OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUSTALIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUGʻURTA” kafedrasi
“JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlardan qatʻiy soliq undirish tartibi
Bajardi:
.
Tekshirdi:
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
«____» _______2022 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
«____» _______2022-y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2022-y.
Baho «_____» _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya aʻzolari:
__________________
__________________
__________________
|
Toshkent – 2022
REJA
Kirish
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tamonidan toʻlanadigan soliqlar va ularning mohiyati
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga belgilangan faoliyat turlari.
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarlarga berilgan imtiyozlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
KIRISH
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy toʻlovlar davlat hazinasining asosiy daromad manbasi hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar soliq toʻlovchi yuridik va jismoniy shaxslardan soliq qonunchiligiga koʻra belgilangan tartibda undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bosh qomusi – mamlakat konstitutsiyasida ham fuqarolarning burch va majburiyatlaridan biri sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashning majburiyligi belgilab qoʻyilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarish uchun esa har bir fuqaro soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga doir yetarli darajada bilim, koʻnikma va malakaga ega boʻlishlari lozim boʻladi. Shuning uchun ham oliy taʻlim muassasalarining iqtisodiy yoʻnalishda tahsil olayotgan talabalari bilan bir qatorda noiqtisodiy yoʻnalishda tahsil olayotgan talabalari ham soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga doir nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni egallashlari lozim boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 31-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar:
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish boʻyicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlar faoliyatining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni hamda boshqa qonun va qonun osti meʻyoriy hujjatlari asosida tartibga solinadi. Bu qonun fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatli sharoitlar yaratish, ularning ishchanlik faolligini oshirish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subʻektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni koʻzda tutadi
Do'stlaringiz bilan baham: |