Jizzax davlat pedagogioka institut



Download 5,81 Mb.
bet75/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

1923-yil apreligacha Umumiy harbiy ta’limning fizkultura Sovetlari 24 sport klubini, 15 ta sport jamiyatini, 17 sport to‘garagi va 14 ta tashkilotini birlashtiradi, ulardagi a’zolar soni 12.135 kishiga etgan edi.
1923-yil 27-iyunda Buturossiya Markaziy ijroiy Komiteti o‘zining 1923-yil 22- sentyabr qarori bilan o‘lka fizkultura sovetini tuzdi va 1924-yil 23-yanvarda O‘lka Fizkultura Soveti to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
O‘lka sovetining raisi qilib sog‘liqni saqlash komissari va O‘zbekiston K.P.Markaziy komitetini sekretari S.S.Asfandiyorov, masul sekretari qilib N.M.Testeles tayinlandi.
Milliy davlat chegaralanish arafasida O‘lka Fizkultura Sovetning tuzilish texnika nomi siyosati ilmiy ta’lim komitetidan iborat bo‘lib, ularga Sovet Prezidimum rahbarlik qilardi. Texnika komiteti (raisi B.Ergardt) jamoatchilik faolini birlashtiradi. Mazkur faollar kuch bilan seharakat o‘yinlar, yengil atletika, og‘ir atletika, himoya qilish va hujum qilish harakatlari hamda harbiy sport seksiyalari tashkil etilgan binobarin, butun ta’lim sport ishlari shu komitetda mujassamlashtirlgan edi. Bu komitet o‘lkadagi jismoniy tarbiya to‘garaklari uchun musobaqa dasturlari va nizolari ishlab chiqar, musobaqalar uyushtirish va o‘tkazish ustidan nazorat qilar, uzil-kesil ajrimlar chiqarar va sport ishlariga baho berardi. Toshkentda birinchi o‘lka stadioni qurilish ham shu komitet xizmatlari jumlasiga kiradi.
Ilmiy ta’lim komiteti (raisi A.G.Demov) hech qanday ilmiy metodik ba’zasi bo‘lmagani uchun, amalda hech qanday ish qilmadi. Bu “Turkistonimizda nihoyat darajada kambag‘al bo‘lganligi tufayli bizda loaqal birorta antrometrik kabinet yo’qligi natijasidir” deyilgan edi.
O‘lka Sovetning Prezidumi katta tashkilotchilik ishlarini amalga oshirdi, oltita viloyat Sovetlarining (Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Turkimaniston, Yettisuv, Amudaryo) barchasi o‘z vaqtida tuzilishini ta’minladi, ular ishiga rahbarlik qildi. Xalq komissarlari, Kasaba soyuzlari va komsomol organlari o‘rtasida muvofaqlashtiruvchilik rolini o‘ynadi. Butun ittifoqi kengashlariga va qizil sport internati Kongresslariga Turkiston Respublikasi nomidan vakillar qatnashtiradi, shaharlararo va Respublikalararo sport uchrashuvlari hamda bayramlari uyushtirishga rahbarlik qildi.
Shunday qilib o‘lkadagi barcha viloyatlarda ham fizkultura Sovetlari tuziladi. Masalan, Buxoro Markaziy Ijronya Komiteti huzurida Fizkultura Sovetini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 1924-yil 25-mayda qabul qilingan edi. bu qarorning nomida “ilmiy, o‘quv va tashkiliy faoliyatni muvofaqlashtirish va birlashtirish” maqsadlari bilan bir qatorda, “shuningdek sportning milliy turlarini ravnaq toptirish maqsadida” doim so‘zlar ham qayd qilingan edi.
Ayni, 1924-yilda, O‘lka Fizkultura Sovetining O‘sha-yili 16-mayda Toshkentda ochilgan birinchi stadionida Sirdaryo viloyati olimpiadasi o‘tkazildi. Bu olimpiada jismoniy tarbiya to‘garaklarining hamda ayrim klublarning komandalari qatnashdi. Musobaqalar dasturiga birinchi marta basketbol (erkaklar), velosiped sporti va boshqa sport turlari ham kiritildi. Olimpiada yengil atletikadan, futboldan, klassik kurashdan va velosipedchilardan bir qancha qobilyatli yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Shu bilan birga 1924-yilda Turkiston futbol komandasi birinchi marta qatnashib yuqori natija ko‘rsatdi.
Xuddi shu-yili Turkistonda jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot qilish maqsadida “Fizicheskaya kultura Turkistana” sport jurnali nashr qilina boshladi va unda Respublikani sport hayoti yoritilib boriladi. Sovet hokimyatning dastlabki-yillaridanoq Turkistonda jismoniy tarbiya kasaba uyushmalari madaniy ishlarning uzviy qismi, ishchilar sinfini birlashtirish va ularning jismoniy jihatdan kamol toptirishning samarali usullaridan biri bo‘lib qoldi.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish