Bog'liq курс иши Yakka tartibdagi tadbirkorlardan qat’iy soliq undirish
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tamonidan toʻlanadigan soliqlar va ularning mohiyati Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 56-modda. Soliqtoʻlovchiningshaxsiykabineti
Yakka tartibdagi tadbirkorsifatidahisobgaturganjismoniyshaxsoʻzsoliqtoʻlovchiningshaxsiy kabinetidanyakkatartibdagitadbirkorsifatidagioʻzhuquqlarivamajburiyatlarinielectrontarzdaamalgaoshirishuchunfoydalanishimumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor – tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, xodimlarni yollash huquqisiz, oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
Yakka tadbirkorlik foliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni undirish mexanizmi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining har yili qabul qilinadigan “Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti prognozi toʻgʻrisida” gi qarorlariga muvofiq belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor jismoniy shaxslar yangi Soliq Kodeksining moddalarga asosan qatʻiy belgilangan soliqni toʻlovchilari xisoblanadilar
Yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkor jismoniy shaxslarning daromadlari quyidagi usullarda soliqqa tortiladi:
1) Yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan qatʻiy belgilangan soliq.
2) Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʻiy soliq.
Qatʻiy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik koʻrsatkichsoliq solinadigan obʻektdir.
Soliq solinadigan baza fizik koʻrsatkichlarning sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qatʻiy belgilangan soliq summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq davri – bir oy.
Qatʻiy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
– yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq toʻlovchilar tomonidan – davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʻtiboran oʻn kundan kechiktirmay;
– faoliyat yuritayotgan soliq toʻlovchilar tomonidan – hisobot yilining
15-yanvarigacha taqdim etiladi.
– Soliq solish obʻekti va ish haqining eng kam miqdori oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi toʻlovni toʻlash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida qatʻiy belgilangan soliq toʻlash bilan bir qatorda quyidagilarni toʻlaydilar:
1) bojxona toʻlovlari;
2) yer qaʻridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar;
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;
4) aktsiz soligʻi – aktsiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;
5) budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;
6) davlat boji;
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega boʻlsalar, Soliq kodeksning 48, 50-boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishlari shart.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
– savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, – yilning har bir choragi yakunlari boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
– tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – har oyning yakunlari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning subyekti kim boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Qonuniga muvofiq balogʻat yoshiga etgan har bir fuqaro oʻz mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida oʻz ixtiyor etgan Qonunga zid boʻlmagan faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi taʻrifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan boʻlib, u mazmunan boy, xilma xil koʻrinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish boʻlmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning
3 guruhini alohida koʻrsatish mumkin:
yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkor- likning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugʻullanadi.
tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar.
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sogʻliqni saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
Shugʻullanayotgan soha boʻyicha ilm, bilimga egaligi.
Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish buyicha tashabbuskorlik qobiliyati.
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.
Qonunlarga itoatkorligi.
Innovatsiyachilikning faolligi.
Maqsad sari intiluvchanlik.
Tashkilotchilik.
Tejamkor boʻlishi.
Oʻz soʻzining ustidan chiqish.
Ruxiy poklik va xalolligi.
11. Oʻzjamoasiuchunkurashuvchanlik
Qatʻiy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq toʻlovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
Faoliyatning bir necha turi bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar qatʻiy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar boʻyicha alohida-alohida toʻlaydilar.
Qatʻiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qatʻiy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning
25-kuniga qadar har oyda, soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qatʻiy belgilangan soliq stavkalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qatʻiy belgilangan soliq eng yuqori stavka boʻyicha toʻlanadi.