Asta sekinlik talablari.
Bu talab mashg’ulotda kuch kelishini asta – sekin, lekin mutassil oshira borishini, mashg’ulotda bajariladigan ishning hajmi va intevsivligini oshira borishni, harakat va vazifani asta – sekin qiyinlashtira borishni nazarda tutadi. Bu talab mashg’ulot ta’sirida organlar va sistemalar uzoq vaqt davomidagina o’zgarish va qayta qurilish yuz berib, ularning funksiyalari yaxshilanadi, degan fiziologik qoidaga asoslanadi. Organ va sistemalarda tuzukroq o’zgarish bo’lishi uchun, bir necha oylar va yillar talab qilinadi. Ayniqsa markaziy nerv sistemasi funksiyasini ehtiyotlik bilan va asta -sekin takomillashtirish kerak .
Mashg’ulotda kuch berishni arifmetik yo’sinda orttirilmaydi, ya’ni bugun bir marta takrorlansa, ertaga ikki marta indiniga uch marta, degandek oshib ketavermaydi. Kuch berish Engil atletikachining shu bugungi kayfiyatiga va mashg’ulot sharoitiga qarab o’zgaraveradi: Mashg’ulot samaraliroq bo’lishi uchun, uning dozasini kamaytirish yoki ko’paytirish, shuningdek, uni butunlay boshqa xarakterda o’tkazish kerak bo’lib qolishi mumkin. SHunday qilib,asta – sekinlik bir yo’sinda o’zgarib borish bilan bo’lmaydi.
Lekin mashg’ulotni umuman nihoyatda asta – sekin va muttasil oshira borish ( asosan intevsivlikni va davom etish vaqtini oshirish hisobiga ) saqlanib qolishi kerak.
Amalda sport mashg’ulotida kuch berish ko’pincha norvonsimon bo’ladi, ya’ni bir haftalik mashg’ulot siklidan ikkinchi hafta sikliga o’tishda oshiriladi. Bu–har qaysi keyingi siklda kuch kelish bir muncha orttiqroq demakdir. Ba’zan esa organizmning to’la tiklash uchun kamroq kuch beriladigan sikllar zarur bo’ladi. SHunday qilib, mashg’ulotda kuch berishning narvonsimon orta borishi to’lqinsimon ham bo’lishi kerak. mashg’ulotda kuch berishni shunday oshira borish kerakki, mashg’ulot kunlari oraligida sportchi o’z kuch imkoniyatlarini to’la tiklab oladigan bo’lsin. Bu asosan tayyorlov davrida va musobaqa bo’ladigan kunga bevosita yaqin qolgan kunlarga taluqlidir.
Asta – sekinlik talablari engil atletikachining istalgan turida qanday metodiga bulishini xam aniqlab beradi. Bu metodika ko’prok pedagokigada “Oddiydan murakkabga”,” engildan qiyinga”, ”ma’lumdan – noma’lumga” qoidalariga asoslangan bo’ladi. “Oddiydan murakkabga” qoidasi mashqlarni asta–sekin murakkablashtira borishni ”Engildan qiyinga” qoidasi esa o’rgatish vaqtida jismoniy kuch kelishni asta – sekin oshira borishni ko’rsatadi. O’rgatish vaqtida bu qoidalar bir – biri bilan uyg’unlashib tadbiq o’tilishi tabiydir. Lekin o’rgatish boshlarida hatto,osongina mashqlari bajarish vaqtida anchagina jismoniy va psixik qiyinchiliklar chiqib qolishi mumkin.
“Malumdan nomalumga” qoidasi yoki jismoniy mashqlarni o’rganishda “O’zlashtirgandan o’zlashtirilmaganga” qoidasi oldin bilib olingan harakat malakasining yangi mashqni o’rgatishga tadbiq qilishda ko’prok seziladi bu qoida odatda o’rgatish metodikasi ket-maketlik bo’lishini aniqlab beradi.
Tayyorlanish mashg’ulotlarining ham, har qaysi mashg’ulotning ham kuch kelishi va murakkabligi bir tekisda ravon boradi. Haftalik, oylik, yillik va ko’p yillik mashg’ulot planlaridagi, Mashg’ulot prosesi xuddi manashu talab asosida ko’riladi.
Asta – sekinlik sportchining kuchi va imkoniyatiga muvofiq bo’lishi, mashq kuragnlik darajasi va sport natijalari uzluksiz o’sib borishini taminlamog’i zarur. Asta–sekinlik shunday bo’lsinki. Unda 12 – 14 yoshida mashq boshlagan bolalar o’rta hisobga bir razryad ildamlab, 9–10 yilda xalqaro toifadagi sport masteri darajasiga etsin. Ulg’ayibroq qolgan yoshlar boshlovchilikdan sport masteriga etishi uchun o’rta hisobga 5–6 yil kerak bo’ladi Engil atletikaning turiga va shug’ullanuvchining shaxsiy xususiyatiga qarab tayyorgarlik vaqti bir qancha o’zgarishi mumkin. Asta– sekinlikka e’tiborsizlik bilan qarash, mashq qurganlik darajasini tezroq ko’tarishga intilish (Mashg’ulotni jadallashtirish ) hech qachon chinakkam mahorat keltira olmaydi va sog’likka zararli bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |