Ko’rgazmalilik mashg’ulotlari. Bu mashg’ulotlarning hammadan ham o’rgatish paytidagi ahamiyati katta. Harakatlarni, fotosuratlarni, kinogrammalarni, o’quv kinosuratlarini namoyish qilish o’rgatishni ancha tezlashtiradi, Engil atletika mashqlarining mukammalroq texnikasini bilib olishga yordam beradi.
Ko’rgazmalilik sportchilarning ma’naviy va irodaviy fazilatlarni tarbiyalash kerak. Bu ularning funksional imkoniyatlarini oshirishga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, uncha yaxshi tayyorlanmagan sportchi ko’prok tayyorlanganiga qarab mashqni tuzukroq bajarishga harakat qiladi, kuchlilarga tenglashishga intiladi. Ko’prok tayyorlanganlarga qarab shug’ullanuvchilar qiyinchiliklardan ozroq qo’rqadilar, ko’prok zo’r berishga qodir ekanlarini ko’rsatadilar, charchoqni osonroq engadilar. Sportchini tarbiyalashdagi ko’rgazmalilik avvalo namuna kuchi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |