1921-yil 13-yanvarda umumiy harbiy ta’lim boshqarmasi huzurida barcha idoralar va tashkilotlarning jismoniy tarbiya sohasidagi faoliyatini tartibga solib turadigan idoralararo tashkilot-Turkiston Markaziy fizkultura Sovet 1923-yilga qadar o‘lkadagi barcha tashkilotlarning fizkultura va sportni rivojlantirish sohasidagi ishlarni yo‘lga solib turuvchi rahbar organ bo‘lib keldi. Sovet tarkibida sog‘iqni saqlash va maorif xalq komissarliklarni hamda Umumiy harbiy ta’lim Boshqarmasidan ikkitadan vakil, Turkiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti, VSSPS byurosi, Turkiston kommunist yoshlar Soyuzi Markaziy Komiteti, Toshkent deputatlari Soveti, Turkiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi xotin-qizlar bo‘limi, Turkiston sportligasi va dehqonlar uyushmasidan bittadan vakil bor edi. Umumiy harbiy ta’limning barcha hududiy okruglari huzurida ham xuddi shunday fizkultura sovetlari tuzildi. Markaziy fizkultura Sovetning dastlabki raisi A.N.Izrailev, masul sekretari I.V.Gaidul, ilmiy metodik komissiyasi boshlig‘i D.Ukransev edilar.
Shu davrda viloyat fizkultura Sovetlari (xozirga bo‘linishi asosida) hal tuzilib, ularga ham rahbar xodimlari tayinlandi.
Markaziy fizkultura soveti va uning joylariga organlari tuzilishi fizkultura harakatida katta rol o‘ynadi, o‘lkadagi barcha yirik shaharlarda sport to‘garaklari vujudga kelishiga, xilma-xil sport tadbirlari o‘tkazilishiga va maktablarda jismoniy tarbiya o‘qitish majburiy dars sifatida quyshimcha yordam beradi. Masalan, 1922-yil 25 sentyabrda olingan ma’lumotlarga ko‘ra o‘sha vaqtda Markaziy Fizkultura Soveti tizimida 46 ta tuman va uchastka sport tashkilotlari bo‘lib, ular 1920-yildagidek 2800 kishini emas, balki 4797 a’zoni (shu jumladan 382 xotin-qizni) birlashtirar edi. o‘lkada 11 gimnastika zallari va shaharchalari, 345 ta sport maydonchasi va bitta veloterek bor edi. Gimnastika 17 tashkilotda, yengil atletika 20 tashkilotda, futbol 26 tashkilotda, basketbol 7 ta tashkilotda rivojlantirila boshlagan edi. Ammo og‘ir atletika, boks, qilichbozlik va velosiped sportni rivojlantirish hamon sust borar edi. Velosiped otiga 3 tashkilotda, og‘ir atelika va boks iki tashkilotda yo‘lga quyilgan edi.
Shu-yilda Qo‘qon yengil atletika musobaqalari, Qo‘qon, Andijon va Jalolobod komandalari o‘rtasida futbol uchrashuvlari o‘tkazilgan. Futbol komandalari orasida Qo‘qon va Andijon komandalari kuchli bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |