Darsning maqsadi
1.Estafetali yugurish texnikasini o’rgatish
2.O’quvchilarni chaqqonlik egiluvchanlik sifatlarini oshirish .
3.O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash .
Jihozlar sekundomer estafeta tayoqchasi
Darsning o’tish joyi sport maydoni yugurish yo’lagi
Dars qismlari
|
Mashg’ulotlarning qisqacha mazmuni.
|
Vaqt va me’er.
|
Darsning uslubiy va tashkiliy ko’rsatmalari
|
Darsning tayerlov qismi (20-25 minut)
|
Saflanish, salomlashish, uyga berilgan vasifani so’rash. YAngi mavzu bilan tanishish. Turgan joyda burilishlar (o’nga, chapga, ortga) to’g’riga yurish, sekin yugurish, harakatda mavzuga mos maxsus mashqlar bajarish. Har tezlikda yugurishlar, asta–sekin yurishga o’tib nafasni rostlash uchun engil mashqlar bajarish. Bir kalonnadan to’rt kallonaga saflanish. URM bajarish. Dars mavzusiga qarab maxsus mashqlar bajarish
|
4– 6 marta bajaramiz
|
Mashqlarni to’g’ri bajarilishiga e’tiborni qaratamiz
|
Darsning asosiy qismi (45-50 minut)
|
Estafetali yugurish texnikasini
talabalarga o’rgatish estafeta tayoqchasini sherigiga uzatish
usullarini o’rgatish .
Yo’lak bo’ylab yugurushni o’rgatish
Finishni kesib o’tishni o’rgatish
Quyidagilarni barchasini amalda ko’rsatib berish va bajartirish.
|
|
Estafetali
yugurishdan oldin xavfsizlik choralari ko’rilib, yugurish yo’lagi tayyor holatga keltiriladi.
|
YAkuniy qism (5-10minut)
|
Bir kalonnaga saflanish nafasni rostlash va organizmni dastlabki holatga keltirish uchun harakatda engil mashqlar bajarish. Safni to’xtatib o’quvchilarni baholash. Uyga vazifa berish. Xayrlashish.
|
|
|
_____________________________________________________________________________
Sport mashg’uloti pedagogik talablar asosida tuziladi .
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning maxsus xususiyatlari bo’lgani uchun ( nerv va jismoniy kuchning zo’r bo’lishi ,sportchi organizmda funksional imkoniyatlarni oshirish kerakli kabilar), pedagogika talablari sport mashqlari prosessiga moslanib rivojlana bordi. Bundan tashqari , jismoniy tarbiya prossesining , shu jumladan sport mashquloti prosessining xususiyatlarini aks ettiradigan talablar ham paydo bo’ldi. Sport mashg’ulotida quyidagi asosiy talablar tashkil topadi: Har tomonlamalik talablari, onglilik talablari, asta- sekinlik talablari, takroriylik talablari, ko’rgazmalilik talablari, individuallik talablari.
1. Har tomonlamalik talablari .
Sportchilarni har tomonlama rivojlantirish talablarini birinchi bo’lib ittifoq olimlari oldinga surishdi. Uning mazmunini M.K. Kalilin juda yaxshi belgilab bergan edi: « Biz odamni har tomonlama kamol toptirishni, uning yaxshi chopa olishini, suza olishini, tez va chiroyli yura olishini uning barcha organlari sog’lom bo’lishini, - xullas, uning normal, sog’lom odam bo’lishini mehnatga va mudofaaga tayyor odam bo’lishini, uning barcha jismoniy sifatlarini o’sib borishi bilan birga, aqliy sifatlari ham o’sib borishini istaymiz. »
Engil atletika har tomonlama rivojlangan bo’lishi - yuqori daraja axloqiy va madaniy saviyali bo’lishi, jihatdan irodali bo’lishi, muskullari va harakat fazilatlarining mutannosib taraqqiy topgan bo’lishi, yurak- qon tomiri, nafas olish va boshqa sistema va organlar ish qobiliyatining a’lo darajada bo’lishi, harakatlarini xilma - xil boshqara olish, umuman jismoniy kamolotga etish demakdir.
Engil atletikadagi iqtisoslashni bir tomonlama tushunish, masalan , sprintda mashq qilish faqat qisqa masofaga yugurishdan iborat deb bilish yaramaydi. Bu maqsadga erishish uchun turli tuman jismoniy mashqlar qilish lozim.
Har tomonlama rivojlanish darajasini oshirish – tanlab olingan Engil atletika turida maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik mahoratga erishish uchun pishiqroq mashq qilishi asosiy shartdir.
Har tomonlamalik talablari yosh Engil atletikachilarning tarbiyalashda ayniqsa muhim ahamiyati bor. YOshlikda har tomonlama jismoniy rivojlanish – katta bo’lganda sog’lom va ishga yaroqli bolishi zaminidir.
Har tomonlamalik talablari, Engil atletikachining butun organizimida ijobiy ta’sir ko’rsatish uchun, xilma - xil usullar ishlatishini va turli – tuman jismoniy mashqlar qilishni talab etadi. SHundagina sportchi jismoniy kamolotga eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |