4 mavzu O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar va ularning vazifalari
Reja
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya organlari va muassasalari xodimlarining kasb etikasi Qoidalari. Adliya organlari xodimlarining kasbiy burchlari. Adliya organlari xodimlariga qo‘yiladigan talablar.
2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida korrupsiyaning oldini olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulqatvorni shakllantirish o‘quv kursini o‘qitish va uning predmetiga oid mulohazalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya organlari va muassasalari xodimlarining kasb etikasi Qoidalari. Adliya organlari xodimlarining kasbiy burchlari. Adliya organlari xodimlariga qo‘yiladigan talablar.
“O’zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariniig odob-ahlok kondalari” O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 55um sonli buyrug‘i bilan 2016 yil 30 martida tasdiqlangan.
Hujjatning Umumiy qoidalari belgilangandek: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining kasb etikasi qoidalari ahloq- odob normalariga rioya qilgan holda, adliya organlari va muassasalarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirishga yo‘naltirilgan qoidalardan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda ularning tarkibiy tuzilmalari, Normativhuquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiytexnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti, YUristlar malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sudekspertiza markazi, Toshkent Davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji mansabdor shaxslari va xodimlariga (bundan buyon matnda tegishlicha adliya organlari va adliya organlari xodimlari deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. Adliya organlari xodimlari qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan mustahkamlangan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlashga, huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
3. Kasb etikasi qoidalariga amal qilish majburiyati xodim adliya organlariga ishga qabul qilingan kundan e’tiboran, u bilan tuziladigan mehnat shartnomasi hamda korxonada o‘rnatiladigan ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish majburiyatidan kelib chiqadi.
Adliya organlari xodimlarining kasbiy burchlariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Adliya vazirligi Hay’ati qarorlariga, buyruqlari va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Kasb etikasi qoidalariga amal qilish;
yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlar sohibi bo‘lib, yurishturish, kiyinish va muomalada boshqalarga ijobiy tomondan o‘rnak bo‘lish;
qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklatilgan har qanday vazifalarni amalga oshirishda qonuniylik, halollik, xolislik, odillik, mustaqillik va mas’uliyatni his qilishga tayangan holda murosasiz bo‘lish;
adliya organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida berilgan vakolatlarni qonun hujjatlari doirasida qatiy ravishda amalga oshirish, sansalorlik va ko‘zbo‘yamachilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
o‘z hamkasblari va fuqarolarga xushmuomalada bo‘lish, ularning
qadrqimmatini va hurmatini saqlash;
ishonib topshirilgan xizmat xonalari, davlat mulkini asrabavaylab, moddiytexnika jihozlari va materiallaridan tejab oqilona foydalanish;
umume’tirof etilgan axloq qoidalariga rioya qilish, milliy
urfodatlar, qadriyatlar va xalq an’analarini hurmat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi sha’nini e’zozlash, mamlakatimiz erishgan yutuqlarini hurmat qilish, ularni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan tamoyillarga va konstitutsiyaviy tuzumga sodiq bo‘lish.
Adliya organlari xodimlari quyidagilarga amal qilishi shart:
o‘z faoliyatida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qonuniy manfaatlariga rioya qilgan holda ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini
ta’minlash adliya organlarining eng muhim vazifalaridan ekanligini his qilish;
xizmat vazifalarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim
va malakaga ega bo‘lish hamda kasbmahoratini doimiy ravishda oshirib borish;
xizmat vazifalarini halol, vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish hamda qonunda belgilangan cheklashlarni o‘z zimmasiga olish va ularga amal qilish;
fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda xolislik, mas’uliyat, sinchkovlik bilan bir qatorda talabchanlik, omilkorlik va jonkuyarlik kabi hislat va fazilatlarni namoyon etish;
yuqori turuvchi adliya organlari va mansabdor shaxslarining qonunga asoslangan va vakolat doirasida berilgan buyruq va farmoyishlarini, talab va ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarish;
ish joyi va vaqtidan tashqari xizmat masalalarini muhokama qilmaslik;
xizmat vazifalarini amalga oshirishi jarayonida qonun talablariga zid bo‘lgan tashqi ta’sirlarga berilmaslik;
xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki g‘arazli maqsadlarda, shuningdek, boshqa shaxslarning noqonuniy manfaatlari uchun foydalanmaslik;
bo‘ysinuvdagi idoralar va xodimlarni noqonuniy qarorlar qabul qilish va g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etishga majbur etmaslik;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida to‘plangan ma’lumotlarni boshqa shaxslarga oshkor qilmaslik, ulardan ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanmaslik;
adliya organlarini obro‘sizlantirish, ularning maqomi va nufuziga putur etkazishi mumkin bo‘lgan xattiharakatlardan o‘zini tiyish;
shaxsiy manfaatdorligi xizmat vazifalarini xolisona bajarishiga to‘sqinlik qilishi yohud ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida o‘z rahbariga zudlik bilan ma’lum qilish;
xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida u yoki bu harakati yohud harakatsizligi uchun pul, moddiy qimmatliklar, qimmatbaho buyumlar va xizmatlar ko‘rinishida haq olmaslik;
adliya organlarining boshqa xodimlariga hamda ishga yangi qabul qilingan xodimlarga zarur amaliy va uslubiy yordam berish;
Adliya organlari xodimlari sodir etgan nomunosib, nojo‘ya xattiharakatlari (harakatsizligi) uchun shaxsan javobgardirlar.
Mazkur qoidalarga amal qilmaslik qonunda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Normativhuquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ1602sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidaginizomga asosan 2015 yil 25 dekabr kuni «Normativhuquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 384mhson buyrug‘i qabul qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 51son, 644modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 25 dekabrda 2745son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Loyihalarning korrupsiyaviy omillarga ega bo‘lgan normalari
5. Quyidagilar huquqni qo‘llovchilarga asossiz ravishda ko‘rib chiqishning keng doirasini yoki umumiy qoidalardan chiquvchi istisnolarni asossiz qo‘llash imkoniyatini belgilovchi korrupsiyaviy omillar hisoblanadi:
a) asosan quyidagilardan iborat bo‘lgan diskretsion vakolatlarning kengligi (mazmunidan chegaralarini aniqlashning imkoni mavjud bo‘lmagan vakolatlar):
muddatlarning mavjud emasligi yoki noaniqligi va asoslab berilmagan sabablarsiz belgilangan muddatni cho‘zish yoki qisqartirish imkoniyatini nazarda tutish;
qarorlarni qabul qilishning sharoitlari va asoslarining mavjud emasligi, shuningdek davlat organlari va boshqa organlarga yoki ularning xodimlariga (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) o‘z ixtiyoriga ko‘ra qarorlar chiqarish, bir nechta turdagi qarorlarni qabul qilish va ularni ijro etishning usullarini belgilash imkoniyatini berish;
organlarga o‘z ixtiyoriga ko‘ra yuridik faktni baholashga hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishning tartibini mustaqil ravishda belgilashga yo‘l qo‘yish;
organga o‘z ixtiyoriga ko‘ra tegishli asossiz jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishini, ularni o‘zgartirishni yoki bekor qilishni tashabbus qilish imkoniyatini berish;
organlarning takrorlovchi vakolatlarining mavjudligi;
b) huquqni qo‘llovchilar tomonidan har xil va aniq bo‘lmagan talqin qilishga imkoniyat yaratadigan normalarning mavjudligi;
v) organlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirishni dispozitiv belgilashda ifodalangan vakolatni asossiz belgilanishi;
g) huquqlar hajmini tanlab o‘zgartirishning imkoniyati mavjudligi, ya’ni organlarning ixtiyoriga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslar uchun umumiy tartibdan chiquvchi istisnolarni asossiz belgilanishi;
d) boshqa organning vakolatiga tegishli bo‘lgan qonunosti hujjatlarning qabul qilinishiga olib keladigan blanket va havola qiluvchi normalarning mavjudligi bilan tavsiflangan, qonunosti norma ijodkorligining nihoyatda erkinligi;
e) normativhuquqiy hujjatlarning mazkur hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lmagan organlar tomonidan qabul qilinishi;
j) organlarga ularning vakolatiga tegishli bo‘lmagan vakolatlarning taqdim qilinishi;
z) qonun osti hujjatlar loyihalarida qonun hujjatlariga ko‘ra qonun bilan tartibga solinishi lozim bo‘lgan normalarning belgilanishi;
i) tegishli huquq va vakolatlarni taqdim qilishning tanlov tartibidan voz kechib, ularni tanlovdan tashqari taqdim qilish tartibining mustahkamlanishi;
k) loyihalar normalarining yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativhuquqiy hujjatlarning ko‘rsatmalariga nomuvofiqligi.
6. Quyidagilar jismoniy va yuridik shaxslarga noaniq, bajarilishi qiyin bo‘lgan va (yoki) og‘irlashtirilgan talablarni o‘z ichiga olgan korrupsiyaviy omillar hisoblanadi:
a) asosan quyidagilardan iborat bo‘lgan, huquqni qo‘llovchiga tegishli bo‘lgan huquqni amalga oshirish uchun unga yuklatiladigan oshirilgan talablarning mavjudligi:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini cheklashga qaratilgan va (yoki) yuklatilishi qonun hujjatlari normalari bilan asoslantirilmagan talablarning o‘rnatilishi;
bajarish uchun ehtiyoj bo‘lmagan majburiyatlarning jismoniy va yuridik shaxslarga yuklatilishi;
jismoniy va yuridik shaxslarga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlar, axborotni taqdim qilish majburiyatining yuklatilishi;
ega bo‘layotgan huquqqa muvofiq bo‘lmagan alomatlarga (kasbiy, mulkiy, ijtimoiy) muvofiq bo‘lish majburiyatlarining mavjudligi;
b) jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan huquqlarni amalga oshirishning qat’iy tartibga solinishining mavjud emasligi;
v) barqaror bo‘lmagan, ikki ma’noli tushunchalardan foydalanish yoki qo‘llanilayotgan atamalarning tushunchasi, ilmiy asoslantirilishi va ishonchliligining mavjud emasligi;
g) huquqiy munosabatlarning bir guruh sub’ektlariga nisbatan boshqalarni teng bo‘lmagan, kamsituvchi ahvolga soluvchi afzalliklarning belgilanishi.
7. Quyidagilar huquqni tartibga solishdagi bo‘shliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyaviy omillar hisoblanadi:
a) ma’muriy tartibtaomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi, ya’ni organlar tomonidan tegishli harakatlarni bajarish tartibining mavjud emasligi, jumladan:
qarorlarni qabul qiluvchi va qonun hujjatlari talablarini bajaruvchi organning mavjud emasligi;
organning harakatlari va vakolatlarining tartibga solinmaganligi;
vakolatlarni bajarish protsessual tartibining belgilanmaganligi;
organlar tomonidan ma’muriy tartibtaomillarni bajarish uchun asoslarning mavjud emasligi yoki noaniqligi;
qabul qilinayotgan qarorni asoslab berish majburiyatining mavjud emasligi;
amalga oshirilishining aniq mexanizmiga ega bo‘lmagan normalarning mavjudligi;
b) organlarning javobgarligi, shuningdek ularning harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi normalarning mavjud emasligi;
v) organlarning faoliyati ustidan nazorat qilishning shakllari va turlariga ko‘rsatmaning mavjud emasligi;
g) organlarning faoliyati to‘g‘risidagi hamda ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari yuzasidan ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotni (qonun bilan qo‘riqlanadigan sirni tashkil etuvchi axborotlar bundan mustasno) oshkor etishni nazarda tutuvchi normalarning mavjud emasligi;
d) tegishli harakatlarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan organni loyihaning mazmunidan belgilashning imkoniyati mavjud emasligi;
e) normativhuquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda qoldirish;
j) huquqni qo‘llovchilarda huquqlar mavjud bo‘lganda majburiyatlarning mavjud emasligi yoxud huquqlar mavjud bo‘lmaganda majburiyatlarning mavjudligi;
z) tegishli vakolatlar mavjud bo‘lmaganda, qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarning qonun osti hujjatlari yordamida to‘ldirilishi.
2017 yil 14 mart kuni “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashining 1son Qarori qabul qilingan. Hujjatga ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish yoki nazorat tartibida tekshirish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
YAkka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida tekshirishlar bir kun davomida amalga oshirilishi belgilangan.
2017 yil 31 mayda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 150- son “Adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomi tasdiklash hakida”gi buyrugi qabul qilindi.
Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ1602son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to’g‘risida nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati, Krrakalpogiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shaxar adliya bopщarmalari, YUristlar malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Toshkent davlat yuridik universiteta, Toshkent yuridik kolleji, Toshkent davlat yuridik universiteti xuzuridagi akademik litsey, “Adolat” nashriyoti, “Inson va qonun” gazetasi taxririyati, Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish tartibini belgilaydi.
Nizom 9 bobdan iborat: Umumiy masalar (1 bob), O‘z xizmat vazifasini bajarishda xodimning burchlari (2bob.), Manfaatlar to‘qnashuvi (3 bob), . Xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid xukuqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish choralari (4bob.), O‘rganishlar (tekshirishlar) o‘tkazish vaktida va xizmat safarlari davomida xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish choralari (5 bob), Davlat notarial idoralari, notarial arxivlar, FXDYO organlari va “yagona darcha” xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish choralari (6bob), Xodimlar bilan huquqbuzarliklarni oldini olish buyicha profilaktik suxbat utkazish tartibi (7bob), Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik xakida kelib tushgan murojaatlar, xat va xabarlar, ma’lumotlarni kurib chikish tartibi (8bob) va YAkuniy koidalar (9bob).
Nizomning 12 bandiga asosan: “Adliya organlari va muassasalari xodimlari korrupsiya xolatlariga qarshi kurashishi va ularning profilaktikasiga faol kumaklashishi shart.
Xodimni korrupsiya faktlari xakida ishonchli xabar berganligi uchun moddiy rag‘batlantirish maqsadida mukofot berilishi mumkin.
Mukofot xodimga korrupsiyaga qarshi kurashish xamda uning oldini olishda faollik ko‘rsatgani, shuningdek ijtimoiy va xizmat burchini namunali bajarganligi munosabati bilan beriladi”.
Nizomning 15 bandiga asosan: “Xodimlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi takiklanadi”.
Nizomning 18 bandiga asosan: “Adliya organlari va muassasalarida o‘zaro yaqin karindosh yoki quda anda bo‘lgan shaxslarning (otaonalar, akaukalar, opasingillar, ug‘il va kizlar, erxotinlar, shuningdek erxotinlarning otaonalari, akaukalari, opasingillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita buysunib yoki uning nazorati ostida xizmat kiladigan bulsa, bir adliya organi yoki muassasida birga xizmat kilishlari takiklanadi”.
Nizomning 28 bandiga asosan: “Davlat notarial idorasi, notarial arxiv, FXDYO organi va “yagona darcha” markazi xodimlari xizmat xonalarida va yonlarida eng kam ish xakining yarim baravaridan ko‘p miqdorda shaxsiy pul mablaglarini saqlashlari takiklanadi”.
Nizomning 37 bandiga asosan: “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik yuzasidan xodimga nisbatan utkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida unga tuxmat kilinganligi xakida xulosaga kelinsa, murojaat qilgan shaxsni javobgarlik masalasini xal kilish uchun tegishli organlarga materiallar yuborilishi lozim”.
2.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining «Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar» deb nomlangan 2bobi 6moddasining bbandida «korrupsiyaning oldini olish masalalari bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va tarqatish» vazifasi yuklatilgan.
Darhaqiqat, barcha sohalarda, jumladan, huquqni muhofaza qiluv chi organlarida korrupsiyaning oldini olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulqatvorni shakllantirish hamda korrupsiyaning oldini olish masalalari bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va tarqatish orqali amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiya ga qarshi konvensiyasining talabi ham shu.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida korrupsiyaning oldini olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulqatvorni shakllantirish o‘quv kursining o‘quv fani sifatida kiritilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining maqsadiga to‘ liq mos keladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining «Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar» deb nomlangan 2bobi 6moddasining dbandida mansabdor shaxslar «ommaviy vazifalarni to‘g‘ri, vijdonan va tegishli darajada bajarish talablariga javob berishlari mumkin bo‘lishi uchun ma’rifiy va o‘quv dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashadilar hamda korrupsiya bilan va o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarni chuqurroq anglashlari maqsadida ular ixtisoslashgan hamda muvofiq tayyorgarlikdan o‘tishlarini ta’ minlaydilar. Bu kabi dasturlarda kodekslarga asoslanishlar yoki amaliy sohalardagi axloq standartlari mavjud bo‘lishi mum kin»ligi belgilab qo‘yilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida korrupsiyaning oldi ni olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulq atvorni shakllantirish quyidagicha:
korrupsiyaning sir asrorlarini o‘rganish, uning xalqaro xususiyatga ega halokatli hodisa ekanligini ommaga etkazib, korrupsiyaga qarshi ma’rifatni yuksaltiradi;
korrupsiyaning universalligi va ko‘p qirrali kategoriya ekan ligiga tayangan holda o‘z predmetini o‘rganadi. Ayni vaqtda Krimino logiya, Jinoyat huquqi, Ma’muriy huquq va tegishli kodekslar hamda boshqa fanlar xulosalariga asoslanib korrupsiya fenomenini o‘rga nadi;
korrupsiyaga qarshi kurash aholi ma’naviyatining darajasi va ahloqodobi, demokratiya qoidalariga sodiqligiga bog‘liqligini ino batga olib, xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulqatvorni shakllanti radi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarida korrupsiyaning oldini olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulqatvorni shakllantirishda xodim shaxsidagi halollik, vatanparvarlik, faol fuqarolik nuqtai nazari, o‘z xalqiga sodiqlik, talabchanlik, insoniylik, o‘ziga nisba tan tanqidiy munosabatda bo‘lish, maqsadga intiluvchanlik, o‘z kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga intilish kabi shaxsiy sifatlar har qanday korrupsion ko‘rinishlarga qarshi ishonchli to‘siq bo‘lib xizmat qili shi kabi o‘zak fazilatlarni kamol toptiradi;
korrupsiyaga qarshi xulqatvor to‘liq shakllanmagan ma’naviy xislatlar past huquqiy va kasbiy madaniyatga egalikdan iboratligi va bu esa xodimlarning korrupsiya domiga tortilishining sabablaridan biri sifatida o‘rganiladi;
xodimlarda yuqori ijobiy axloqiy sifatlarni, ezgu ishlar ni amalga oshirish, ijtimoiy foyda keltirish hissini qarortoptirish va rivojlantirish hamda korrupsiyaga murosasizlikni tarbiyalash;
huquqtartibot posbonlarida Vataniga, ichki ishlar organlari xodimlarining qasamyodiga va kasbiy burchiga sodiqligini shakllan tirish;
huquqtartibot organlari xodimlarining aholi orasidagi ob ro‘e’tiborini fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, xizmat vazifalarini, xizmat intizomi me’yorlarini, qonuniylik va kasb madaniyati talablarini halollik bilan bajarish orqali mus tahkamlash orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarida korrupsiya ning oldini olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulqatvorni shakllantirish;
xodimda yuksak ma’naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashay digan, yuqori darajada huquqiy ong va madaniyatga ega bo‘lgan fuqaro, vatanparvar, o‘z kasbining mohir ustasining axloqiyruhiy sifat lar kompleksini yaratish va rivojlantirish orqali huquqni muho faza qiluvchi organlarida korrupsiyaning oldini olish va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulqatvorni shakllantirish;
kasbiy burch, obro‘e’tibor va qadrqimmat huquqtartibot posbonining xizmat faoliyatida va korrupsiyaga qarshi xulqatvorida ma’naviyaxloqiy maqsad bo‘lib xizmat qilishi o‘rgatiladi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarida korrupsiyaga qarshi ku rash olib borishi sababli xodimlar oldida alohida shaxslar tomoni dan ularni korrupsiya domiga tortish bo‘yicha urinishlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur bilim, malaka va ko‘nikmalardan unumli foydala nish zaruratini shallantirish;
amaliy tavsiyalar berish. Bu tavsiyalar korrupsiyaga qarshi siyosatga tegishli bo‘ladi. Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining maqsadi– korrupsiya darajasini pasaytirish hamda fuqarolar, jamiyat va davlat huquqlari va qonuniy manfaatlarining korrupsiya bilan bog‘ liq tahdidlardan himoyalanishini ta’minlashdan iborat muhim aha miyatga ega tavsiyalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |