176
boshqalarning quvonchi, inqiloblar-Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida «real
sotsializm»ning qulashi va liberallashtirish bilan mustahkamlanib bordi.
Partiyani yangilash yo‘li bilan kuchlarni islohotlarga safarbar qilish va mamlakatni
birlashtirishga intilib, Gorbachev 1990 yil iyulida KPSSning XXVIII syezdini o‘tkazishga
muvaffaq bo‘ldi. Yelsin va boshqa radikallar partiya saflarini tark etishdi. Mo‘tadil
«yangilanganlar» esa konservatorlar qarshiligini bartaraf etib, SSSR asosiy maqsadining ikkinchi
qismini qayta ko‘rib chiqib-marksizm-leninizm konsepsnyasini nafaqat xalq ommasiga balki,
kommunistlarga ham tushunarsiz bo‘lgan boshqa sotsializm konsepsiyasi bilan almashtirishdi.
Syezd «insonparvar demokratik sotsializm sari» shiorini qabul qildiki, u plyuralistik demokratik
va huquqiy davlat qurishga qaratilgan bo‘lib, mulkchilikning turli shakllarini va «boshqariladigan
bozor munosabatlari»ni tan olardi. Mamlakatda inson huquq va erkinliklari himoya qilinishi kerak
edi. Bu g‘oyalarni KPSSning yangi dasturiga kiritishga qaror qilindi.
Bunda partiyaning yetakchilik roli, xilma-xillikka asoslangan demokratiya sharoitida g‘oyalarni
ishlab chiqish, ommani tarbiya qilishga yo‘naltirishdangina iborat bo‘lardi. Partiya endi respublika
partiyalarining federatsiyasiga aylanib va uning siyosiy byurosi esa respublika rahbarlaridan
saylanardi. Qayta tashkil qilingan MK o‘zgargan sharoitda partiyani faollashtirish yo‘llarini qidirar
va keskin vaziyatlarga mo‘ljallab yashirin moliyaviy zaxiralar shakllantira boshladi.
Ammo na partiya xodimlari va na oddiy kommunistlar ularning tajribasi va ilgarigi
tasavvurlaridan keskin farq qiluvchi g‘oyalarni amalga tadbiq qilishga qodir emas edilar. MKga
xabar berishicha ilgarigi ko‘pgina tashkilotlar ishdan chiqdi, mahalliy joylarda tashkil qilinganlari
esa ishlolmas edi. «Mahalliy rahbarlarga yo‘naltirilgan MKning qarorlari bekorga ketar, ularni hech
kim amalga oshira olmasdi. Xalq bilan mustahkam bog‘lanmagan partiya apparati o‘z qozonida
qaynayotgan edi», - degan xabarlar MKga yetib kelardi. Xalq KPSS ishini ko‘rmas va sezmas edi.
Partiya qayerdadir idoralarda edi. Ko‘pchilik KPSSni tark etdi. 1990 yil yanvar oyidan 1991 yil
yanvar oyigacha uning a’zolari soni 19,2 dan 16,5 millionga tushdi. qolganlar esa faqatgina rasman
Do'stlaringiz bilan baham: