1924-yilda o‘tkazilgan butun Turkiston olimpiadasi Turkiston Respublikasidagi fizkultura tashkilotlarining milliy davlat chegaralanishidan oldingi davrda (1917-1924-yillar) qilgan ishlariga yakun yasadi. Bu olimpiadada Sirdaryo, Farg‘ona, Turkiston, Samarqand va boshqa viloyat komandalari qatnashdi. Komanda hisobida Sirdaryo viloyatining sportchilari birinchilikka oldi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Turkistonda Sovet hokimyatning dastlabki-yillari yosh Turkiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport qaror topdi. Turkiston xalqlari o‘rtasida jismoniy tarbiya harakati ommaviy tarzda rivojlana boshlagan, madaniy qurilish sohasida keskin kurash borgan, jismoniy tarbiya sohasida Yangilik bilan eskilik o‘rtasida kurash olgan davr bo‘ldi.
Ulug‘ oktyabr sotsialistik revolyusiyasi g‘alabasidan keyin Turkiston jismoniy tarbiya o‘z milliy shaklini saqlab qolgan holda Yangidan Yangi mazmunni kashf etdi. Bu keng darajada mehnatkashlar ommasining mulki, qolaversa kelajakda o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom qilib tarbiyalashdagi kuchli vosita bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |