Hadislar haqida umumiy ma’lumot Hadislardan namunalar Hadislarni o‘qitish metodikasi



Download 38,88 Kb.
bet1/3
Sana03.07.2022
Hajmi38,88 Kb.
#734864
  1   2   3
Bog'liq
hadis haqida kurs ishi


Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda hadislarni o‘qitish texnologiyasi

Reja:

  1. Hadislar haqida umumiy ma’lumot

  2. Hadislardan namunalar

  3. Hadislarni o‘qitish metodikasi

Inson tug‘ilgandan boshlab to umrining oxiriga qadar kishilar bilan o‘zaro muloqotda jamiyat a’zosi bo‘lib yashaydi. Oila davrasidan boshlab yaxshi va yomon narsalarning farqiga bora oladi. Agar oilada yoshi ulug‘lar mavjud bo‘lib, ular turli pand-nasihatlar orqali bolalar va shu orqali nabiralarini ham tarbiyalasalar, o‘sha oiladagi bolalar ma’nan sog‘lom bo‘lib yetishadilar. Turli hadis va rivoyatlarni eshitib katta bo‘lgan bola har bir gapning mag‘zini chaqa oladi. O‘zi uchun zarur va foydali bo‘lgan narsalarni fahmlay oladi. Ana shu darajaga yetishda Islom dini bizga oliy bir nurli yo‘l bo‘ladi. Islom dinining asosi va o‘zagi hisoblanmish hadislar esa insonni yaxshilik qilishga, mehr-muruvvatga, shukr va qanoat qilishga chorlaydi. Hadislar Islom dinida “Qur’on-u Karim” kitobidan keyin turadigan asosiy manba hisoblanadi. Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg‘ambar Muhammad Alayhissalom arab bo‘lmagan kishilarning hadislarni Qur’oni Karim oyatlari bilan adashtirib yuborishlaridan cho‘chib, hadislarning yozib borilishiga ruxsat etmaganlar. "Mendan Qur'ondan boshqa hech narsa yozmanglar, agar kimki biror narsa yozgan bo‘lsa, o‘chirib tashlanglar. Mendan faqat hadis aytinglar, xolos. Buni hech zarari yo‘q",-deb uqdirganlar avvaliga Payg‘ambar alayhissalomning o‘zlari. So‘ngra Payg‘ambarning o‘zlari Abdulloh ibn Amr ibn al-Ossga izn qilganlaridan keyin hadislar zarur hollarda yozma ravishda ham qayd etila boshlagan. Hazrati Abu Hurayra esa hadislarni mukammal yodlab borganlar. Abu Hurayra tomonidan qayd etilgan hadislar to‘g‘ri, ishonarli (sahih) hadislar hisoblangan. Hadislarni to‘plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o‘rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrlarda to‘rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug‘ullangan. VIII-IX asrlar hadis ilmining rivojlanishida “oltin davr” hisoblangan. Bu davrga kelib, Islom ulamolari tomonidan hadislarning qay darajada to‘g‘riligi, ularning qanday manbalarga tayanilib to‘planganligi jiddiy tadqiq etila boshlandi. Chunki ba’zi soxta, ishonchsiz hadislar ham paydo bo‘la boshlagan, ularni tekshirib, asl hadislarni tiklash va yozma ravishda qayd qilish zamon talabi bo‘lib qolgan edi. Shuning uchun ham birinchidan, hadislarni yoddan biluvchi haqiqiy, bilimdon, o‘tkir mulohazali kishilarning asta-sekin kamayib ketayotganligi, ikkinchidan, hadislarning haqiqiy, ishonarli, ya’ni sahihlarini saqlab qolish maqsadida ular tekshirilib, asl holiga keltirib, yozib yig‘ila boshlangan. Ana shu tarzda hadis ilmi rivojlana boshlagan. Hadis ta’rif etishda asosan uch yo‘nalish paydo bo‘lgan:


1. “Musnad” yo‘nalishi. Bunda turli mavzudagi hadislar, bir joyda keltirilib, alifbo tartibida joylashtirilgan. Abdulloh ibn Muso, Imom Ahmad ibn Hanbal hadislarni ana shu yo‘nalishda to‘plaganlar.
2. “Sahih” (ishonchli) yo‘nalishi. Bunga Imom Buxoriy asos solgan. Bularga to‘g‘ri ishonchli hadislar keltirilgan.
3. “Sunnan” yo‘nalishi. Mazkur yo‘nalishdagi hadislarga to‘g‘ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda “zaif” hadislar ham kiritilgan (Abu Dovud, Iso at Termiziy, an-Nasosiy, ibn Mojjalar shu yo‘nalishdagi hadislarni to‘plashgan).
Hadisning bir lug‘aviy ma’nosi “yangi” demakdir. Bu nom bilan atalishining boisi shundaki, har bir aytilayotgan xabar o‘zida qandaydir yangi fikrni bildirgan. Shuningdek, uni ilgari nozil bo‘lgan Qur’oni karimning iste’molda bo‘lgan qadimiy kalimalaridan ajratish ham ko‘zda tutilgan. Istiloh ma’nosida hadis − bu Payg‘ambar alayhissalomga mansub so‘z, amal (harakat), xulqiy sifatlari va shakl-u shamoyillardan tashqari, sahoba va tobe’inlarga mansub etilgan fikrlar va qavllar ham kiradi. Chunki ular Payg‘ambar davrining jonli guvohlaridir. Nubuvvatlik (Payg‘ambarlik) davri haqidagi axborotlar, shuningdek Payg‘ambar alayhissalomning nabiylikdan oldingi hayotlari va nubuvvat ahdlari haqidagi kalomlar ham hadisga kiradi. Ba’zi hollarda hadisga nisbatan “xabar” iborasi ham qo‘llaniladi. Chunonchi, har bir hadis insonlarga Payg‘ambar alayhissalomning holi-ahvollaridan muayyan bir xabar keltiradi, garchand, xabar hadisga nisbatan umumiyroq tarzda bo‘lsa-da. Bu shu sababdan sodir bo‘ladiki, xabarda zamon va makon bilan bog‘liq bo‘lmagan holda odamlardan nimaiki eshitilgan bo‘lsa, hammasi naql qilinadi. Shu boisdan ham barcha hadislar xabar hisoblanib, ayni vaqtda barcha xabarlar hadis bo‘lavermaydi. Mana shu xususiyatlarga binoan hadislar bilan shug‘ullanadigan olimlar “Muhaddis” nomi bilan atalib, xabar (yoki u tarix ham deyiladi) bilan shug‘ullanganlarga “al-Ixboriy” laqabi qo‘llaniladi.
Hadislar ham o‘z navbatida ikki toifaga bo‘linadi: Qudsiy hadislar (al-hadis al-qudsiy) va Payg‘ambar hadislari (al-hadis an-Nabaviy). Qudsiy hadislar bular Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilinib, unga qo‘shimcha Olloh taolo (yoki Olloh taboraka va taolo) degan (qola Olloh taolo, qola Olloh a'zza va jalla) iboralar keltiriladi.
Payg‘ambar alayhissalomning hadislariga kelsak, bunday hadislar ularning so‘zlari (qavllari), harakatlari, ahkomlari, shakli-shamoyillari hamda xulqiy fazilatlari va sifatlarini qamrab, bunda lafz ham, ma’no ham Rasulullohning o‘zlaridan sodir bo‘lgandir. Tarixan g‘oyatda qisqa muddatda nozil bo‘lgan Qur’oni karim oyatlari ba’zi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan bo‘lganligidan Payg‘ambarimiz hadislari ushbu oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qilib, unda keltirilgan voqea va hodisalarni ko‘pchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi.
Payg‘ambar alayhissalom hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir ko‘zgu vazifasini ham o‘taydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yo‘lida ko‘rsatgan beqiyos sa’y-harakatlari, yaxshilik va xayr-barakotga asoslangan faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin o‘tgan hech bir Payg‘ambarlar va ulug‘larga ko‘rsatilmagan alohida bir e’tibor bilan ilm ahllari hadislarni to‘plashga kirishdilar. Hadis ilmi bilan shug‘ullanish eng aziz va sevimli mashg‘ulot hisoblanib, ularni to‘plash uchun olim-u ulamolar butun aql-zakovati-yu, qalb qo‘ri bilan kirishganlarini alohida ta’kidlash zarur.
Hadis ilmi bilan shug‘ullanganlar orasida hadis to‘plovchilarning yo‘lboshchisi bo‘lgan al-Buxoriy va u kishining mashhur “Al-jome’ as-sahih” asari alohida o‘rin egallaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” kitobida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning hayot yo‘llari, so‘zlagan so‘zlari va bajargan amallari bayon etilgan. Hadisning birinchi kitobi iymon kitobidir. Unda quyidagi hadislar joy olgan:
Quyidagi illatlar kimda bo‘lsa, aniq munofiq bo‘lgay, agar ulardan bittasi bo‘lsa, uni tark etmagunicha munofiqlikning bir illati bor deyiladi:
Omonatga xiyonat
Yolg‘on gapirish
Va’daga vafo qilmaslik
Mo‘min – hadisi sharifda ilmni teran o‘rgangan, teran tushungan va Alloh yuborgan hidoyatni o‘rganib, o‘zgallarga ham o‘rgatgan.
Fosiq – hadisi sharifda ilmni o‘rganib, o‘zgalarga o‘rgatgan, ammo o‘zi amal qilmaganlar.
Kofir – hadisi sharifda mutakabbirlik qilib o‘zi ham o‘rganmagan va boshqalarga ham o‘rgatmaydiganlar.
“Olloh taolo aytadi: “Yaxshi kishilar, ibodat vaqtida yuzlarini Sharqqa va G‘arbba qaratgan kishilar emas, balki Olloh taologa, uning farishtalariga, oxirat kuniga, kitoblariga, Payg‘ambarlariga ishongan, yaxshi ko‘rgan mol-mulkini qarindoshlarga, musofir-u tilanchilarga, qulini ozod qilishga sarflagan hamda 5 vaqt namozni vaqtida o‘qigan va zakot bergan, Olloh bilan o‘zi o‘rtasidagi va bandalar o‘rtasidagi ahdiga vafo qilgan, yetishmovchiliklarga qanoat qilgan va boshiga kulfat tushganda bardosh bergan kishilardir. Mana shunday sifatga ega bo‘lganlar diniga sodiq odamlar bo‘lib, kufr hamda yaramas xulqlardan o‘zlarini ehtiyotlagaydirlar va o‘zlariga yetuk insoniy fazilatlarni mujassam qilgaydirlar”.
Iymonning mukammal bo‘lmog‘ining uch sharti:
to‘g‘ri e’tiqodli bo‘lmoq;
kishilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoq;
kishi o‘z ustida ishlamog‘i va o‘zini ibodat va itoatga chiniqtirmog‘i.
Kimki bularni to‘la o‘zlashtirsa, iymoni mukammal bo‘lg‘aydir. Rasullulloh (s.a.v) iymon to‘g‘risida so‘ralganda, yuqoridagi oyati karimani o‘qigan edilar.
“Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan inson iymoni mukammal bo‘lgay:
Insofli va adolatli bo‘lmoq;
- barchaga salom bermoq;
- kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq (20-bob. Salom berish islom amallaridandir).
Rasululloh (s.a.v) bunday deganlar:
Iymon daraxt yanlig‘ 60 dan ortiq shoxga egadir. Gunoh qilmoqqa Olloh va bandalardan uyalmak o‘sha shohlardan bittasidir” (2-bob. Iymon shartlari).
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: “Qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir. Olloh taola man etgan narsalardan qaytgan kishi Xudo yo‘lida jihod qilgan kishidir”(3-bob. Birovga zarari tegmagan kishi musulmondir).
Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so‘radilar: “Qaysi xislatlar islomda eng yaxshidir?” Aytdilar: “Ochlarga taom bermog‘ing va tanigan tanimaganingga salom bermog‘ing” (5-bob. Ochlarni to‘yg‘azish islomdandir).
O‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsani birodaringizga ravo ko‘rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo‘min bo‘la olmaysiz” (6-bob. O‘zi yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ravo ko‘rmoqlik iymondandir).
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar: “Quyidagi 3 narsa kimda bo‘lsa, u iymondan halovat topgusidir:
— kimki Olloh va uning Rasulini boshqalardan yaxshiroq ko‘rsa;
— yaxshi ko‘rgan kishisini faqat Olloh yaxshi ko‘rgani uchun yaxshi ko‘rsa;
— kofirlikka qaytishlikni xuddi o‘tga tushgandek yomon ko‘rsa”(14-bob. Qayta kofir bo‘lmoqni o‘tda kuymoqni rad qilgandek rad etmoq iymondandir).
Sahoba Ahnaf rivoyat qiladi: “Mana bu kishini himoya qilgani yo‘l oldim. Yo‘lda Abu Bakr yo‘liqdi. “Qayoqqa ketyapsan?”,-dedi. “Mana bu kishiga yordamlashgani ketyapman”,- dedim. “Qayt, men Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan eshitganman, agar ikki musulmon qilich yalong‘ochlab bir-biriga hamla qilsa, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham, do‘zaxga tushgaydir. “Yo Rasululloh,o‘ldirgan-ku mayli-ya, o‘lgan nega tushgaydir?”,- deganimda, “U ham sherigini o‘ldirmoqqa jazm qilgandir”,- deb aytganlar”,- dedi”(23-bob. Ikki guruh mo‘minlar bir-birlari bilan urishsalar, o‘rtalariga tushib, yarashtirib qo‘yingiz, zero Olloh ularni ham mo‘minlar deb atagan).
Janob Rasululloh sollaloh-u alayhi vasallam: “Munofiqning uchta alomati bor: so‘zlasa yolg‘on so‘zlar; va'da qilsa, bajarmas; omonatga xiyonat qilur, - deganlar.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: “Quidagi to‘rtta xislat kimda bo‘lsa, aniq munofiq bo‘lgaydir, kimdaki ulardan bittasi bo‘lsa, uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:
− omonatga xiyonat qilgaydir;
− so‘zlasa, yolg‘on so‘zlagaydir;
− shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
− urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydir(25-bob. Munofiqning alomati).
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: “Olloh taologa islom dini eng sevimli dindir”.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: “Din o‘ng‘aydir, hech kim uni qiyinlashtirib yubormag‘ay, mobodo, qiyinlashtirib yuborsa, din uni yengib qo‘yg‘usidir (ya’ni, amali solihlarni haddan ziyod zimmasiga olishi natijasida ularni eplay olmay, hammasini tark etishiga sabab bo‘lg‘usidir). Demak, amali solihlarni o‘rtacha bajaringiz, ibodatlarni mukammal ado etishga qodir bo‘lmasangiz, shunga yaqinroq qilingiz.Amali solihlardan tegadigan savobdan seviningiz. Bu dunyodan oxiratga qilinadigan umr safarida erta tongdan, kechki paytdan va kechaning ba’zi bir qismidan unumli foydalaningiz!”(30-bob. Dini islom huzurbaxsh dindir).
Abu Sa’id Xudriy:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: “Agar banda islomga kirib, uni ixlos bilan yaxshilashni davom etdirsa, Olloh taolo uni qilgan xatolarini kechirgaydir. Bundan keyingi xatolarigina hisob-kitob qilingaydir. Yaxshilik 10 barobardan 700 barobargacha ko‘paytirib yozilur.Yomonlik bitta bo‘lsa, bittaligicha yozilur, illo yozilmasdan Olloh kechirib yuborishi ham mumkindir”,- deganlar”,-deydi(32-bob. Kishi islomga kirib, uni yaxshilasa, qilgan yomonliklarini Olloh kechirgaydir).
Hadisning ikkinchi kitobi Ilm kitobidir.
Olloh taolo oyati karimasida: “Olloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug‘ qilg‘aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir”,- deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa: “Yo rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysen, deb ayt!” -deyilgan (1-bob. Ilm fazilati to‘g‘risida).
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar: “Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, bargini tashlamaydir, u musulmonga o‘xshaydir (ya’ni, musulmonlik daraxtning bargi iymondur). Aytingizchi, bu qaysi daraxtdir?” Odamlar o‘z qishloqlaridagi barcha daraxtlarning nomlarini ayta ketdilar. Abdulloh ibn Umar atadilar: “Ko‘nglimga, bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak, degan fikr keldi (uyalib aytmadim, aytishga uyaldim)”. Odamlar: “O‘zingiz aytib bering, yo Rasululloh”,-deyishdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: “U xurmo daraxtidir”,-dedilar(5-bob. Imomning kishilar ilmini sinash uchun biror masalani o‘rtaga tashlashi).
Olloh taolo oyati karimasida:”Yo rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysen, deb so‘ra!”,-deydi(6-bob. Ollohning ilm to‘g‘risida nozil qilgan kalomi).

Download 38,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish