O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
o’quv ishlari bo’yicha prorektor
________dots .S.Xodjaniyozov
“____”_____________2020 yil
“Korrupsiyaga qarshi kurashishning
ma’naviy, ma’rifiy va huquqiy asoslari”
fani bo’yicha
O’QUV- USLUBI MAJMUA
Umumiy soat-60 soat
Shu jumladan
Ma’ruza-10 soat (7 sеmestr)
Seminar-20 soat (7 sеmestr)
Mustaqil ta’lim-30 soat (7 sеmestr)
Tuzuvchi: Hajiyev Ulug’bek Qo’ziboyevich
Urganch 2020
1 mavzu Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari
va ijtimoiy xavfliligi
REJA
1. Korrupsiya tushunchaci, mazmun mohiyati
2. Korrupsiyaning ijtimoiyiqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari
3. Korrupsiyaning ko‘rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga tahdidi
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. YUridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”.
Korrupsiyaning umumiy tushunchasi esa mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida qonunlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan mansab faoliyatidan foydalanishdir"Bugunga kelib dunyo mamlakatlarida korrupsiyaning miqyosi va darajasi oshayotgani kuzatilmoqda. Masalan, Daniya, Finlyandiya, Sin gapur, YAngi Zelandiyada korrupsiyaning ko‘lami past darajada bo‘lsa, Somali, Sudan kabi davlatlarda esa korrupsiyaning miqyosi va dara jasi keskin oshgan. Bunday o‘sish dunyo davlatlari korrupsiyaga qarshi kurash uchun milliy va xalqaro darajalarda ko‘plab huquqiy hujjat lar qabul qilgan hamda ko‘p sonli ijro idoralariga ega bo‘lgan hozir gi sharoitda yuz berayotganligi hammani tashvishga solayotganligi sir emas.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy va xalqaro miqyosdagi maxsus tuzilmalar va vakolatli organlarda ishlayotgan shaxslar soni milliondan oshib ketgan, ularning faoliyati davlat byudjetiga og‘ir yuk bo‘lib tushayotgan bir paytda korrupsiya balosi hamon o‘sib bora yotgani uning ildizlari, sabab va shartsharoitlarini tadqiq etish va o‘rganishni kun tartibiga qo‘ydi.
Muammoning butun dunyoda dolzarbligini anglash korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro tizimi yaratilishiga turtki berdi. Ushbu sohada xalqarohuquqiy mexanizmning shakllanishi korrupsiyaga qar shi kurashning aniq muammolari bo‘yicha aktlardan, davlat va jamiyat hayotining ayrim sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy vosita va vazifalaridan tortib to BMTning Korrupsiyaga qarshi ku rash bo‘yicha universal konvensiyasigacha (2003 yil 31 oktyabr) bir qan cha bosqichlarni bosib o‘tdi.
2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunining qabul qilinganligi kor rupsiyaga qarshi kurash O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati va davlat organlari faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanishini oydinlashtirib berdi. Mazkur qonunning qabul qilingan ligi odamlarning hayotiga, peshona teri bilan topgan molmulkiga chang solayotgan imonsiz kishilarga qarshi murosasiz bo‘lish muhitini yaratishning tamal toshini qo‘ydi. Endi Prezidentimizning siyosiy irodasi bois mustaqillik yillarida ilk bor ushbu qonunning qabul qilinishi xalqimizdan irodasiga tayanib yovuz kuch – korrupsiyaga qar shi ayovsiz kurashishni talab qiladi. Endi ko‘chalarimizda jinoyatchi lar emas, halol odamlar xo‘jayin bo‘lishining vaqti keldi.
Darhaqiqat, hozirgi vaqtda ijtimoiy og‘ishlar cho‘qqisida bo‘l gan korrupsiya nafaqat huquqshunos olimlarning, balki turdosh sohalar – falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisodiyot, psixo logiya sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi olimlarning ham e’tiborini borgan sari ko‘proq tortmoqda va tadqiqot ob’ektiga aylanmoqda.
Korrupsiya jinoyatchilikning eng xavfli shakli bo‘lib, alohida belgilariga egadir. Bir tomondan, u tizimli hodisa bo‘lib, uyushgan, g‘ayriijtimoiy hamda iqtisodiy jinoyatchilikning tarkibiy qismi hisoblanadi va ular bilan chambarchas bog‘liq. Boshqa tomondan, u ji noiy javobgarlik nazarda tutilgan aniq jinoyatlar majmui hisobla nadi.
Itsxak Kalderon Adizes (Kaliforniyadagi Adizes Institute asos chisi, yuzlab kompaniyalar, jumladan, Bank of America, CocaCola, IBM va boshqalarning biznesmaslahatchisi, SHvetsiya, Braziliya, Isroil, Meksika hukumatlarining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi) korrupsiyaga qarshi kurashish, demokratiya, bugungi jamiyatdagi tafo vutlar haqida so‘z yuritib, «Nima uchun korrupsiya hodisasi keng tarqal gan va unga qarshi qanday kurashilmasin, muhim ahamiyat kasb etadi?», degan savolga: «YAhudiylarda bir maqol bor: devordagi tuynuk o‘g‘rini jalb etadi. Hozirda dunyo izchil o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda – iqtisodiyot, odamlar hayoti, texnologiyalar juda tez o‘zgarmoqda. Ana shu o‘zgarishlar bois mamlakatda boshqaruv izdan chiqmoqda va devordagi tuynuklar ko‘payib bormoqda. Davlat tizimi ishlamaydigan joyda korrupsiya aylanma yo‘llarni topishga yordam beradi. SHuning uchun unga qarshi qat’iy jazolar, masalan, Xitoydagi kabi qatl qili shlar bilan kurashib bo‘lmaydi. Agarda korrupsiyaga barham berilsa, hamma narsa ishlashdan to‘xtaydi. Gap shundaki, korrupsiya – byurokra tiyaning teskari tomoni: masalan, o‘sha Meksikada olma hosilini te rib olish kerak, davlat hosilni terib olishni nazorat qiluvchi 88 ta qoidani o‘rnatgan. Bunday sharoitda ishlash uchun odamlar istasaistamasa qonunni buzishlariga to‘g‘ri keladi. SHu bois, Meksika preziden tiga biznesning barcha sohalarida tartibga solishni soddalashtirish, uni yanada tushunarli va shaffof qilishni maslahat berdim», deb javob berganligini qayd etadi.
O‘zgarayotgan O‘zbekiston barcha sohalarda ochiqlik, shaffof va halol munosabatlar yo‘lini tanladi. YAngilanayotgan O‘zbekiston haqida so‘z yuritar ekan, Anqara strategik tadqiqotlar markazi («AnkaSAM») direktori Mexmet Seyfitdin Erolning qayd etishi cha, O‘zbekiston endilikda zaif bir mamlakat emas, balki zamonaviy voqeliklarga bosiqlik bilan yondashadigan, o‘z imkoniyat va kamchili klarini xolis baholay oladigan hamda ustuvor yo‘nalishlari va stra tegik maqsadlarini mustaqil belgilashga qodir bo‘lgan etuk davlatga aylandi. Bu yangi O‘zbekistondir1.
Xalqimiz mamlakatimizga xos xususiyatlarni inobatga olgan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Ha rakatlar strategiyasidek milliy dasturni hayotga bahamjihat joriy etgan holda, ishonch bilan oldinga intilmoqda. O‘tkinchi qiyinchilik larga tik qarashdan cho‘chimasdan, birinchi yo‘l ochuvchilarga xos da dillikni namoyon etdi, islohotlar va taraqqiyot, mamlakatni moder nizatsiya qilish jarayonida tarixiy yutuqlarga erishilmoqda, uzoq vaqt mobaynida echilmasdan kelgan ko‘plab vazifalar hal etilmoqda, o‘tmishda biz istagan, lekin uddasidan chiqolmagan bir talay ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida biz jamiyat va davlat boshqa ruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir choratadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisob dorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi ni oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyati kuchaytirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kura shish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Muhimi, davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmat dan tashqari faoliyatdagi odobaxloqining yagona prinsiplari va qoi dalarini belgilovchi odobaxloq qoidalarini samarali amalga oshirishga e’tibor qaratilmoqda. Bunda davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg‘arazlik, adolatli lik va xolislik prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish tizimini joriy etish ustuvor vazifa etib bel gilandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yuritilayotgan davlat siyosatining asl mohiyati va pirovard maqsadi – xalqimizning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlaridan doimo xabardor bo‘lib, uning mod diy farovonligini oshirish, munosib turmush darajasi va sifatini ta’minlash, tinch hayotini himoya qilishdir.
Eng muhimi – xalqimiz o‘z hayotidan va davlatdan rozi bo‘lib yasha shini ta’minlash bugun barchamizning bosh vazifamizdir1.
Davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlanti rish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsa dida, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada ri vojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi2 doirasida davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, murojaatlarning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxs larning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida chora lar ko‘rilishi ustidan nazoratni ta’minlash borasidagi ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev bu masalaning o‘ta dolzarb ligini inobatga olib, «ichki ishlar organlari xodimlari lavo zimiga nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar, kadrlarni tanlov asosida ishga olish jarayonlari, ichki ishlar organlari xo dimlari faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonla rini nazarda tutadigan ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi ishlab chiqilishini, shuning dek, ichki ishlar organlari xodimlari xulqatvorining yangilangan qoidalari, xodimlarni tarbiyalash va xizmat vazifasining lozim darajada bajarilishini ta’minlash choralarini nazarda tutadigan ichki ishlar organlarining intizom ustavi ham ishlab chiqilishi zarur»1ligini vazifa etib belgilaganliklari bu masalaning o‘ta dolzarbligini bildiradi.
CHunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi 3528sonli qarorida ichki ishlar organlarining fao liyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda qudratli kuch – har bir xodimning chuqur bilim va ma’naviyat sohibi bo‘lishi shartligi uqtirilmoqda. Gap shundaki, davlat tuzilmasida sharaf degan muqaddas nomga munosib bo‘lish, pro fessional tuzilmada eskicha qolipda ishlashdan voz kechishni, yangicha fikrlash va yangicha ishlashni amalda ko‘rsatishni talab etadi hamda
«Xalq manfaatlariga xizmat qilish» ezgu maqsadga, ustuvor vazi faga aylanishida har bir xodim o‘z faoliyatini isloh etishi darkor. Jamiyatimizda «Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar»ligi prinsipini qaror toptirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mas’uliyatini oshirish davr talabi ekanligi o‘z aksini topganligi bejiz emas. CHunki, salus populi – suprema lex (lotincha – xalq farovonligi – oliy qonun) davlat organlari xodimlarini xalq manfaatlariga bo‘ysunib, xalq farovonligi uchun xizmat qilishga buyuradi.
“YUridik atamalar qomusiy lug‘ati”da korrupsiya tushunchasiga “davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”, deb ta’rif berilgan.
YAna boshqa adabiyotlarda e’tirof etilishicha, korrupsiya atamasi “siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat bo‘lib, mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishidan iborat”, deb tavsiflangan.
Tilimizda faol ishlatiladigan so‘zlar qatoriga keyingi paytlarda "korrupsiya" so‘zi ham qo‘shildi. U nimani anglatadi?
"Etimiologik nuqtai nazardan qaraganda korrupsiya so‘zi lotincha bo‘lib, o‘zbek tilida "pora olish", "sotilish" ma’nosini bildiradi.
Korrupsiyaning umumiy tushunchasi esa mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida qonunlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan mansab faoliyatidan foydalanishdir"2.
Ko‘rinib turibdiki "Korrupsiya", "Poraxo‘rlik" doirasidan tashqariga chiqadi.
Fikrimizcha: Korrupsiya birorbir mansabga erishish uchun, hamda, o‘z mansabidan foydalanib tekin daromad topish maqsadida, davlat taqiqlagan va insoniy burchlar taqiqlagan, turlihil usullardan foydalanish demakdir. Bunga o‘z manfaatida foydalanish uchun, barcha noqonuniy harakatlar mujassamlashadi.
Masalan: BMT. kotibiyati tomonidan turli mamlakatlar tajribasi asosida tayyorlangan yo‘riqnomada quyidagilar korrupsiyaga talluqli ekanligini ko‘rsatadi:
«1) mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talontaroj qilish;
2) rasmiy maqomdan norasmiy foydalanish natijasida shaxsiy foyda ko‘rish uchun o‘z hizmat vazifasini su’iste’mol qilish;
3) ijtimoiy burch bilan shaxsiy foyda o‘rtasidagi manfaatlarning nizosi»3.
YUqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, korrupsiyadavlat funksiyasini bajarish topshirilgan xizmatchilarning o‘z xizmat mavqei va egallab turgan mansabini su’iste’mol qilish obrusidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida yoki bir guruh shaxslarning manfaatlari yo‘lida g‘araz maqsadlarda foydalanishdan iborat bo‘lgan, xokimiyatga putr etkazishda ifodalangan ijtimoiy havfli xodisadir.
Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya birbiri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan xodisadir. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan uyushgan jinoyatchilikning uchinchi ko‘rinishi korrupsiyadir.
YAkka jinoyatchilikka qaraganda, uyushgan jinoyatchilikda o‘z faoliyatini yashirish qiyinroq kechadi. Aytish mumkinki, uyushgan jinoyatchilik o‘z faoliyatini yashirmaydi, ammo, korrupsiya yordamida hukumatni doirasini qurshab olishga harakat qiladi.
CHunki uyushgan jinoyatchilik o‘z faoliyatini kengaytirish uchun davlat sektoridagi rahbarlarni (kichik mansabdorlardan to yuqori mansabdagilar) pora berish yo‘li bilan o‘zlariga og‘dirib, yuqori daromad olish uchun sharoit yaratadilar. Bu yo‘lda ikki tomon ham yuqori darajada daromad oladi. Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikning ajralmas holatdagi bog‘liqligi ham shunda.
YUqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, poraxo‘rlik yani korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi haqida 1996yil sentyabrda Karlusrueda bo‘lib o‘tgan huquqshunoslar kuni bayramida ham gapirilib, ko‘pchilik ovoz bilan uyushgan jinoyatchilik o‘rtasida yaqqol bog‘lanish borligi ko‘rsatib o‘tilgan. Unda shunday deyilgan:
"Poraxo‘rlik uyushgan jinoyatchilik o‘sib chiqadigan bo‘liq bo‘z er hisoblanadi. Poraxo‘rlik kasofatidan jamiyat uyushgan jinoyatchilikka beriluvchan bo‘lib qoladi. Poraxo‘r amaldorlar davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos bir ko‘prik rolini o‘ynaydilarkim, bu ko‘prik ustidan uyushgan jinoyatchilar jamiyat ichiga kirib boradilar. Uyushgan jinoyatchilikning eng xavfli shakli poraxo‘rlik yordamida siyosatning uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘lanib qolishidir".
Kriminalist olimlarning fikricha korrupsiyaning uchta asosiy shakli bo‘lib, bular:
1) Siyosiy korrupsiya.
2) Mansabdor shaxslarni sotib olish.
3) Uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiya.
Bularning eng xavflisi siyosiy korrupsiyadir. Bunda davlat organlarida ma’sul mansablarni egallab turgan shaxslar qarindoshurug‘chilik (proteksionizm) tufayli qonunga qarshi ish tutadi.
Korrupsiyaning ikkinchi shakli esa kriminal faoliyatga asoslangan. Mansabdor shaxs muayyan haq evaziga sotilib g‘ayriqonuniy xizmatlarni qiladi.
Korrupsiyaning uchinchi shakli tegishli turkumdagi mansabdor shaxslarni alohida qulay sharoit yaratish uchun muayyan maqsadga yo‘naltirilgan jinoiy faoliyatga jalb qilishdan iboratdir". YUqorida ko‘rsatilgan korrupsiyaning uch ko‘rinishi ham uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liqdir. CHunki mansabini suiiste’mol qilgan harqanday shaxs, o‘z aybini yopish uchun, harqanday jinoyatchilikka tayyor turadilar.
«Professional jinoyatchilikda, uyushgan jinoyatchilik xavfli tur hisoblanadi. U jinoiy elementlarni, rag‘batlantiradi, biriktiradi va nazorat qiladi, shuningdek jinoiy ishlarni tez suratlarda bajarishga majburlaydi.
Kriminologiyada uyushgan jinoyatchilikning 3 xil ko‘rinishi ajralib turadi.
1 ko‘rinish jinoiy guruh a’zolarining birlashuvi va doimiy tarzda jinoyat qilishga va shu borada qattiq intizom va jinoiy olamning an’analariga rioya qilishga undaydi. Uyushgan jinoyatchilik uch xil darajada bo‘ladi. 1oddiy, 2o‘rta, 3yuqori. Oddiy darajasi shunisi bilan xarakterliki ular organ xodimlari va idoralar bilan ish olib bormaydi. O‘rta va yuqori yo‘nalishlar birbiri bilan bog‘liq. Ularning xarakterlisi shundan iboratkim boshliq bilan bajaruvchi orasida masofa saqlanadi, bor bo‘lgan bo‘limlarda har xil yo‘nalishda ish olib boradi. Mansabdor shaxslar, organ xodimlari va idoralar bilan aloqada bo‘ladi. YUqori daraja barcha jinoiy guruxlarni biriktiradi, ularning harakatlarini kuzatadi va nazorat qiladi.
2 ko‘rinish "Xufyona" iqtisodiyotdir. Xufyona" iqtisodiyotning maqsadi doimiy ravishda qonunni buzishboylik orttirish, noqonuniy yo‘llar bilan kelayotgan kapitallarni yig‘ish va pullarni jinoiy yo‘llar bilan O‘zlashtirishdan iboratdir.
Uyushgan jinoyatchilikning 3ko‘rinishi – korrupsiyadir. Mansabdor shaxslar o‘z shaxsiy manfaatini, va guruhlar manfaatini su’ist’emol qilish, foyda uchun o‘zi egallab turgan lavozimi orqasidan, davlat xizmatlaridan foydalanib daromad ortirishdir».
"Uyushgan jinoyatchilik ongli, sistemali va intizomli, takroriy faoliyat ko‘rsatuvchi bir to‘da kishilar"dir. M.V.D Moskva institutining kafedra mudiri. Iqtisod fanlari nomzodi. A.V. Nesterovning fikricha "Jinoyatchilik, ya’ni jinoyat sodir etish kishilik jamiyatida mavjud bo‘ladigan, O‘zining qonuniyatlariga, sifat va miqdor darajalariga ega bo‘lgan, jamiyat va odamlar uchun ma’lum salbiy oqibatlar keltirib chiqaradigan, shu sababli uning ustidan davlat va jamiyatning maxsus nazorati o‘rnatilishi taqazo etiladigan salbiy ijtimoiy huquqiy hodisadir" deydi.
1.2. Korrupsiya paydo bo‘lishining ijtimoiy iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari.
Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og‘iri adolatsizlik hisoblanadi, deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog‘liq.
2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida yirik xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda dunyoning 100 dan ortiq davlat vakillari tomonidan BMTning 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash Konvensiyasi” imzolandi. Hozirgi kunda 9 dekabr BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” sifatida e’lon qilingan. Konvensiyaga 173ta davlat a’zo bo‘lib, mamalakatimiz ushbu hujjatga 2008 yil 7 iyulda qo‘shilgan. SHuningdek mamlakatimiz 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakat Dasturiga qo‘shilgan.
Bugungi kunda BMT oldida ko‘plab global muammolar turibdi:
-termoyader urush xavfi;
-atrof muhitning ifloslanishi;
-terrorizm;
-narkotrafik;
-ocharchilik, savodsizlik va boshqalar. SHular qatorida korrupsiya muammosining borligi achinarli xoldir.
Korrupsiya iqtisodiyotni tanazzulga etaklab, davlat boshqaruvini izdan chiqfaradi. Fuqarolarda davlat boshqaruviga nisbatan ishonchsizlikni uyg‘otib, halol yo‘l bilan maqsadga erishish kabi orzu- xavaslarini yo‘qqa chiqaradi. Korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ichidan emiradi. SHu bois bu illatga er yuzida barcha davlatlar o‘z hududidagi xolat va sharoitdan kelib chiqib turli usullarda kurash olib boradilar.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda.
Mamlkatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktyabr oyidan boshlandi. SHu yilning 14 oktyabrida O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi va 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish ko‘zda tutildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 fevralda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiya tuzildi.
Qonunchilik asosida “2017-2018 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturi” tasdiqlandi, unda qo‘yilgan aksariyat vazifalar amalga oshirildi.
2018 yil 9 aprelda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonunning 12 moddasi “Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi” deb nomlanib mazkur qonun bilan bu sohada davlat xizmati ko‘rsatishning shaffof tizimi shakllantirildi.
2018 yil 7 dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan tantanali marosimda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev kuyidagi so‘zlarni aytib o‘tdi : “Korrupsiyaga qarshi kurashish huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, halqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashishini tashkil eta olmaymiz. Har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki Dasturlari bo‘lishi shart.”
2019 yil 9 yanvarda “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618 sonli Farmon qabul qilindi. Mazkur Farmonning 10 bandida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
2019 yil 1 martga qadar yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va davlat ravnaqi uchun o‘ta salbiy illat ekanligini targ‘ib qilishga qaratilgan o‘quv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish vazifasi yuklangan.
Prezidentimiz 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni mamalkatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Mazkur farmon bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilinib Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Ushbu Farmon 2017-20121 yillarda O‘zbekison Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va uning asosida qabul qilinayotgan har yilgi dasturlarning ijrosini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
2019 yilgi davlat dasturida “Mamlakatni 2030 yilga qadar ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasi”, “Iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasi”, “Raqamli O‘zbekiston- 2030 milliy strategiyasi” kabi hujjatlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu chora tadbirlarning xayotga o‘z vaqtida va samarali tatbiq etilishi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga barham berish bilan bevosita bohliqdir.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari miqdorida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh kotibining bildirishicha, “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan maxrum qiladi, investorlarni vahimaga soladi, tabiiy resurslar talon taroj bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |