Jismoniy tarbiya. Gigienik tarbiya. Sog’lom turmush tarzi va uning tarbiyadagi ahamiyati. O’qituvchilarni kasbga yo’naltirishda vrachlarning tutgan o’rni. Ma’ruza rejasi



Download 57,91 Kb.
bet1/11
Sana01.01.2022
Hajmi57,91 Kb.
#283253
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA 2


JISMONIY TARBIYA. GIGIENIK TARBIYA. SOG’LOM TURMUSH TARZI VA UNING TARBIYADAGI AHAMIYATI. O’QITUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISHDA VRACHLARNING TUTGAN O’RNI.

Ma’ruza rejasi.

1.Jismoniy tarbiya, uning sog’lom avlodni shakllantirishdagi tutgan urni.

2. Gigienik tarbiya, uning yoshlar tarbiyasidagi roli.

3. Sog’lom turmush tarzi to’g’risida tushuncha. 

4.O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda vrachlarning tutgan o’rni. 

5. Sog’lom turmush tarzining asosiy e’lementlari va xavf omillar.

Respublikamiz mutsaqillikka e’rishgandan keyin sog’lom avlodninng shaklanishiga katta e’’tibor berib kelmoqda. Sog’lom avlodning shakllanishidagi e’ng asosiy amillardan biri bu yoshlarning jismoniy tarbiyasi. Jismoniy tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismidir, u yoshlarni hamma tomonlama ahloqiy, ruxiy tetiklikda tarbiyalashga yordam beradi.

Jismoniy tarbiya natijasig’bu o’z navbatida umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Hozirgi yoshlarni zamon talabidagi ma’rifatli, ma’naviyatli qilib tarbiyalashning e’ng asosiy e’lementlaridan biri, bu jismoniy tarbiyadir.

K.Marksning fikricha umumiy tarbiya- I/ aqliy,jismoniy va texnik tarbiyadan iborat.

Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi o’suvchi organizmning barcha a’zolarining sog’lom o’sishini ta’minlash hamda aqliy va jismoniy mehnatga,ayniqsa yigitlarni Vatan himoyasiga tayyorlashdir.

Biz yoshlarga jismoniy tarbiyaning moxiyatini “Alpomish, Go’r-o’g’li Paxlavon Maxmud va boshqa polvonlar siymosida misollar keltirib tushuntirib amalga oshirsak maqsadga muvofiq bo’ladi.

Abu Ali Ibn ham inson fazilatlaridan bir nechasini ko’rsatadi:

-Jasurlik –biror ishni bajarishda kishining jasurligi,chidamliligi,inson boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat.

-Aqllilik –biror ishni bajarishda shoshma shosharlik qilish dan saqlovchi quvvat.

-Ziyraqlik-sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat.

A.Navoiyning “Farxod va SHirin” dotsoni misolida ko’rsak ham Farxod aqliy tarbiya bilangina cheklanmasdan jismoniy va harbiy mashqlar bilan shug’ullanganligini ko’rsatadi.

A.Avloniyning aytishicha Sog’lom fikr, yaxshi axloq va ilm ma’rifatga e’ga bo’lmoq uchun ham badanni tarbiya qilmoq zarur deydi.....

Kimki sog’lom badanga e’ga bo’lsa,uning ishi kamchiliksiz, fikrlashi yaxshi,jismoniy va ruxiy tetik, mehnati unumli bo’ladi.

Demak insonning aqliy, axloqiy va jismoniy kamoloti tariximizning hamma bosqichlarida ulug’langan va qadrlangan.

Jismoniy tarbiya birinchi navbatda salomatlikni mutsahkamlaydi,ish qobilichtini oshiradi,umrni o’zaytiradi,qaddi qomatni tetik qiladi,kuch quvvat beradi va x.

