Jismoniy tarbiya. Gigienik tarbiya. Sog’lom turmush tarzi va uning tarbiyadagi ahamiyati. O’qituvchilarni kasbga yo’naltirishda vrachlarning tutgan o’rni. Ma’ruza rejasi



Download 57,91 Kb.
bet7/11
Sana01.01.2022
Hajmi57,91 Kb.
#283253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA 2

Takroriylik talablari. 
Bu – mashg’ulotning jarayoniga har hal qiluvchi talablaridan biridir. CHidamlilik, teskorli kuch va boshqa fazilatlar faqat mashqlarni takrorlashdagina rivojlanishi mumkin. Takrorlash sport texnikasini va taktikasini egallashda, irodaviy va boshqa fazolatlarini tarbiyalashda ham zarurdir. Fakat ko’p marta takrorlash sportchi organlari va sistemalarda mustahkam o’zgarishlarga erishishga malaka va bilimlarni mustahkamlashga sport natijalarini oshirishga yordam beradi.

Mashg’ulot ta’sirida organlar va sistemalarda tegishli o’zgarishlar paydo bo’lishi uchun bir – biri bilan reflektor aloqadorlik hosil bo’lishi uchun takror ta’sir etish kerak, degan qoida bor. Takroriylik talablari anashu juda muhim fiziologik qoidalarga asoslangan. Jismoniy mashqlarni takror – takror bajarmasdan mashg’ulotlarni muntazam o’tkarib turmasdan Mashg’ulot natijalarini o’stirish , takomillashtirish va mustahkamlash mumkin emas. Demak bu talabni ayrim mashq, vazifa yoki harakatlarni takror – takror bajarishni mashg’ulotlarni oylar, yillar takrorlashni nazarga tutadi. 

Takrorlanish eng yaxshi natija bersin uchun, ishlash va dam olishni , charchash va tiklanishni bir – biriga mutanosib olib borish kerak. Ayrim mashqlarni takrorlash miqdori va ular o’rtasidagi dam olish oralig’i Engil atletikachilarning tayyorlik darajasi, ularning yoshlari, mashqning turi, tashqi sharoit va shu kabi boshqa omillarga bog’liqdir. Mashqlarni takrorlash miqdori va dam olish oralig’i mavjud tajribaga asoslanib belgilanadi. Ilmiy ma’lumotlar mashg’ulotning pedagogik kuzatishlari natijasida va sportchining sub’ektiv his etishiga qarab, takrorlash muayyan tuzatishlar kiritiladi . Mashq qancha engil bo’lsa , odatda takrorlash miqdori ko’prok va dam olish oralig’i ozroq bo’ladi. Aksincha, mashq qancha qiyin bo’lsa takrorlash shuncha oz va dam olish oralig’i ko’p bo’ladi . Engil atletikachining tayyorlik darajasi ortgan sari takrorlanish miqdori ko’payib , dam olish oralig’i kamayib boradi.

CHarchab qolib, ish qobiliyati kamayib qolgan taqdirda, tezkorlik, kuch, chaqqonlik aniq harakat qilish va yuqori jadallik talab qiladigan uzluksiz bajariladigan mashqlarni davom ettirmagan maqul. Ozroq vaqt ( bir necha minut ) dam olib olsa sportchining kuchi tiklanib u mashqni ikkinchi marta takrorlay oladi, keyin yana dam olib uchinchi marta takrorlashi mumkin va x.z. 

CHidamlilikni tarbiyalashda esa, charchoq boshlansa ham mashqni davom ettirishi shart. Ko’pincha bunday ish yana bir necha marta takrorlanadi, lekin dam olish oralig’i anchagina ko’p (20 – 25min) bo’ladi. Agarda charchoqni oshira boradi. Mashqni takrorlash zaruriyati tug’ilsa, dam olish oralig’i ancha kamayadi( 1 – 3 min) .

Mashqlarni takrorlashning obtimal miqdori va dam olish oralig’ining cho’zilishi o’zgarmas bo’lishi mumkin emas. Ular mashq ko’rganlik darajasi ortishiga, dozani ko’paytirishi yoki kamaytirish ehtiyojiga, gigiena va boshqa sharoitlarga, Mashg’ulot davriga, Engil atletikachining kayfiyatiga va boshqa ko’pgina sabablarga qarab o’zgarib turadi .

Uquv — Mashg’ulot mashg’ulotlarining takrorlanishini to’g’ri belgilab olish fam muhimdir. Bunda eng avval o’tgan mashg’ulotdan keyin kuchni etarli tiklab olgandagina navbatdagi mashg’ulotni boshlashga e’tibor berish kerak. SHuning uchun maksimal kuch keladigan Mashg’ulot mashg’ulotlarini kam kuch keladiganlariga, shuningdek, aktiv dam olishga almashtirib turish kerak. Agarda bir necha kun davomida ko’p kuch keladigan mashg’ulotlar o’tkazilib ularning har qaysisidan keyin ish qobiliyati to’liq tiklanmasa unda hafta Engil atletikachiga 2 – 3 kungacha dam ( jumladan, aktiv dam) berish kerak. O’tgan haftadagi mashg’ulotda kuch kelgandan keyin yangi haftalik sikl boshlanishida sporchi organizimining ish qobiliyati tiklash uchun zarur . SHu maqsadda kuch kelishining har xil haftalik sikllari har almashib turadi ko’p kuch berilgan haftada keyingi haftada engilroq mashg’ulotda qilinadi. Sporchi organizmining ish qobiliyati to’liq tiklangandan keyin, katta kuch keladigan uchinchi hafta boshlanadi. Bu shartlarga rioya qilish faqat mashq qurganlik darajasini oshirish uchun emas, balki sog’liqni mustahkamlash uchun ham xizmat qiladi.

Hozirgi vaqtda Mashg’ulot mashg’ulotlari ko’prok har kuni o’tkaziladi . Bunda Mashg’ulot jadvali o’zgarmaydi, jismoniy mashqlarning optimal ta’siri etishi esa kuch kelishini dozalash hajmi, jadalligi va murakkabligi bilan belgilanadi.

Texnika yoki taktikani egallashda bag’ishlangan mashq va mashg’ulotlarni qancha takrorlash ularni idora etib borishdan ham ko’ra, harakat va faoliyat jadalligi va xarakteriga ko’prok bog’liqdir. Odatda shug’ullanuvchilar maksimal jadallik kerak bo’ladigan mashqlarni o’rganayotganda, mashq qilishga xoxish, qiziqish va e’tibor kamayganidan emas, balki jismoniy tomondan charchaganlaridan mashqni to’xtatib qo’yadilar. Mashqlarni takrorlash miqdori shunday bo’lsinki, unda o’rganayotgan harakat ortiqcha zo’rma – zo’rakiliksiz bemalol bajarilgan bo’lsin. Ozroq charchoq paydo bo’lgudek bo’lsa mashq o’rganishni to’xtatish kerak. Ammo u yoki bu fazilatni rivojlantirishga mo’ljallangan mashqlarni takrorlayversa bo’ladi. 

Mashqni o’rgatishda kuch kelmaydigan, tez – tez o’tkaziladigan mashg’ulotlar maqulroq. O’rgatilayotgan harakatlarni takrorlashda esa kam va o’rtacha zo’r berish kerak . O’rgatilayotgan harakatni boshqara oladigan bo’lgunga qadar eng ko’p zo’r berish tavsiya qilinmaydi. Mashqlarni o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’ladi. Ba’zi mashqlarda harakat texnikasining to’g’ri chiqishi uchun eng ko’p zo’r berish darajasidan ko’ra ancha kuchberish kifoya bersa, boshqa bir xil mashqlarda ( Masalan, sprint starti eng yuqori darajaga yaqinroq zo’r berish kerak bo’ladi. 

Agar bir qism tez tez o’tkazilgan mashg’ulotlardan keyin tanaffuz ( 2 – 4 Mashg’ulot o’rnida) qilinsa , texnika va taktikani bilib olish uchun foyda ko’p bo’ladi. 

Takroriylik mashqlaridan sportchilarning ko’plab musobaqalarda qatnashmog’i zarur ekani kelib chiqadi. Musobaqalarda qayta-qayta qatnashganda sport texnikasi va taktikasi ravonlashadi , jismoniy va irodaviy fazilatlar mustahkamlanadi, jangovar xarakter shakillanadi.




Download 57,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish