Harbiy xizmatchilarda kuchlilik sifatini shaklantiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlarga quyidagilar kiradi:
8(a,b)-mashq. Kuchni rivojlantirish uchun mashqlar kompleksi;
9-mashq. Turnikda tortilish mashqi;
10-mashq. Turnikda ko‘tarilib, aylanish mashqi;
11-mashq. Turnikka kuch ishlatib chiqish mashqi.
12-mashq. Turnikda kuch ishlatib bajariladigan kombinasiyalangan mashq;
13-mashq. Brusda qo‘l bukish va to‘g‘rilash mashqi;
14-mashq. 16-va 24-kilogrammli toshni (siltab) ko‘tarish mashqi.
Turnikda tortinish
Turnikda tortinish mashqining texnik tomonini ko‘rib chiqishni davom ettirishdan oldin, keling, turnikda tortinganda qaysi mushaklar ko‘proq ishlashini aniqlaylik.
Bir vaqtning o‘zida orqa, ko‘krak, qorin, elka mushaklarining bir nechta guruhlari ishtirok etadi (1,2-rasmlar), xususan:
trapesiya ko‘rinishdagi, dumaloq va romb ko‘rinishdagi, kengroq, orqani to‘g‘rilab turuvchi mushaklar;
kichik va katta ko‘krak mushaklar;
qorin bo‘shlig‘i mushaklarining barcha turlari;
bitseps va tritseps mushaklari;
elka, orqa deltasimon va ko‘plab bilak mushaklari.
1-rasm. Turnikda tortinishda mushaklar guruhlariga yuklmananing taqsimlanishi
2-rasm. Turnikda tortinishda mushaklar guruhlariga yuklmananing taqsimlanishi
Turnikda tortinishning turli usullari va sxemalari ma’lum bir mushak guruhiga ta’sirni o‘zgartirish yoki kuchaytirishga imkon beradi:
3-rasm. Ko‘krak qafasiga tortinishda muskullarga yuklamaning tushishi
4-rasm. Parallel ushlash bilan tortinishda muskullarga yuklamaning tushishi
5-rasm. Teskari(qarama-qarshi) ushlash bilan tortinishda muskullarga yuklamaning tushishi
6-rasm. Bosh orqasidan tortinishda muskullarga yuklamaning tushishi
Tortinish turlari
Turnikda tortinish turlari fazalar almashinuvi bo‘yicha tasniflanadi, ular og‘irliklar bilan yoki ularsiz bajariladi, lekin eng muhim mezon - bu bajarish texnikasi va turnikni qanday ushlab turishimizdir.
Ushlashlar, o‘z navbatida, ikkita asosiy belgisiga ko‘ra tasniflanadi – masofa(10-rasm) va ushlash usullari bo‘yicha.
a) Ushlashlar orasidagi masofa bo‘yicha turlar
tor ushlash - talaba qo‘llarining ushlashlar orasidagi masofa elkalarining kengligidan kamroq bo‘lganda (7-rasm);
7-rasm. Turnikda tortinishda 8-rasm. Turnikda tortinishda
tor ushlash usuli o‘rtacha ushlash usuli
o‘rtacha ushlash - qo‘llar orasidagi masofa elkalarining kengligiga teng, biroz kengroq bo‘lishi mumkin (8-rasm);
kengroq ushlash - bu qo‘llar elkalar kengligidan kattaroq masofaga qo‘yilganda (9-rasm).
9-rasm. Turnikda tortinishda kengroq ushlash usuli
10-rasm. Turnikda masofaga bog‘liq xolda ushlash turlari
b) Turnikni ushlash usuli bo‘yicha tasniflash:
to‘g‘ri yoki yuqoridan ushlash - talabaning kaftlari uning yuziga teskari yo‘naltirilgan(11 a-rasm);
teskari yoki pastki ushlash - turnik pastdan ushlanadi va kaftlar tortinuvchining yuziga qaraydi(11 b-rasm);
neytral yoki parallel ushlash - qo‘llar ichkariga buriladi va kaftlar bir-biriga qaraydi (11 v-rasm).
a) b) v)
11-rasm. Turnikni ushlash usuli bo‘yicha tasniflash
to‘g‘ri yoki yuqoridan ushlash; b) teskari yoki pastki ushlash;
v) neytral yoki parallel ushlash
Turnikni ushlash usulini o‘zgartirib, biz yuklamani turli mushaklarga jamlashimiz mumkin. Yuklama qo‘llar orasidagi o‘rtacha masofa bilan klassik to‘g‘ri ushlash bilan barcha jalb qilingan mushak guruhlari bo‘ylab teng ravishda taqsimlanadi. Turnikda tortinish keng ushlash bilan tortinishlar orqa mushaklarga yuklama beradi. Teskari ushlash bitsepsga ko‘proq yuk beradi. Tor to‘g‘ri ushlash ham elka muskullariga juda ko‘p yuklama qo‘yadi (10-rasm).
Turnikda tortinish tananing barcha mushaklarining funksional rivojlanishiga qaratilgan.
Biz turnikda tortinishlarni faqat chigal yozdi mashqlaridan keyingina boshlashimiz mumkin. Gap shundaki, qizdirilgan mushak tolalari shikastlanishga ko‘proq chidamli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |