Jismoniy tayyorgarlik



Download 19,92 Mb.
bet9/42
Sana13.07.2022
Hajmi19,92 Mb.
#788948
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАЙЁРГАРЛИК талабалар учун ўқув материаллариMMM

Nazorat savollari:

  1. Jismoniy tayyorgarlik nima ?

  2. Jismoniy tayyorgarlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad nimadan iborat?

  3. Jismoniy sifatlar deganda nimani tushunasiz va unga nimalar kiradi?

  4. Harbiy xizmatchilarda kuchlilik sifatini shaklantiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlarni sanab o‘ting.

  5. Turnikda tortilish mashqini bajarish texnikasini tushuntirib bering va amaliy ko‘rsatib bering.

  6. Majmuaviy mashqlarga qanday mashqlar kiradi?

  7. Turnikda tortilish mashqi me’yorlarini aytib bering.

1-MAVZU: Gimnastika.


2-Mashg‘ulot. Kuch ishlatiladigan mashqlar bo‘yicha shug‘ullanish.
10-mashq (turnikda ko‘tarilib aylanish).

Amaliy mashg‘ulot




REJA



  1. Mashq № 10 Turnikda ko‘tarilib, aylanish mashqi.

  2. Turnikda ko‘tarilib, aylanish mashqini bajarish texnikasi.



Tayanch so‘z va iboralar: turnik, gimnastika, jismoniy tayyorgarlik, tezlik, chidamlilik, kuchlilik, chaqqonlik, egilvuchanlik, turnikda tortilish, me’yorlar.


1-O‘quv savoli. Mashq № 10 Turnikda ko‘tarilib, aylanish mashqi.


Kuchlilik sifati – kishining mushaklar kuchi bilan tashqi qarshilikni engish yoki unga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini anglatadi.
Kuchlilik sifatining rivojlantirilishi og‘ir yuk va kuch talab etiladigan amallar vositasida mushaklarning zo‘riqish darajasi oshishiga omil bo‘ladigan jismoniy mashqlar bajarilishini taqozo etadi. Shu maqsadda og‘ir yuk ko‘tarish, uni tashish, gimnastika snaryadlari va trenajyorlarda kuch ishlatish talab etiladigan mashqlar bajarish, o‘z vazni bilan bog‘liq mashqlarni bajarish kabi jismoniy mashqlar qo‘llaniladi.
Harbiy xizmatchilarda kuchlilik sifati shaklantiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlarga quyidagilar kiradi:
8(a,b)-mashq. Kuchni rivojlantirish uchun mashqlar kompleksi;
9-mashq. Turnikda tortilish mashqi;
10-mashq. Turnikda ko‘tarilib, aylanish mashqi;
11-mashq. Turnikka kuch ishlatib chiqish mashqi.
12-mashq. Turnikda kuch ishlatib bajariladigan kombinasiyalangan mashq;
13-mashq. Brusda qo‘l bukish va to‘g‘rilash mashqi;
14-mashq. 16-va 24-kilogrammli toshni (siltab) ko‘tarish mashqi.

Ushbu mashqni bajarishda qo‘l kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qo‘llar to‘g‘ri uzatilgan holda tutiladi. Turnikda tortilgancha, tanani siltamay, old-orqaga tebratmay, juft tutilgan oyoqlar turnik ustiga ko‘tariladi va snaryad o‘qi atrofida aylanib, yuqorida, tik tutilgan qo‘lga tayangan holat qabul qilinadi. Boshlang‘ich holatga tushish amali erkin usulda bajariladi. Boshlang‘ich va tayangan holat 1-2 soniya davomida saqlanadi.


Bir joydan boshqa joyga o‘tish, umumiy rivojlantirish mashqlarini bajarish uchun safning bir turidan boshqa turiga qayta tizilish amallari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomida bayon etilgan talablarga muvofiq bajariladi.
Joyda turib va harakat davomida bajariladigan jismoniy mashqlar ijrosi mashqni nomi aytilib, namunali ko‘rsatib berilgandan so‘ng dastlabki holat qabul qilinishidan boshlanadi. Buning uchun “Dastlabki holatni QABUL QIL” komandasi beriladi. Mashq ijrosiga “Mashqni BOSHLA” komandasi bo‘yicha kirishiladi. Mashq ijrosini yakuniga etkazish uchun so‘nggi hisob o‘rniga, agar mashq:
joyda turib bajarilayotgan bo‘lsa – “TO‘XTA” komandasi;
harakat davomida bajarilayotgan bo‘lsa – “Mashq TAMOM” komandasi beriladi.
Jismoniy mashqlar o‘quv joylarida guruhlarga bo‘linib ijro etish usuli qo‘llanilib bajariladigan bo‘lsa, mashg‘ulotning tayyorlov qismi nihoyasiga etgach, bo‘linma guruhlar (seksiyalar) tarkibida ikki sherengaga saf tortadi. Mashg‘ulot rahbari har bir seksiyaning o‘quv joyini tayinlab o‘tgach: «Mashg‘ulot o‘tkazish joyiga qadam BOS (YUGUR)» komandasini beradi. Ushbu komanda bo‘yicha seksiyalar tayinlangan joy tomon qisqa yo‘l bilan borib (yugurib), o‘quv joyi (gimnastik snaryadning) safning chap tomonida joylashgan holatda joyda qadam bosib (yugurib) turadi. Shundan so‘ng, umumiy komandaga binoan to‘xtab, chapga buriladi.
Mashg‘ulot rahbari: “Mashqni bajarishga KIRISHILSIN” komandasini beradi. Mazkur komandaga binoan seksiya komandiri saf o‘rtasiga chiqib, bo‘linmaga yuzlangancha, buriladi. Bajariladigan mashq nomini e’lon qilib: “ERKIN” komandasini, gimnastika mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan bo‘lsa: “Gimnastik holatni QABUL QIL” komandasini beradi. Shaxsiy tarkib o‘ng oyog‘ini yarim qadam yonga tashlab, qo‘lini orqa tomonda qovushtiradi, tana vaznini ikkala oyoqqa teng taqsimlaydi.
Shundan so‘ng seksiya komandiri mashqni namunali tarzda ko‘rsatib beradi va shaxsiy tarkibni yakka yoki guruh tarkibida mashq qildiradi.
Shaxsiy tarkib mashq ijrosi uchun seksiya komandirining komandasiga binoan safdan chiqadi. Masalan: “Oddiy askar Mo‘minov dastlabki holatga, oddiy askar Mahkamov yordam berish va xavfsizlikni ta’minlash uchun qadam BOS”. O‘z familiyasini eshitgan harbiy xizmatchilar qad rostlangan holatni qabul qilib: “Men”, deya javob qaytaradi. Ijro komandasini eshitgach esa: “Xo‘p bo‘ladi”, deb javob berib, shaxdam qadam tashlab yoki yugurib borib, dastlabki marrani egallaydi va gimnastik holatni qabul qiladi (o‘ng oyog‘ini yarim qadam yonga tashlab, qo‘lini orqa tomonda qovushtiradi, tana vaznini ikkala oyoqqa teng taqsimlaydi). Mashq ijrosi uchun SNARYADGA”'>“SNARYADGA” komandasi (sakrash va akrobatik mashqlar bajarilayotganida esa “OLG‘A”) komandasi berilganidan so‘ng kirishiladi. Agar mashq nazorat tariqasida bajarilayotgan bo‘lsa, harbiy xizmatchi dastlab qad rostlangan holatni qabul qilib, boshini tekshiruvchi yoki mashg‘ulot rahbari tomon burgancha, o‘z harbiy unvoni va familiyasini aytadi va shundan so‘nggina, qo‘shimcha ko‘rsatmasiz mashq ijrosiga kirishadi. Mashq ijrosini yakuniga etkazgan harbiy xizmatchi mashg‘ulot rahbariga (tekshiruvchiga) yuzlanib burilgancha, qad rostlangan holatni qabul qilib, mashq ijrosi haqida bildiruv beradi. Gimnastik mashqlar ijrosining boshlanishi «sakrab chiqish», yakuniga etkazilishi esa «sakrab tushish» holatlarining qisqa vaqt saqlab turilishi bilan kechadi. “SNARYADGA” (“OLG‘A”) komandasi berilganida navbatdagi harbiy xizmatchi dastlabki holatni, mashqni bajargan harbiy xizmatchi yordam berish va xavfsizlikni ta’minlash joyini, yordam berish va xavfsizlikni ta’minlagan harbiy xizmatchi safdagi o‘rnini egallaydi.
Mashg‘ulot joyini almashtirish uchun mashg‘ulot rahbari: “Guruh, mashq TAMOM” komandasini beradi. Ushbu komandaga binoan shaxsiy tarkib mashq ijrosini to‘xtatib, bir sherengaga saf tortadi. Mashg‘ulot joyini almashtirish amali “O‘ng-GA”, “Mashg‘ulot joyini almashtirish uchun qadam BOS (YUGUR)”komandalariga ko‘ra bajariladi. O‘quv joylari birinchi bor almashtirilayotganda yangi o‘quv joyiga o‘tish tartibi ko‘rsatib o‘tiladi.
Jismoniy mashqni juftliklarga bo‘linib bajarish uchun harbiy xizmatchilar ikki sherengali safda «birinchi» va «ikkinchi» raqamlarga ajratiladi. Misol uchun: “Turnikda tortilish mashqi birinchi qator birinchi raqamlar, ikkinchi qator ikkinchi raqamlarBirinchi raqamlar mashqni bajarish uchun, ikkinchi raqamlar yordam ko‘rsatish va xavfsizlikni chap tomondan ta’minlash uchun (yoki o‘ng tomondan) “SNARYADGA” komandasi beriladi. Ushbu komanda bo‘yicha, birinchi raqamli harbiy xizmatchilar snaryadga, ikkinchi raqamli harbiy xizmatchilar esa yordam ko‘rsatish va xavfsizlikni ta’minlash joyiga borib, qad rostlangan holatni qabul qilishadi. “SNARYADGA” komandasi berilgach, birinchi raqamli harbiy xizmatchilar jismoniy mashqni bajarishadi, mashq ijrosini nihoyasiga etkazgach, mashg‘ulot rahbariga yuzlanib turishadi. Ikkinchi raqamli harbiy xizmatchilar yordam ko‘rsatish amallarini bajarishgach, mashq ijrosi uchun dastlabki holatni qabul qilishadi.



Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish