1921-1924-yillarga kelib maktablardagi jismoniy tarbiya darslari bir muncha faollashdi. Chunki 1922-yilning martida Xalq Maorifi Komissarligi va Umumiy majburiy ta’lim boshqarmasi bilan birgalikda maktablarda jismoniy tarbiya darslari majburiy fan sifatida kiritilishi haqida qo‘shma buyruqlar qabul qilindi. Albatta, kadrlarni yetishmasligi, material ba’zalarni yo‘qligi va kamligi sababli bu buyruqni bajarish o‘ng‘ay bo‘lmasdi. 1922-yilning dekabrida Turkiston o‘lka fizkultura soveti qoshida maktab komissiyasi tashkil etiladi. Shuningdek uni faolyati maktablarda jismoniy tarbiyani jonlantirishga yordam berishdir.
1929-yili Farg‘ona viloyati harbiy komissariati qoshidagi Umumiy majburiy ta’lim bo‘limi tomonidan “Besh-yillik maktablarida 1-2 sinflarda jismoniy tarbiyani darsini o‘tish qisqacha dasturi” nashr qilindi. Bu dasturda gimnastika, yugurish, sakrash o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazish nazarda tutilgan. Uni kirish qismida quyidagi ko‘rsatmalar berilgan: Gimnastik quyidagi maqsadga ega: to‘g‘ri jismoniy rivojlanishini berish, organizmdagi nuqsonlarini to‘g‘rilash, harakat koordinatsiyasining ishlab chiqish bilish, intizomini rivojlantirish va nerv tizimlarini mustahkamlash.
Yugurish yurak, o‘pka, hazm qilish organlaridagi mushak tolalarini rivojlantirishga yordam berish, energiya va irodani rivojlantirish.
Sakrashlar, yugurishdi qanday bo‘lsa, bunda xuddi shunday, biroq qo‘shimcha epchillikni, ko‘z bilan o‘lchashni va mushaklarni tez qisqarish qobilyatini rivojlantirish.
O‘yinlar: Umumiy jismoniy rivojlanishidan tashqari nerv tizimsini mustahkamlashda, psixologik sifatni mustahkamlaydi va rivojlantiradi bularni barchasi esa pedagogik tarbiya vositalaridan biri hisoblaniladi.
Dasturda o‘qituvchilarga quyidagilarni tavsiya qilinadi:
1. Mashg‘ulotni albatta, toza havoda yoki oddiy shamollatilgan xonada o‘tkazilishi kerak, lekin hozirgina dars o‘tkazilgan xonasida emas.
2. 10 daqiqa vaqtini gimnastika mashqlariga, qolgan vaqtni-yugurish, sakrash yoki o‘yinarga, bag’ishlanadi; agarda o‘yin bilan barcha o‘quvchilar shug‘ullanalar, unda to‘liq darsni o‘yinga bag‘ishlagani maqul.
O‘lkada jismoniy tarbiyani majburiy dars sifatida maktab dasturiga kiritish o‘qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini keskinlashtirib yubordi. Turkiston o‘lkasi sharoitida bu masalasini hal qilish ham katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq edi. Turkiston Fronti Umumiy harbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i A.N.Izrailevning 1921-yil 10-fevralida N.I.Podvoyskiy nomiga yuborgan bildirishidan ma’lum bo‘lishiga, Toshkentda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlaydigan “sport kursi tashkil etish” uchun kelishilib, 40 kishidan tashkil topgan kursni 1921-yil 15-fevraligacha ochish belgilandi. Keyinchalik Samarqand va Skobelev shaharlarida ham xuddi shunday kurslarni tashkil etish tadbirlari ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |