloratsetat kislota oqsillar bilan erimaydigan cho`kma hosil
qiladi. Bu reaktivlardan biri – trixloratsetat kislota eritmalardan oqsillarni ajratish,
ya’ni deproteinlash uchun juda keng qo`llaniladi.
Tuzlash oqsillarni ajratish va tozalash uchun ko`p qo`llaniladigan usul
hisoblanadi, chunki ko`p oqsillar gidrat qobig`ining o`lchami va zaryadi bilan farq
qiladi. Tuzlashda ularning har biri uchun o`zini degidratlovchi va cho`kmaga
tushiruvchi tuz miqdori bo`ladi. Tuzlovchi agent ajratib olingandan keyin oqsil
hamma tabiiy xususiyatlari va vazifalarini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: