O‘n besh
“ O‘n besh” hisobida erdan keskin itarilgancha sakrab, yuqoriga ko‘tarilgan tana havoda ortga egiladi. Erga esa tovonlar yonma-yon, oyoq uchlari ajratilgan, tizza bir oz bukilgan, kaftlari bir-biriga qaratilgan qo‘llar elka kengligidan keng ochilgan tarzda tushiladi.
2-rasm. 2-sonli erkin mashqlar kompleksi
1 va 2-erkin mashqlar kompleksi balli tizim qo‘llanilgan tarzda quyidagicha baholanadi:
9-10 ball – agar amal o‘z tavsifiga mos ravishda, ijro davomida to‘xtalishga yo‘l qo‘yilmay, namunali tarzda, texnik jihatdan to‘g‘ri va tez bajarilgan bo‘lsa;
7-8 ball – agar amal o‘z tavsifiga mos ravishda, ijro davomida to‘xtalishga yo‘l qo‘yilmay, texnik jihatdan to‘g‘ri (sezilarsiz bitta kichik xatoga ruxsat beriladi) va tez bajarilgan bo‘lsa;
5-6 ball – agar amal o‘z tavsifiga mos ravishda, ijro davomida to‘xtalishga yo‘l qo‘yilmay, texnik jihatdan to‘g‘ri bajarilgan (sezilarsiz ikkita xatogacha ruxsat beriladi), biroq ijrosi yetarlicha tez kechmagan bo‘lsa;
3-4 ball – agar amal o‘z tavsifiga mos ravishda, ijro davomida to‘xtalishga yo‘l qo‘yilmay, texnik jihatdan to‘g‘ri bajarilgan (sezilarsiz uchta xatogacha ruxsat beriladi), biroq ijrosi yetarlicha tez kechmagan bo‘lsa;
1-2 ball – agar amal ijrosi ta’minlangan bo‘lib, qo‘pol buzilishlarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa,
0 ball – agar amal bajarilmagan, birorta elementni bajarish qolib ketsa yoki qo‘pol buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan yoxud ijrosi oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa.
“ O‘n olti” hisobida qo‘l pastga tushirilib, qad rostlanadi
2- o‘quv savoli. Mashq № 9 Turnikda tortilish mashqi.
Kuchlilik sifati – kishining mushaklar kuchi bilan tashqi qarshilikni engish yoki unga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini anglatadi.
Kuchlilik sifatining rivojlantirilishi og‘ir yuk va kuch talab etiladigan amallar vositasida mushaklarning zo‘riqish darajasi oshishiga omil bo‘ladigan jismoniy mashqlar bajarilishini taqozo etadi. Shu maqsadda og‘ir yuk ko‘tarish, uni tashish, gimnastika snaryadlari va trenajyorlarda kuch ishlatish talab etiladigan mashqlar bajarish, o‘z vazni bilan bog‘liq mashqlarni bajarish kabi jismoniy mashqlar qo‘llaniladi.
Ushbu mashqni bajarishda qo‘l kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qo‘llar parallel uzatilgan holda tutiladi, tana bir oz bukilgan, oyoq to‘g‘ri tushirilgan, uchi to‘liq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatdan bajariladi. Qo‘llar bukilib, tana yuqoriga ko‘tarilar ekan, jag‘ (iyak) turnik ustiga to‘liq chiqarilgan holat qabul qilinadi. Qo‘llar yana to‘liq uzatilar ekan, tana bir maromda pastga tushirilib dastlabki holat egallanadi. Tananing osilgan holati 1-2 soniya davomida saqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 45o gacha bukishga ruxsat beriladi. Tanani siltash, oyoqni old-orqaga tebratish, oyoqlarni chalishtirish, bir qo‘lda osilib olish amallari man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |