383-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari Qatʼiy belgilangan miqdorlarda soliqni toʻlovchi jismoniy shaxslar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi
T/r
Faoliyat turi
Bir oylik soliq stavkalari (soʻmda)
Toshkent shahri
Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar
3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
225 000
Soliq toʻlovchi tegishli sotilgan mahsulot mahalliy davlat hoki- miyati organi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi, bogʻdor- chilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan, soliq toʻlovchi tomonidan unga yoxud uning oila aʻzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etganda soliq solishdan ozod qilinadi.
Jismoniy shaxs:
bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullansa, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliq toʻlaydi;
tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʻlumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, soliqni roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda toʻlaydi.
I yoki II guruh nogironi boʻlsa, faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qatʻi nazar, qatʻiy belgilangan soliqni oyiga eng kam ish haqining 50 foiz stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Soliq toʻlovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qatʻi nazar, qatʻiy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq toʻlovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
Faoliyatning bir necha turi bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar qatʻiy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar boʻyicha alohida- alohida toʻlaydilar. Qatʻiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qatʻiy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 10-kunidan kechiktirmay har oyda, soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qatʻiy belgilangan soliq stavkalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qatʻiy belgilangan soliq eng yuqori stavka boʻyicha toʻlanadi. Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qatʻiy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlaydi. Kasb- hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin oʻn ikki oy
ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan eʻtiboran qatʻiy belgilangan soliqni toʻlashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtilgan paytdan boshlab oʻn ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan koʻp oyga toʻxtatilgan taqdirda, qatʻiy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun toʻlanadi.