SHunday e’kan yoshlarni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalash bu bitta ota-ona, maktabning ishi e’mas, umumdavlat muammosi sanaladi,buni hal qilish uchun kompleks yondoshilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Jismoniy tarbiya mazmuni-jismoniy kamolat, jismoniy holat diagnotsikasi,jismoniy tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma’lumot ishlarida ifodalanadi.

Pedagogikada jismoniy kamolat deganda insondagi jismoniy ma’lumotning o’sishi borasidagi ma’lumotlar,ya’ni oddiydan murakkablikkacha tomon bo’ladigan o’zgarishlar tushuniladi.

Jismoniy etuklik deganda-badanning tashqi ko’rinishidagi garmoniya go’zallik shakli, jimoniy sifatlarining yuqori darajada kamolati tushuniladi.

Jismoniy madaniyat-jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi va uning mazmuniga quyidagilar kiradi:


  1. Inson a’zolarining tuzilishi va ularning funktsional kamolati.


  2. O’quvchilarni sog’ligini mutsahkamlash.


  3. Gigiena qoidalariga ko’nikish.


  4. O’quvchini har tomonlama maxoratini oshirish.


  5. Bo’lajak ishchi-xizmatchilarni jismoniy va fiziologik sifatlarini shakllantirish.


  6. O’quvchilarda jismoniy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish.


  7. O’quvchining iroda, chidamlilik,qat’iyan intizom, do’tslik hissini kamol toptirish.


  8. SHaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash.


Jismoniy-sport ishlari yoki oddiy kafedralari,klublari,guruxlar,musobaqalarda namoyon bo’ladi.

Jismoniy tarbiya mazmunida “jismoniy mehnat”,Jismoniy jazo”degan tushunchalar ham uchrab turadi.

-jismoniy mehnat aqliy mehnatdan farqli o’laroq,insondan jismoniy kuch,mashq talab e’tadi.

-jismoniy ta’sir- bu inson badaniga biror bir buyum bilan yoki insonlar tomonidan ta’sir ko’rsatish./qo’l,oyoq va b/

-jismoniy jazo-o’quvchilarning xulqiy kamchiligini yoki noaxloqiy xatti harakatini bartaraf e’tish maqsadida qo’llaniladi.Ochlik e’’lon qilish ham jismoniy jazoga kiradi.Bizda bu bekor e’tilagn.

Gigienik tarbiya.

Gigienik tarbiya nafaqat bola dunyoga kelganda so’ng,balki bola ona qornidaligida ona tomonidan gigienik qoidalariga rioya qilish yo’li bilan sog’lom bola dunyoga kelishini ta’minlaydi.

Qadim-qadim zamonlardan ham xalqimiz yoshlarga gigienik tarbiya asosida boshqa tarbiyalarni bargan.Gigienik tarbiyaning boshlang’ich uchog’i bu oila,shuning uchun ota-ona va uydagi boshqa kattalar bolalarda gigienik bilimlar shakllanishida namuna rolini o’ynashlari kerak.

Gigienik tarbiyaning boshlang’ich bosqichi va asosida shaxsiy gigiena e’leientlari yotadi.

Bolaning birinchi ongli faoliyatlaridan ana shu shaxsiy gigienik qoidalariga rioya qilish i muntazam o’rgatib borilsa bu keyinchalik bolalarda ma’lum bir tseriotinga aylanib turmush tarzi shakllanadi.

Bunda bolalarni birinchi kundan vaqtini to’g’ri taqsimlashga ,faol faoliyati va uyquni o’z vaqtida bajarishi,oqilona ovqatlanishga,o’z vaqtida yuvinish,kiyimlarni almashtirish, badan gigienasi, teri, soch, yuz,og’iz, bo’shlig’i gigienasi, tirnoq, qo’l gigienasi,oyoq kiyim va boshqa gigiena qoidalariga to’g’ri va o’z vaqtida o’rgatish bu kelajakdagi shu bola salomatlik darajasining garovi sanaladi.

Bolalarda birinchi kundan boshalab mana shu tarbiyalarning barchasi organizmda biror bir kasallikning kelib chiqisho’ini oldini olishga qaratilganligini tushuntirish zarur.

Bolalarni yaslisi va bog’chasini borganda tarbiyaning yangi turi umumiy gigiena turiga duch keladilar.Bunday o’tish davri bolalarda boshqa bir yangi muxitga o’tishi bilan qiyinroq kechadi.Bu erda shaxsiy gigienik ko’nikmalar asosida umumiy gigienik malaka va ko’nikmalar shakllana boshlaydi.Ana shu olgan ko’nikmalar uyda bo’zilmasdan, balkim mutsaxkamlanishi va mukammallanishi lozim bo’ladi.

Gigienik tarbiya asosida insonning onggi o’sadi,organizmdagi zararli ta’sirlarni o’rganadi va e’ng asosiysi “Moral”ni anglab oladi.

“Moral” bu inson faoliyatida keng ma’nodagi tushuncha-bu mehnatdagi marom, ovqatlanishdagi marom,yashash sharoitidagi marom,tashqi muxitdagi belgilangan maromlar yig’indisidir.Bolalar maktabga borganlarida yana bir yangi gigienik tarbiya iuxitiga tushadilar.Bunda ular ko’proq bu xolatlar bilan mutsaqil holda to’qnashadilar.Har bir sinfda tozalikka javobgar o’axs saylanadi.Ular har kun e’rtalab bolalarning qo’llarini, tirnoqlarini, yoqalari, kiyimlarining holatini va boshqa gigienik sifatlarini ko’zdan kechiradilar va sinfdagi gigienik xolatni ham saqlashga javob beradilar. Maktablarda maxsus gigienik darslar bo’yicha ma’lumotlar maxsus datsurlar asosida amalga oshiriladi. Bolalarga shaxsiy va umumiy gigienik talablarga rioya qilmaganda har xil yuqumli kasalliklar kelib chiqishi muntazam tushuntib borilishi kerak.Ms: soch yuvilmaganda,tirnoqlar o’tsirilganda,teri yuvilmaganda va boshqalar.Bolalarda barcha gigienik bilim va ko’nikmalarning shakllanishi-bu ularda o’ziga xos turmush tarzini shakllanishiga olib keladi.

Umumiy barcha gigienik ko’nikmalarga e’ga bo’lib unga hayotga rioya qilish , insonning umumiy tarbiyalanganligini yanada aniqroq ko’rsatadi.Demak gigienik tarbiya ham umumiy tarbiyaning ajralmas bir qismidir.

Sog’lom turmush tarzi va uning shakllanishida vrachlarning roli.

Aslida turmush tarzi-bu insonlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida ular hayot faliyatining moddiy va ma’naviy tomonlarida ma’lum bir tip, turdagi yashash usuliga e’ga bo’lish tushuniladi.Bu xolat biz yuqorida aytgandek yoshlikdan shakllanib boradi.

Bolalarda turmush tarzining shakllanishi 4 ta kategoriyani o’z ichiga oladi:

1.Iqtisodiy kategoriya-/hayot darajasi/

2.Daromad

-uy-joy


-tibbiy xizmat

-ma’lumot darajasi/ota-onasining va b/

2.Ijtimoiy kategoriya /hayot sifati/

Bunda shu yuqorida keltirilgan kategoriyalarning sifat darajasi nazarda tutiladi.

3.Ijtimoiy psixologik /ruxiy/ hayot uslubi,tsil/-bu xususiy hayot faoliyatiga oid omillar.

4.Ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya-bunda jamiyat xayotining tartib,turmushi,madaniyati/xar joydagi o’z Xalqining shakllanishiga ta’sir e’tadi/.

VOZ/BDSTS/ sog’lom turmush tarzi uch muxim e’lemeentdan iborat deydi:

1.Jismoniy tarbiya va sport.

2.Oqilona ovqatlanish.

3.Har bir kishi o’z salomatligiga o’zi javobgar.

Yoshlarga gigienik tarbiya berib,ularga sog’lom turmush tarzini shakllantirishda albatta ularga turmush tarzining salomatlik uchun ahamiyatini aytish lozim.

Turmush tarzining salomatlikdagi ahamiyati 49-53% ni tashkil e’tadi./chekish,ichish, noto’g’ri ovqatlanish,zararli mehnatsharoiti, tsress,adinamiya, gipodinamiya, yomon moddiy turmush, narkamaniya, oila barqarorligi, yolg’izlik, ma’lumot va madaniyatining patsligi va boshqalar.

O’quvchilarni kasb tanlashga yunaltirish umumta’limning tarkibiy qismidir.Agar kasb to’g’ri tanlansa bu inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilxom manbaiga aylanadi. Bu jarayonda birinchi navbatda bolaning qobiliyati, salomatlik darajasi,ayniqsa bajaradigan ishiga nisbatan organlar sog’liq darajasiga katta e’’tibor berish lozim.

Kasbga yunaltirish tizimi-shaxsgakasbniva uning shaxsiy sifatlarini o’rganishda yordam beruvchi maqsadlar,moxiyat va printsiplar,uslub va vositalar birligidir.

O’quvchini u yoki bu kasbga maqsadli yunaltirishdan avval uning shaxsini o’rganish lozim./so’raq, kuzatish,suxbat,tets, intervyu olish yo’llari bilan/ kasb tanlash-jiddiy va ma’suliyatli ishdir.Kasb tanlashda maktabdagi tashkil qilingan ko’pgina krujoklar ham asosiy o’rinni e’gallaydi./fan tugaraqlar,e’lektronika, radiotexnika, avtomabil,traktor,pillachilik, tikuvchilik va b/.Bu tadbirni amalga oshirish uchun maktabda proforientatsiya kengashlari to’zilgan.

Kengashga quyiladigan talablar.

1.O’quvchilarni faolligini, proferentatsiya ishini tashkil e’tishning ilmiy asoslarini e’gallashga intilishni shakllantirish.

2.Maktabdagi kasbga yunaltirish ishini o’quv ishlab chiqarish kombinati bazaviy korxona,madaniy muassasalar, o’quvchilar va yoshlar markazlari bilanmuvofiq lashtirishda proferentatsiya ishlarini rivojlantirish.

3.Kasbga yunaltirish ishlarini nazorat qilish .

Kengash ishlari.

1.Har xil kasb e’galari bilan uchrashuvlar tashkil qilish .

2.Maktabda profirentatsiya kabineti tashkil e’tish,uni jixozlash,rejasini tasdiqlaydi.

3.Kengash majlislarida o’quvchilar brigadasi ishlarini muxokama qilish .

4.Ota-onalar bilan aloqa o’rnatadi.




  1. Kasbga yunaltirish buyicha maslaxatlar uyushtirish.tibbiy ko’rik,ota-onaning,oilaning roli,reklama, burchak tashkil e’tish va boshqalar.


Qo’llanilgan adabiyotlar.

1.MunavvarovA.K. Pedagogika,Toshkent,”O’qituvchi”,1996,157-159,168-172b 

2.Tursunov I,Nishonaliev U. Pedagogika kursi, Darslik, Toshkent,” O’qituvchi”,1997,202-205 b.

3.G’aybo’llaev N va b.Pedagogika, Toshkent, 2000, 80-85b.

4.Baranov S.P. va b. Pedagogika,Toshkent,”O’qituvchi”, 1990,294-300b

5.Savin N.V.Pedagogika,Toshkent,”O’qituvchi”,1975,277-283b.

6.Babanskiy YU.K.va b. Pedagogika.Moskva, 1988,218-224b

7.Otaboev I.T.Nabiev M. Inson va biosfera. Toshkent,”O’qituvchi”,1995, 125-130,201-202 b.


Download 57,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish