Shikastlanish xavfi
Turnikda tortinish, garchi texnik jihatdan juda qiyin mashq bo‘lmasa-da, intensiv mashg‘ulotlardan so‘ng jarohatlar yoki noqulayliklarga olib kelishi mumkin.
Ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan birinchi narsa - qadoq paydo bo‘lishi. Ularga qarshi eng yaxshi himoya vositasi - bu turnikni ushlab qolishda yordam beradigan maxsus sport qo‘lqoplari.
Tortinish mashqlarini bajarayotganda, ayniqsa yangi boshlovchilar uchun, yiqilish xavfi yuqori. Bu etarlicha kuchsiz qo‘llar, zaif ushlash, ho‘l yoki silliq qo‘llar bilan sodir bo‘ladi. Qo‘lqoplar yoki maxsus talk ho‘l kaftlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Qo‘llarni kuchliroq qilish uchun biz qo‘shimcha ravishda bilak mushaklarini turnikda uzoq osilgan holda va yangi boshlovchilar uchun maxsus mashqlar to‘plami bilan mashq qilishimiz kerak bo‘ladi.
Intensiv mashg‘ulotlar bilan, ayniqsa dastlabki bosqichda, tananing yuqori yarmidagi mushaklar, bo‘g‘inlar va paylarda og‘riqlar paydo bo‘ladi. Ushbu noqulayliklarni kamaytirish uchun to‘g‘ri texnikaga rioya qilish, tortinishdan oldin tananani qizitib olish hamda yuklamani asta-sekin oshirish lozim.
Tortinish natijasida shikastlanish xavfini kamaytirish uchun mashg‘ulot xavfsizlik ko‘rsatmalariga rioya qilish zarur: turnikni to‘g‘ri ushlash, ya’ni qo‘llarimizni to‘g‘ri joylashtirish. Bosh barmog‘imiz pastdan turnikni quchoqlashi kerak (17 b- rasm). Yuqoriga tortinishni boshlashdan oldin, turnikni mustahkam ushlaganligimizga ishonch xosil qilishimiz lozim.
17-rasm. Turnikni ushlash usullari
a) qattiq ushlash; b) normal xolatda (panjaga oid) ushlash;
v) barmoq uchida ushlash, yon tomondan ko‘rinishi; g) barmoq uchida ushlash, old tomondan ko‘rinishi
Mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar
Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi. (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruxsat beriladi.
Talabalarning turnikda tortilish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
13 marotaba va undan ko‘p tortilganda — «a’lo»;
11-12 marotaba tortilganda — «yaxshi»;
9-10 marotaba tortilganda — «qoniqarli»;
8 marotaba va undan kamroq tortilganda — «qoniqarsiz» deb baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |