Йилларда франция


G‘ayriixtiyoriy inqilob va butunlay qulash



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

G‘ayriixtiyoriy inqilob va butunlay qulash 
 
Sotsializm himoyachilari bilan liberalizm tarafdorlari o‘rtasida unitar (mamlakat bir butunligini 
saqlab  qolmoqchi  bo‘lgan  kuchlar  bilan)  milliy  suverenitet  kurashchilari  o‘rtasidagi  qarama-
qarshiliklar tobora keskinlashib borar va hukumat nazoratidan chiqa boshlagan edi. 
Bir  necha  muvaffaqiyatsizliklar  va  Rossiyadagi  yirik  mag‘lubiyatga  qaramasdan  Gorbachev 
sotsializmni  qayta  qurish  uchun  kurashni  davom  ettirdi  va  SSSRni  yangilash  shiorini  o‘rtaga 
tashladi.  1990  yil  oxirida  tajovuzkor  konservatorlarning  ishonchsizligi  va  malomatlariga 
qaramasdan  u  faollashgan  sotsializm  va  SSSR  yagonaligini  liberallar  va  millatchilardan  himoya 
qiluvchilarning  «sog‘lom  konservatizmi»ga  ijobiy  baho  berdi.  Bu  konservatorlar  va  «demokratik 
sotsializm»  tarafdorlarini  birlashtirish  maqsadida  Gorbachev  o‘zini  «sentrist»  deb,  qayta  qurish 
muvaffaqiyatini esa Ittifoqni yangilashning maqsadi deb e’lon qiddi. 
1990  yil  oxiri-1991  yil  boshida  u  SSSR  xalq  deputatlari  syezdidan  favqulodda  vakolatlar 
olishga,  Vazirlar  mahkamasiga  aylangan  Sovet  hukumatini  qayta  tuzib  o‘ziga  bo‘ysundirishga 
erishdi. «Sentristlar» va konservatorlar natsionalizm va liberalizmga qarshi kurashni kuchaytirishdi. 
13 yanvar 1991 yilda Vilnyusda ommaviy axborot vositalari markazlariga desantchilar bilan hujum 
qilinishi,  kommunistlarning  Litva,  Latviya  va  Estoniyada  hukumatni  qaytarib  olishga  urinishlari 
vatanparvarlarning  qarshiligiga  duch  kelib  mag‘lubiyatga  uchradi  va  SSSR  aholisining  katta 
qismining nafratini uyg‘otdi. RSFSR hukumati Boltiqbo‘yi  vatanparvarlariga  yon bosdi. Millatchi 
va  liberal-demokratik  kuchlar  barcha  respublikalarda  faollashdi.  Ularni  bostirishga  tayyorlanib 
Ittifoq  hokimiyatlari turli  xil  harbiy  idoralarning qurolli kuchlari ustidan  yagona rahbariyat tashkil 
qildi.  «Rivojlanishning  safarbarlik  modeli»  -  avtoritar  tuzumning  «boshqariluvchi  demokratiya» 
sari yo‘naltirilgan konsepsiyasi va favqulodda holatni joriy qilish rejalari ishlab chiqildi. 
KPSSning  parchalanishini  to‘xtatish,  XXVIII  syezd  qarorlari  asosida  partiya  tashkilotlarini 
birlashtirish va ularni millatchilar va liberal-demokratlarga qarshi xujumga safarbar qilish choralari 
ko‘rildi. 1991 yil mart oyida 15 respublikadan 9 tasida referendum o‘tkazildi. Unda fuqarolarning 
katta  qismini  haqiqatga  xilof  tarzda  mamlakat  buyukligini  o‘z  farovonligi  garovi  deb  hisoblab, 
ammo uning yangilanishini istagan holda, yangilangan Ittifoqning saqlab qolishi uchun ovoz berdi. 
Bu  Gorbachev  va  uning  ittifoqchilarining  Rossiya  mustaqilligini  talab  qiluvchilarga  qarshi 
kurashda  faollashishiga  yordam  berdi.  1991  yil  mart  oyining  oxirida  ittifoq  hukumati  Rossiya 
deputatlari  syezdi  bo‘layotgan  paytda  Moskvaga  qo‘shin  kiritib  Yelsinni  og‘darishga  va 
chetlatishga  urinib  ko‘rdi.  Ammo  uning  liberal-demokratik  o‘zgarishlar  bilan  aholi  ahvolini 
yaxshilash haqidagi va’dalariga ishongan ko‘pgina shaharliklar ko‘chalarga chiqib Yelsinni himoya 
qildi.  Syezd  talabiga  ko‘ra  qo‘shinlar  Moskvadan  olib  chiqildi,  syezdda  esa  kommunistlarning 
chiqishlari biror bir natija bermadi. 
Bu  muvaffaqiyatsizlik  konservatorlarni  Gorbachevdan  liberal-demokratik  kuchlarga  nisbatan 
qat’iyroq  choralar  ko‘rishni  talab  etishga  undadi.  «Biz-degan  edi  o‘zining  tashabbusga,  faollikka 
bo‘lgan  huquqini  isbotlayotgan  O‘zbekiston  rahbari  I.Karimov  -  Bu  yerda  (Moskvada)  qabul 
qilingan qarorlarning asiri bo‘la olmaymiz». MKning aprel Plenumidagi konservatorlarning ta’na-
malomati  Gorbachevni  bosh  kotiblik  lavozimidan  iste’foga  chiqishga  majbur  qildi.  Majlis 


 
181 
a’zolarining  ko‘pchiligi  buni  qabul  qilmadi,  ammo  Gorbachevning  o‘z  obro‘sini  yo‘qotganligi 
yaqqol ko‘rinib qolgan edi. 
Sotsializm  himoyachilarining  liberallarga  qarshi  kurashi  Rossiya  prezidentligiga  umumxalq 
saylovlar vaqtida yanada kuchaydi. Gorbachev va Yelsinning o‘zaro shaxsiy adovati nimadaligidan 
qat’iy  nazar,  ulardagi  ziddiyatning  mohiyati  mamlakatni  taraqqiy  ettirishning  turli  yo‘llari, 
sotsialistik va liberal yo‘llar uchun kurashdan iborat edi. Ularning respublikalar mustaqilligiga turli 
munosabatda  bo‘lishi  va  hokimiyat  uchun  kurashi  ham  shu  bilan  belgilanar  edi.  Gorbachev  va 
uning  ittifoqchilari  tomonidan  barcha  kuchlarni  Yelsinning  raqiblarini  qo‘llab-quvvatlashga  safar 
etganlariga qaramasdan 1991 yilning iyun oyida saylovchilarning 57%i islohotlar o‘tkazishga va’da 
bergan  Yelsin  uchun  ovoz  berdi.  Yelsin  Rossiyaning  prezidenti  bo‘ldi.  Shunday  qilib,  ko‘pchilik 
Rossiyaliklar kelajak haqida hech qanday tasavvurlarsiz liberal-demokratik yo‘lni tanladi. Eng yirik 
ittifoqchi respublika - Rossiyada kommunistlar hokimiyatni qo‘ldan boy berdilar. 
1991  yil  yoziga  kelib,  Siyosiy  Byuro  aniqlashicha,  «ko‘pgina  partiya  qo‘mitalari  va 
tashkilotlarning  faol  siyosiy  ishga  tayyor  emasliklari  aniq  bo‘ldi»,  «mamlakatnint  ko‘pgina 
mintaqalaridagi»  sovetlarga  esa  «tarqatib  yuborilish  taxdidi  solinar  edi».  Joylardan  xabar 
berilishicha  «aholi  va kommunistlarning o‘zi  KPSS rahbariyati siyosatini tushunmay qoldilar»  va 
«xalq qayta qurish siyosatiga nisbatan o‘zining ishonchsizligini bayon qildi». 
V.Pavlov rahbarligidagi SSSR ministrlar kabineti ishlab chiqarishni o‘stirish, aholi ta’minotini 
tartibga solish, qishloq xo‘jaligi  va sanoat mollarining ananaviy  narxlari  nisbatini  bartaraf etishga 
bo‘lgan  harakatlarni  faollashtirdi.  Mudofaa  xarajatlarini  ministrlar  kabineti  raisi  «xalq  xo‘jaligi 
uchun  og‘ir  yuk»  deb  atadi.  Harbiy  ishlab  chiqarishni  besh  yil  ichida  atigi  10%  ga  qisqartirish 
rejalashtirildi,  ammo  davlat  buyurtmalarini  bajarish  uchun  vositalarning  yo‘qligi  sovet 
iqtisodiyotining  bu  asosiy  qismini  falajlashtirgan  edi.  Gorbachev  o‘z  investitsion  siyosatida 
«ekologik  muammolarni  samaradorlikning  garovi  sifatida  birinchi  o‘ringa  qo‘yishga»  chaqirdi. 
Ammo mablag‘ ajratish (investitsiya) uchun mamlakat fondlari yetmas edi va hukumat uni topishga 
ham qodir emas edi. 
KPSS  rahbariyatining  izohlashicha  «partiya  mulkchilikning  barcha  turlari  teng  huquqligini 
yoqlagan  holda  uning  jamoaviy  shakllarini  ma’qullaydi».  Hukumat  tomonidan  davlat  mulki  bir 
qismini xususiylashtirish, arenda (ijara)ga ko‘p e’tibor berish, xorijiylarning mamlakat boyliklariga 
egalik qilishlariga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutuvchi xususiylashtirish loyihasi tayyorlandi. Ammo 
yakka  tartibdagi  va  kooperativ  faoliyat,  kichik  tadbirkorlikning  alanga  olishi  va  hissadorlik 
jamiyatlarini  tuzish,  direktorlar  va  ishlab  chiqarish  kollektivlari  tomonidan  korxonalarning  ijaraga 
yoki sotib olinishining avj olishi bu rejalar doirasidan chiqib ulgurgan edi. 
Biroq  iste’mol  mollarini  ishlab  chiqarish  o‘smadi.  «Butun  mamlakat  bo‘yicha  tovar 
ayirboshlash  va  o‘z  mahsulotlarini  sotish  xajmi  savdo  vazirligining  Siyosiy  Byuroga  xabar 
berishicha  -  1990  yil  aprel  oyiga  nisbatan  yarimga,  bir  qator  respublikalarda  (Armaniston, 
Ozarbayjoi, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston) esa bundan ham ko‘proq qisqardi». Aholi uchun 
zarur  mollar  tanqisligi  sababli,  ularni  tarqatishni  talon  tizimini  joriy  etish  orqali  tartibga  solishga 
harakat  qilinayotganligidan  qat’iy  nazar,  narxlar  va  navbatlar,  olib-sotarlik  va  jinoyatchilik 
o‘sayotgan edi. 
Ittifoq  markazidan  zarur  vosita  va  mollarning  kelishidan  umidini  uzgan  respublikalar 
hokimiyatlari  oziq-ovqat  va  boshqa  mahsulotlarning  o‘z  respublikalari  hududidan  olib  chiqilishini 
va  markaz  uchun  mo‘ljallangan  daromadlarni  cheklay  boshladi.  Bu  o‘z  navbatida 
moliyalashtirishning idoraviy yagonaligi «ildiziga bolta urar edi». Shu bilan birga ishlab chiqarnsh 
vositalarining  tanqisligi  va  rublning  qadrsizlanishi  korxonalarni  hech  kim  tomonidan  nazorat 
qilinmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar ayirboshlash – barter usuliga o‘tishga majbur qildi. 
Davom  etayotgan  ommaviy  norozilik  va  elatlararo  to‘qnashuvlar  xalq  xo‘jaligiga  katta  zarar 
(o‘nlab  milliard rubl)  yetkazdi. Natijada  faqatgina 1991 yilning dastlabki oylarida 650 ming kishi 
zarar  ko‘rdi.  Buning  oqibatida  1991  yil  natijasiga  ko‘ra  ishlab  chiqarish  8%  ga,  YAMM-17%ga 
pasaydi, iste’mol mollari narxlari qariyb 2 baravar o‘sdi, davlat budjeti kamomadi YAIMning 20%i 
gacha o‘sdi, mamlakat oltin zahirasi esa 1,5 ming tonnaga tushib qoldi. 
Hukumat  inqirozga  qarshi  iqtisodiyot  va  siyosatni  barqarorlashtirishga  qaratilgan  choralarni 
rejalashtirdi.  Ularni  amalga  oshirish  uchun  unga  respublikalar  iqtisodiyoti  va  moliyasini 
bo‘ysundiruvchi keng vakolatlar kerak edi. Ammo markaz bu hokimiyatni qo‘ldan boy bergan edi. 


 
182 
Konservatorlar  qo‘llab-quvvatlashiga  qaramay  Gorbachev  Ittifoqni  yangilash  va  favqulodda 
choralarsiz  sotsialistik  yo‘nalishni  saqlab  qolishga  umid  qilardi.  Ammo  bu  umidlarning 
muvaffaqiyati kafolatlanmagan edi. 
Prezident  Ittifoqni  6  respublika  tark  etganligining  asosiy  sababi  ularning  sotsialistik 
yo‘nalishdan  voz  kechishi  va  boshqa  qadriyatlarga  yuz  tutishida  ekanligini  tan  olmas  edi.  U  hali 
ittifoqni  tark  etmagan  bir  qator  respublikalarda  turli  xil  nosotsialistik  yo‘nalishlarga  bo‘lgan 
moyillikka  ham  e’tibor  bermas  edi.  Aftidan,  u  Ittifoqning  saqlanib  qolishi  bunday  holatlarni 
bartaraf etadi deb umid qilardi. Gorbachev 8-9 respublika rahbarlari bilan ko‘p marotaba uchrashdi. 
Iyul oyining oxiriga kelib ular o‘rtasida yangi Ittifoq shartnomasi-markaz vakolatlarini cheklovchi 
va  aralash  mafkuraviy-siyosiy  yo‘nalishga  ega  bo‘lgan  federatsiya  tuzish  to‘g‘risidagi  shartnoma 
loyihasi  kelishib  olindi.  Ittifoq  haqidagi  yangi  shartnomaning  imzolanish  kuni  20  avgust  qilib 
belgilandi. 
Vaziyat  nihoyatda  keskinlashgan  edi.  g‘azablangan  konservatorlar,  Itgifoq  to‘g‘risidagi  yangi 
shartnomaning  imzolanishi  markaziy  hokimiyatning  nihoyatda  cheklab  qo‘yilishiga,  mamlakatni 
sotsialistik  taraqqiyot  yo‘lidan  mahrum  qilinishiga  va  bir  qator  respublikalarning  undan  chiqib 
ketishiga olib keladi, deb hisoblashardi. Vaziyatga baho bergan KGB (DXK.) rahbari V.Kryuchkov 
«bizning  vatanimiz  falokat  yoqasida  turibdi»  degan  edi.  U  SSSRni  va  «real  sotsializm»ni  saqlab 
qolish  tarafdorlarini  va  xalqni  birlashishga  chaqiruvchi  «Xalqqa  so‘z»  nomli  xujjatni  e’lon  qildi. 
Yangi ittifoq shartnomasi SSSR Oliy Kengashi raisi A.Lukyanov va ko‘pgina deputatlar tomonidan 
tanqidga  uchradi.  RSFSRda  kommunistlarning  hokimiyatni  qo‘ldan  boy  berishlari  va  korxona  va 
tashkilotlarda  KPSS tashkilotlarining tarqatib  yuborilishi  bilan  vaziyat  yanada og‘irlashdi. Noyabr 
oyida  yangi  dastur  qabul  qilish  uchun  KPSSning  syezdini  chaqirishga  qaror  qilgan  M.Gorbachev 
MK Plenumining ko‘pchilik a’zolari tomonidan tanqid qilindn. 
Gorbachev  Qrimda  dam  olayotgan  paytida  Kryuchkov  va  uning  atrofida  to‘plangan  boshqa 
mansabdor  shaxslar  vaziyatdan  foydalanib,  mamlakatda  favqulodda  holat  joriy  etish  rejasini 
tayyorlashdi.  Moskva  va  Boltiqbo‘yida  ular  o‘z tarafdorlari  va  qo‘shinlarni  hal  qiluvchi  hujumga 
qaratishdi. Ular Qrimda dam olayotgan Gorbachevga bu rejalar  haqida xabar berishdi. U bu rejaga 
qarshi edi, ammo ularga halaqit berishga urinib ko‘rmadi. 
18 avgust kuni SSSR va KPSSning bir guruh oliy martabali kishilari, jumladan, vitse-prezident, 
prezident ma’muriyati rahbari,  hukumat boshlig‘i, KPSS MKning ba’zi  kotiblari  va  ba’zi  vazirlar 
prezidentning  betobligi  haqida  xabar  berib  mamlakat  birligi  va  sotsialistik  tuzumni  saqlab  qolish 
uchun  Favqulodda  Holat  Davlat  qo‘mitasi  (FXDQ)  tashkil  etilganligini  ma’lum  qildi.  Aholining 
eng  zarur  ehtiyojlarini  qondirishni  va’da  qilib,  qo‘mita  mamlakatning  bir  qator  mintaqalarida 
favqulodda holat joriy etilganligini e’lon qildi va Ittifoq shartnomasining imzolanishini bekor qildi. 
U  KPSS  tasarrufida  bo‘lgan  ommaviy  axborot  vositalaridan  boshqa  hamma  ommaviy  axborot 
vositalarini  taqiqladi,  liberalizm  va  demokratiya  tarafdorlariga  qarshi  choralar  ko‘ra  boshladi. 
Moskvaga qo‘shin kiritib, RSFSR  hukumat organlari  joylashgan Oq uyga tanklarni  yo‘naltirdi  va 
shturm  qilishga  qaror  qilishdi.  O.SHenin  tomonidan  chaqirilgan  KPSS  MK  kotibiyati  barcha 
partiya tashkilotlaridan FXDQni  vaqtincha qo‘llashni talab qildi  va siyosiy  byuroning  bunga  mos 
bo‘lgan qarorini tayyorladi. 
Ammo  davlat  apparati  xodimlari,  jumladan  harbiylar  ham  FXDQ  farmonlarini  bajarishga 
shoshilmadilar.  Hatto  FHDQni  qo‘llagan  KPSS  tarkibidagi  kompartiyalar  va  ba’zi  respublika 
rahbarlari  ham  bunga  mos  choralarni  ko‘rishmadi.  Qozog‘iston  rahbari  Nazarboyev  FXDQni 
qo‘llab-quvvatlamadi,  Boltiqbo‘yi  respublikalari  rahbarlari  esa  uni  qoralashdi.  Deyarli  hamma 
joyda kommunistlar turli kayfiyatda edi va hatto FXDQga norozilik bildirishdi. Bu KPSSning to‘la 
layoqatsizligini namoyish etdi. 
Rossiya  va  boshqa  respublikalarda  aholining  faol  qismi,  hatto  yangilangan  Itgifoqning 
saqlanishi uchun ovoz berganlar ham ochiqchasiga yangilanishga qarshi turgan putgacha qarshi edi, 
qonun buzilganligini, ayniqsa qurolli kuchlarning ishga solinishini keskin qoraladi. 
Moskvada  davlat to‘ntarishiga  qarshi  bo‘lganlar  «Demokratik  Rossiya»  bloki  va  RSFSR  Oliy 
Kengashi  atrofida  to‘plandn.  B.Yelsin  tank  ustida  turib  demokratik  va  erkinlik  dushmanlariga 
qarshi kurashga da’vat etdi. U GKCHP (FHDQ) ishlarini qoraladi, SSSR prezidentini himoya qildi, 
RSFSR hududida joylashgan barcha qo‘shinlardan unga bo‘ysinishlarini talab qildi. 


 
183 
FXDQga  qarshi  Oq  uy  qarshisida  to‘plangan  o‘n  minglab  kishilar  norozilik  bildirdi.  Ular 
barrikada  qurdilar,  qurol  olishga  va  hujumni  qaytarishga  harakat  qildi.  20  avgust  kuni  FXDQ 
tomonidan  jo‘natilgan  bronetexnika  (zirhli  mashinalar)ga  qarshilik  ko‘rsatish  chog‘ida  uch  kishi 
halok  bo‘ldi.  Sank-Peterburg  va  Rossiyaning  boshqa  shaharlarida  mitinglar  va  norozilik 
namoyishlari bo‘lib o‘tdi. 
FXDQ  Oq  uyni  shturm  qilish  va  omma  qarshiligini  sindirishga  mavaffaq  bo‘lmadi.  U 
parchalana  boshladi,  barcha  respublikalar  hukumatlari  va  hattoki  ba’zi  respublika  kompartiyalari 
rahbarlari  undan  uzoqlasha  boshladi.  To‘rtinchi  kuni  uning  a’zolari  qochib  ketishdi  va  hibsga 
olindi. 
FXDQning  mag‘lubiyati  va  Rossiyada  liberal-demokratik  kuchlarning‘  faol  himoya  qilinishi 
natijasida  ittifoqqa  qarashli  organlar  o‘z  faoliyatlarini  to‘xtatdilar  va  ularni  boshqarayotgan 
kommunistlar hokimiyatni qo‘ldan boy berdi, respublikalar esa haqqoniy mustaqillikka ega bo‘ldi. 
Liberal  demokratlarning  kutilmagan  g‘alabasi  ularning  Rossiyadagi  hokimiyatini  mustahkamladi. 
Shunday qilib 19-23 avgustda SSSRda ixtiyorsiz  inqilob ro‘y  berdi  va  yagona davlat endi  mavjud 
bo‘lmay qoldi. 
Moskvaga  kelgan  Gorbachev  «butunlay  boshqa  mamlakatga  kelganligini»,  rahbarlari  boshqa 
Plenumni  chaqirishga  ham  qodir  bo‘lmagan  KPSS  bosh  kotibi  lavozimidan  mahrum  bo‘lganini 
fahmladi. U vazirlarni ishdan bo‘shatdi, ittifoq hukumati o‘rniga respublikalararo iqtisodiy qo‘mita 
tuzdi. 
SSSR  xalq  deputatlarining  2  sentabrdagi  navbatdan  tashqari  syezdida  e’lon  qilingan  10 
ittifoqdosh  respublika  rahbarlarining  yangi  davlat-respublikalar  konfederatsiyasini  tashkil  etish 
to‘g‘risidagi taklifi oldingi davlat, ya’ni SSSR parchalanganining e’tirof etilgani edi. Syezd SSSR 
Oliy  Kengashini  tuzmadi,  balki  o‘z  vakolatlarini  prezident  boshchiligidagi  Davlat  Kengashiga 
topshirdi.  SSSR  davlat  apparati  butunlay  parchalandi.  Yel’sin  qaroriga  ko‘ra  1991  yil  noyabrda 
Rossiyada KPSS faoliyati ta’qiqlandi va uning mol-mulki davlat hisobiga o‘tdi. 
Respublikalar  hukumatlari  endi  o‘z  suverenitet  va  mustaqilliklarini  mustaqkamlash  uchun 
qayg‘urishlari kerak edi, chunki ba’zilari Rossiya rahbariyatidagi ittifoq markazi funksiyalarini o‘z 
qo‘liga olishga  bo‘lgan  moyillikdan tashvishda edilar. Bolva (Putcha)dan keyin tezda Moldaviya, 
O‘zbekiston,  Qirg‘iziston,  Ukraina,  Ozarbayjon,  kuzda  Tojikiston  va  Belorussiya,  dekabrda 
Qozog‘iston  o‘z  mustaqilliklarini  e’lon  qilishdi.  Referendumlar  sentabrda-Armaniston,  oktabrda-
Turkmaniston,  1-dekabrda-Ukraina  mustaqilligini  tasdiqlashdi.  1991  yil  kuziga  kelib,  xujjatlarda 
aks ettirilmagan bo‘lsa-da, SSSR amalda mavjud emas edi. 
Hattoki  Bolqariya  va  Checheniston  respublikasi  (keyinchalik,  Ichkeriya)  ham  mustaqil  deb 
e’lon qilingan edi. 
SSSR parchalanganligining xalq ommasi va hattoki siyosiy arboblar tomonidan anglab yetilishi 
haqiqatdan ancha orqada qolayottan edi. SSSR davlat qo‘mitasi raisi prezident Gorbachev Iqtisodiy 
qo‘mita  tomonidan  taklif  qilingan  respublikalarning  iqtisodiy  integratsiyasi  rejasini  ma’qulladi. 
Uning asosida 8 ta mustaqil respublika rahbarlari Gorbachev bilan birgalikda iqtisodiy hamjamiyat 
to‘g‘risidagi Shartnomani  imzolashdi. Uni  amalga oshirish va tasdiqlash parchalangan xo‘jalik va 
respublikalarning aniq xo‘jalik manfaatlari mavhumligiga duch keldi. 
Ammo Gorbachev  bundan ko‘proq narsani talab qila  boshladi. O‘z  maslahatchilariga tayanib, 
B.Yelsin,  N.Nazarbayev  va  bir  qator  boshqa  respublika  rahbarlari  ma’qullagan  konfederensiya 
shaklidagi  suveren  davlatlar  ittifoqi  to‘g‘risidagi  shartnomani  ishlab  chiqishga  e’tibor  qaratdi. 
Mohiyatan,  gap  sobiq  davlatni,  bor-yo‘g‘i  prezidenti  va  uning  idoralari  va  ramziy  belgilarigina 
saqlanib qolgan SSSRni tiklash haqida emas, balki yangi davlat tuzish to‘g‘risida borayotgan edi. 
Ammo shu  bilan  birga, Novo-Ogaryovodagi  yig‘ilishlarda qatnashib turgan respublikalardagi turli 
siyosiy  holatni  hisobga  olmasdan,  sotsialistik  yo‘nalishni  saqlab  qolishni  ta’kidlar  edi.  Tabiiyki 
respublikalar  rahbarlari  o‘z  qonun  chiqaruvchi  organlari  tomonidan  qarab  chiqmasdan  bu 
shartnomaga imzo qo‘ya olmas edilar. 
Gorbachevning  7  ta  respublika  rahbarlari  bilan  olib  borgan  uzoq  va  og‘ir  muzokoralariga 
Ukrainadagi  referendum  qaqshatqich  zarba  berdi.  Bu  davlatda  qabul  qilingan  mustaqillik 
konfederatsiyada  qatnashishni  inkor  qilar  edi.  Albatta,  qaysiki,  2-3  respublika  yangi  ittifoq 
tuzishlari  mumkin  edi,  ammo  u  ham  mohiyat,  ham  shakl  jihatdan  1988-1991  yillarda  parchalanib 
ketgan ilgarigi ittifoqqa tenglasha olmas edi. 


 
184 
Turlicha  va  unchalik  aniq  bo‘lmagan  siyosiy  yo‘nalishlarda  bo‘lgan  respublikalarning 
sotsialistik yo‘nalishdagi markaz bilan konfederatsiya tuzishi amri mahol edi. 
Bir  hafta  o‘tgandan  so‘ng  8-dekabr  kuni  Rossiya,  Ukraina  va  Belorussiya  rahbarlari  Viskuli 
(Belovej puha)da SSSR ning tugatilganligi to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdi, unga «o‘lganlik haqida 
guvohnoma»  berishdi.  1988  yilda  boshlangan  va  1991  yil  kuzida  yakunlangan  jarayonning 
kechikkan qayd etilishi ro‘y berdi. Bu ularning motivlari va kayfiyatlari qanday bo‘lishidan qat’iy 
nazar  mustaqil  davlatlar  qonuniy  rahbarlarining  siyosiy  qarori  edi.  SSSR  parchalanganligi 
to‘g‘risidagi qarorning mohiyati va oqibatlarini to‘la tushunib yetmagan bo‘lsalar-da parchalangan 
sobiq  imperiya  hududidagi  barcha respublika rahbarlari  va parlamentlari  ma’qullashdi. Ittifoqning 
oxirgi idoralari, jumladan, prezident lavozimi tarqatildi va bekor qilindi. 
Bu  hujjatning  mavjud  bo‘lgan  qonunlarga  muvofiqligini  muhokama  qilish  ortiqchadir,  chunki 
siyosiy  qarorlar  kuchlar  nisbatiga  ko‘ra  qabul  qilinadi  va  amalga  oshiriladi.  Bu  qaror  Viskulida 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni yaratish to‘g‘risidagi kelishuvga imzo chekishga  imkon 
berdi. Unda MDHning bo‘lajak a’zolariga kam talab qo‘yilgan edi, va dekabr oyi oxirigacha unga 
umid  bog‘lab,  ko‘pchilik  sobiq  Sovet  respublikalar  hukumatlari  qo‘shilishdi.  Bundan  ortig‘iga 
erishish  mumkin emas edi. Bu hujjatlar o‘sha paytda  yangi  mustaqil davlatlar o‘rtasida erishilgan 
kelishuvning eng yuqori darajasi edi. 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish