Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 
 
 
Qarama-qarshilikning keskinlashuvi  
va inqirozning muqarrarligi 
 
Mamlakatda «real sotsializm» inqirozi keltirib chiqargan qiyinchiliklar va salbiy holatlarni qalin 
o‘rmonining orqasida turgan sovet oligarxiyasi ko‘rishni xohlamas edi. Ko‘klarga ko‘tarib maqtash, 
ko‘pdan-ko‘p davlat mukofotlari bilan taqdirlash, umrining oxirigacha, ya’ni 1982 yil noyabrigacha 
KPSS  MKning  Bosh  kotibi  L.I.Brejnevning  shaxsiga  sig‘inishni  qo‘llab-quvvatlash  «real 
sotsializm»ning vositasi bo‘lib keldi. 
L.I.Brejnev haqida esa: «kult bor, ammo shaxs yo‘q» deb aytishardi. Ammo nomenklatura unga 
xos  bo‘lgan  eskilikni  yoqlash,  ko‘ngilchanlik  va  bemalollik  xususiyatlarini  hamda  xatolarga  va 
suiste’mol qilishlarga beparvoligini qadrlar edi. Undan keyin oligarxiyani boshqargan Y.Andropov 
«real  sotsializm»ning  lenincha  hayotiyligiga  zarracha  shubha  qilmasdi.  U  intizomni 
mustahkamlash, «sovet xalqi»ni ma’muriy-milliy birlashtirish (ruslashtirish orqali) va mamlakatni 
harbiylashtirish uchun jon kuydirdi. Uning qat’iyligi va jamiyatni o‘rganish zaruratini tan olganligi 
mamlakatda o‘zgarishlarni kutish sukunatini jonlantirdi, ammo u 1984 yil fevralida olamdan o‘tdi. 
Uning vorisi K.Chernenko kasal bo‘lishiga qaramay imkoni boricha «Brejnevcha» yo‘l tutdi, ammo 
1985 yil martigacha ham yashay olmadi. 
«Tantanali  dafnlar  besh  yilligida»  (uchta  bosh  kotib)  oligarxiyaning  asosiy  quroli  -  KPSS 
hamma  narsaga  qodirdek  tuyulardi.  Uning  a’zolari  soni  19  million  kishini  tashkil  etdi.  Siyosiy 
byuro  siyosatini  amalga  oshiruvchi  yuz  minglab  partiya  qo‘mitalari  barcha  sovet  xo‘jalik  va 
ijtimoiy  tashkilotlarini  qamrab  olgan  edi.  Ular  18  millionga  yaqin  turli  boshqaruv  tuzilmalari 
xodimlari faoliyatini boshqarar va keng omma jumladan kasaba uyushmalari, «ijodiy uyushmalar» 
va  boshqa  ijtimoiy  tashkilotlar,  hatto  filaterist  (marka  yig‘uvchi)  va  ovchilarning  siyosiy  hatti-
harakatlarini  ham  yo‘lga  solib  turishardi.  Ommaviy  axborot  vositalari,  kino  va  teatrlarda  senzura 
hukmronlik qilardi. Radiotelealoqa, ko‘paytiruvchi texnika va kompyuterlardan erkin foydalanishga 
yo‘l qo‘yilmasdi. 
KPSS  bor  kuchi  bilan  hammani  yorqin  kelajak  haqidagi  xom  xayollarga  ishontirish,  xalq  va 
hokimiyat manfaatlari birligini uqtirib xalq faolligini oshirishga harakat qilardi: «xalq va partiya bir 
butundir!».  Hatto,  KGB  80-yillar  boshiga  kelib  turli  huquqshunos  liberallar,  demokratlar, 
millatchilar  va  hokazolarni  chegaralash,  lager  va  ruhiy  kasalliklar  shifoxonasiga  joylash  yoki 
mamlakatdan haydash choralarini ko‘rdi va uning uddasidan chiqdi. 
KPSS  boshlang‘ich  tashkilotlari  va  ularning  faol  tarkibi  «sotsializm  afzalliklari»,  «sotsialistik 
demokratiya» va «sovetcha yashash tarzi»ning ustunligi, «kommunizm quruvchisi»ni tarbiyalashni 
targ‘ib qilishni kuchaytirar, mehnat kollektivlarini «jamiyatning asosiy yacheykasi»ga aylantirishga 
harakat  qilardi.  Ijtimoiy  birlik  manfaatlari  uchun  tenglashtirish  tendensiyalarining  qo‘llab-
quvvatlangan  tadbirlari  o‘tkazilardi.  Odamlarga,  ularning  butun  hayoti  va  faoliyatining  mazmuni 
«yorqin kelajak» uchun xizmat deb tushunishlarini uqtirardilar. 
«Sovet xalqi odamlarning yangi tarixiy jamoasi» sifatida targ‘ib qilindi va uning birligi uchun 
hukumat keng  integratsiya  jarayonini,  millatlararo va elatlararo nikohlar va ruslashtirish siyosatini 
qo‘llab-quvvatlar,  elatlar  o‘rtasidagi  o‘ziga  xoslikni  hamda  farqlarni  kamsitib,  ularning  ona  tilini 
o‘rganishlarini va o‘z tillarida kitoblar chop etishni qisqartirib bordi. 
Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  va  ilmiy  texnika  taraqqiyotini  jadallashtirish  uchun 
siyosiy byuro «iqtisodiyot iqtisodli bo‘lishi kerak!» deb jar solar va ishlab chiqarishning ekstensiv 
o‘sishidan  intensiv  o‘sishga  o‘tishiga  da’vat  qilardi.  Barcha  boshqaruv  idoralari  tomonidan 
rejalashtirish  va  boshqaruvni  yaxshilash,  eng  yangi  sohalarning,  brigada  va  korxonalarni  xo‘jalik 
hisobiga o‘tkazish va rivojlanishini tezlashtirish, yuksak texnologiyalarni joriy qilish ishchilarning 
ishlab  chiqarishdan  manfaatdorligini  oshirish  bo‘yicha  choralar  qabul  qilinardi.  Asosiy  e’tibor 


 
169 
importga,  qurollarni  yangilash  uchun  yuqori  texnologiyalar  yaratishga  qaratildi.  Butun  mamlakat 
xo‘jaligini  markaz  boshqarib  turar,  respublikalar  hokimiyatidagilar  esa  o‘zlaridagi  ishlab 
chiqarishning ko‘pi bilan 15-20%ini boshqara olishardi, xolos. «Ular Moskvadan so‘ramasdan turib 
oddiy  mix qoqishni  ham uddalay olishmaydi»-ularning konstitutsiyasida  «yozilgan» suverenitetini 
shunday baholar edi M.Gorbachev. 
Ammo  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishga  muvaffaq  bo‘linmadi.  80-yillarga  kelib 
eskirgan  asbob-uskunalar  ulushi  40%dan  oshdi.  Eng  yangi  mashinalarni  yaratish  va  ishlab 
chiqarishga  joriy  etish  uchun  SSSRda  AQShdagiga  ko‘ra  9-10  marta  ko‘proq  vaqt  sarf  etilardi. 
Sovet ishlab chiqarishida energiya va xom ashyo sarfi G‘arbiy Yevropadagidan 1,5-2 baravar ko‘p, 
ammo ishlab chiqarish samaradorligi bir necha barobar past edi. Korxonalarning 25-30%i surunkali 
ravishda daromad bo‘yicha rejalarni bajarmas edi. Agrosanoat kompleksining maxsus tarzda tashkil 
qilinishiga qaramasdan 70% ga yaqin kolxoz va sovxozlar hatto sovet o‘lchovlari bo‘yicha zarariga 
ishlar edi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib, neftning dunyo bozoridagi narxlari pasayishi munosabati 
bilan  sovet  budjeti  uchun  juda  muhim  bo‘lgan  neft  eksportidan  olinadigan  daromad  ham  ancha 
qisqardi, 
Sovet  iqtisodiyoti  harbiyligicha  qolaverdi.  Eng  avvalo,  harbiy  maqsadlarda,  strategik  xom 
ashyoni  qazib  olish  oshirilar,  tadqiqotlarning  4G‘5  qismi  harbiy  maqsadlarda  o‘tkazilar,  yangi 
harbiy  texnologiyalar  yaratilar,  raketalar  va  sun’iy  yo‘ldoshlar  uchirilardi.  Ammo  SSSR  biror 
strategik  texnologiya  bo‘yicha  AQShdan  o‘zib  keta  olmadi  va  faqatgina  bir  necha  yo‘nalish 
bo‘yicha  tenglikni  saqlab  qola  oldi  xolos.  «Ular  -  deb  yozadi  raqiblar  haqida  KGB  rahbari 
V.Kryuchkov  -  Sovet  Ittifoqini  lazer  texnologiyalari,  aviatsiya,  harbiy-dengiz  floti,  oddiy 
qurollarning  ba’zi  turlari  bo‘yicha  ancha  ortda  qoldirishdi».  SSSR  ustunligi  u  yoqda  tursin,  hatto 
harbiy  strategik  tenglikni  saqlash  imkoniyatidan  ham  mahrum  bo‘ldi,  AQSH  esa  sifat  jihatidan 
yangi qurolni ishlab chiqarishga kirishdi. 
Umuman, ishlab chiqarishning yillik o‘sish sur’atlari 13,2 dan 10% gacha pasaya bordi. Yuksak 
texnologiyalar  o‘choqlari  yaratilishidan  qatiy  nazar,  ishlab  chiqarish  samaradorligi  bo‘yicha  u 
elektron axborot ishlab chiqarishga o‘tgan mamlakatlardan tobora ortta qolib bordi. 
Aholini  davlat  monopoliyasiga  asoslangan  ekspluatatsiyasi  chuqurlashib  bordi.  Mehnatga  haq 
to‘lash  uning  natijalariga  umuman  mos  kelmas  edi  va  ishchilar  yaratgan  daromadning  tobora 
kattaroq  qismi  ijtimoiy  iste’mol  fondlari  tomonidan  mehnat  samarasiga  nomutanosib  tarzda 
taqsimlanardi.  Eng  malakali  va  qobiliyatlilarning  bor  mahorat  bilan  mehnat  qilishi  qiziq  bo‘lmay 
qoldi, chunki ularning mehnati juda past baholanar edi. «Umuman SSSRda yaxshi ishlash befoyda 
edi»,- deb guvohlik beradi V.Pavlov 
Yuqori  darajada  rivojlangan  mamlakatlarning  «iste’molchilar  jamiyati»dan  farqli  o‘laroq 
SSSRda  fuqarolik  tovarlarini  ishlab  chiqarish  bilan  sanoatning  atigi  10-15  %i  band  edi.  Buning 
natijasida  mamlakatda  50  million  aholiga  jon  boshiga  hisoblaganda  o‘rtacha  9  m2  yashash  joyi 
to‘g‘ri  kelgan  va  aholining  ovqatlanishi  ratsion  normalaridan  ham  40-30-20%  kamroq  bo‘lgan. 
Dori-darmonlar  ham  yetishmas edi. 80-yillarning  o‘rtalariga kelib,  hukumatning e’tirof qilishicha, 
aholining  40  million  nafari  qashshoq  ahvolda  yashagan.  SSSRda  aholining  sog‘liq  darajasi  va 
o‘rtacha  umr  kechirishi  eng  rivojlangan  mamlakatlarga  nisbatan  ancha  yomon  edi.  Har  yili  120 
ming nosog‘lom bolalar tug‘ilardiki, bu aholi genefoni (nasliy aql-zakovati)ga katta zarar yetkazdi. 
Neftni  eksport  qilishdan  keladigan  daromadning  kamaygani  sababli  import  qisqartirildi  va 
aholiga  zarur  mollar  tanqisligi  oshdi,  hukumat  esa  o‘zining  xarajatlarini  qoplash  uchun  pul 
emissiyasini  oshirdi.  Bu  narxlarning  ko‘tarilishiga,  olib-sotarlikning  avj  olishiga  va  noqonuniy 
korxonalar - «yashirin iqtisodiyoti»ning faollashishiga olib keldi. 
Ekologik  vaziyat  ham  tobora  murakkablasha  bordi,  tabiatning  atom  va  kimyoviy  chiqindilar 
bilan  ifloslanishining  haqiqiy  ko‘rsatkichlari  yashirilar  edi.  Yillik  ekologik  talofotlar  SSSRda 
tabiatni  muhofaza  qilish  uchun  sarflangan  xarajatlardan  4-5  marta  ko‘p  edi.  Ekologik  ofat 
mintaqalari  soni  150  dan  oshib  ketdi.  Orol  dengizi  qurib  borar,  Baykal  va  Ladoga  ko‘llari 
zaharlandi,  mamlakatda  iste’mol  qilinadigan  suvning  80%  i  zarur  tozalik  standartiga  (meyoriy 
o‘lchami) javob bermas edi. 
Bularning  hammasiga  qaramasdan  SSSRning  harbiy  xarajatlari  Ulug‘  Vatan  Urushining  eng 
qizg‘in  paytidagidan  ham  ko‘proq  edi.  Sovet  rahbarlari  «dunyo  tarozisi  pallasiga  o‘zining  kuchli 
salohiyatini  qo‘yganligi»dan  maqtanishar  edi.  Siyosiy  Byuro  mamlakat  zaxiralari  hisobidan 


 
170 
Angola,  Kuba,  Nikaragua,  Janubiy  Yaman,  Habashiston  rejimlarini  saqlab  turishga  va  boshqa 
«do‘stlar»ga, hamda o‘nlab xorijiy kompartiyalarga milliardlab so‘m va dollarni jo‘natar edi. Uning 
global da’volarini  qondirish  maqsadida harbiy  baza va  yo‘llar qurilishi uchun XXR bilan chegara 
bo‘ylab  qo‘shin  saqlash  uchun  katta  xarajatlar  amalga  oshirildi.  Yuzlab  sovet  kema  va  atom  suv 
osti kemalari dengiz va okeanlarni kuzatib yurardi. Yuzlab «yo‘ldoshlar» raqibni nazorat qilardi. 
SSSRning boy berilgan ilgarigi ta’sirini tiklash uchun Siyosiy Byuro qarori bilan 1979 yilning 
dekabrida  Afg‘onistonga  sovet  harbiy  intervensiyasining  boshlanishi  ko‘p  yillik  qon  to‘kishlarga 
olib  keldi.  Unda  620  ming  sovet  harbiylari  qatnashib,  14,5  ming  kishi  halok  bo‘ldi,  bundan  bir 
necha  barobar  ko‘p  kishi  yarador  bo‘lib,  katta  mikdordagi  texnika  qo‘ldan  boy  berildi.  O‘nlab 
milliard  dollarlar  ko‘kka  sovurilib  milliondan  ortiq  afg‘onlar  yo‘q  qilindi,  ammo  g‘alabaga 
erishilmadi.  Bu  intervensiya  barcha  mamlakatlarda  norozilik  uyg‘otdi.  Muvaffaqiyatsizliklar  va 
obro‘ning  to‘kilishidan  g‘azabga  kelgan  sovet  militaristlari  qurolli  kuchlarni  ko‘paytirishni  talab 
qilishar,  ogohlantiruvchi  yadro  zarbasi  g‘oyasini  qo‘llab-quvvatlar  va  «butun  mamlakatni  harbiy 
lagerga aylantirish»ga intilardi. 1984 yilda uchta «operativ-strategik teatrlar»da G‘arbiy, Janubiy va 
Uzoq Sharq bosh qo‘mondonliklari tuzildi. 
Sovet rahbariyati na XXR bilan aloqalarni yaxshilashning, na Yevropa mamlakatlaridagi «real 
sotsializm»ni,  Osiyo,  Afrika  va  Lotin  Amerikasidagi  do‘stona  tuzumlarni  mustahkamlashning,  na 
xalqaro  tinchlikni  saqlashning  va  na  parchalanib  borayotgan  jahon  kommunistlar  harakatida  o‘z 
gegemoniyasini tiklashning uddasidan chiqa oldi. 
SSSR  ichidagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  keskinlasha  bordi.  Aholining  mamlakat  rahbariyatiga 
nisbatan ishonchi yo‘qoldi. Ko‘pchilik sotsializmga sodiq qolsada, ammo har bir kishi o‘z foydasi 
nuqtai nazaridan amal qilar, ikkilama standart asosida hayot kechirardi. Ko‘pchilik moslashib turib 
insoniy or-nomus va erkinlikni tinchlik va mayda imtiyozlarga, fuqaro javobgarligini oddiy, ammo 
nisbatan barqaror maishatga almashtirdi. 
Bunda  xo‘jalikda  band  bo‘lganlar  asosiy  qismi  uchun  ishdan  qoniqmaslik,  past  intizom,  ish 
vaqti  va  uskunalardan  noto‘g‘ri  foydalanish,  mahsulot  sifatiga  befarqlik,  qo‘shib  yozishlar  bilan 
«pul  ishlash»ga  va  maoshni  talon-taroj  qilish  yo‘li  bilan  to‘ldirishga  intilishlar  xos  bo‘ldi. 
Sotsiologlarning  aniqlashlaricha,  mamlakatning  atigi  15-17%  mehnatkashlari  vijdonan  mehnat 
qilardi. 
Tuzum  kamchiliklari  va  dardlaridan  o‘z  maqsadlari  yo‘lida  foydalanuvchilar  ko‘payib  bordi. 
Jinoyatchilik katta sur’atlar bilan o‘sardi. Ichkilikka suyanib qolgan va hafsalasi pir bo‘lganlar soni 
oshib ketdi. Ichkilikbozlik umumxalq odatga aylandi. 
Majburiy  migratsiya  va  ish xarakteridan,  maoshdan  norozilik natijasida  yillik  ishchi kuchining 
tashqariga  oqib  ketishi  ishda  bandlarning  25-30%ini  tashkil  etdi.  Shu  bilan  birgalikda  korxona  va 
idoralarda  ish  vaqtining  15-20%i  bekorga  sarflanar,  millmonlab  qalbaki  ish  bilan  bandlar  bo‘lib, 
aholisi  zich  joylashgan  Janubiy  mintaqalarda  ish  topa  olmayotgan  ishga  layoqatlilar  soni  ortib 
bordi. 
Butun mamlakat bo‘yicha ongsiz ommaviy davlat monopoliyasiga asoslangan ekspluatatsiya va 
ishchi-xodimlarning  bevosita  manfaatlarini  poymol  qilishga  nisbatan  norozilik  avj  olib  bordi. 
Hukumat  uni  fuqarolar  hayotini  ma’muriy  cheklash  orqali  bartaraf  qilishga  urindi,  ammo  bu 
kutilgan  natijani  bermadi,  balki  qog‘ozbozlikni  yanada  kuchaytirdi.  Rahbariyatining  barcha 
bo‘g‘inlarida  xato  va  qiyinchiliklarni  yashirish,  tartibsizlik  va  mas’uliyatsizlik,  korrupsiya  va 
poraxo‘rlik  orqali  mansabparastlik  kasaliga  giriftor  bo‘lishi  kuchaydn.  Oliy  rahbariyatning  ta’siri 
ham  pasaydi,  chunki,  u  Andropov  e’tirof  etishicha,  Sovet  jamiyatini  yaxshi  bilmas  edi.  Bajarish 
uchun  hech  qanday  mablag‘  va  vositalar  bo‘lmasada  buyruqlar  tez-tez  berilib  turar,  bajarilishi 
mumkin bo‘lganlari ham bajarilmas edi. Bundan tashqari, tashvish bilan Gorbochev tan olganidek, 
«butun tuzumda» laganbardorlik, xo‘jako‘rsinchilik, shaxsiy aloqalar va turli rahbarlar atrofida turli 
mafiya (klon)lar hukmron edi. 
Aholining  eng  faol  qismi  o‘zgarishga  moil  edi.  Shuning  uchun  Andropov  mamlakatda 
dushmanona kayfiyatdagi yuz minglab odamlar bor va tuzum qotag‘onlar uyushtirishga majbur deb 
hisoblar  edi.  Bu  odamlar  turlicha  harakat  qilishardi.  «Lenincha  g‘oyalar»ga  qaytishga  da’vat 
etishardi, qatog‘onlar tufayli yarim unutilgan va yo‘qolib bo‘lgan o‘z elatlari fuqarolarini yoki tili 
va  madaniyatining  erkinliklarini  himoya  qilishardi.  Tuzum  jinoyatlarini  fosh  etishni  va  liberal 


 
171 
qadriyatlar - inson erkinligi va huquqlarini himoya qilishni talab ettirishardi. Diniy erkinlikni talab 
qilishardi, qurollanish poygasiga va Sovet intervensiyalariga nisbatan norozilik bayon qilishardi. 
Ustalik  bilan  amalga  oshirilgan  ta’qiblar  va  qatag‘onlarga  qaramasdan,  Y.Orlov,  S.Kovalev, 
V.Bukovskiy,  V.Chernovil  kabi  qo‘rqmas  kishilar,  deyarli  hamma  respublikalardagi  yirik 
markazlarda,  hamda  chet  elda  faoliyat  ko‘rsatishardi.  Ularning  chiqishlari,  mamlakat  ichida 
yashirin  tarzda  bo‘lsa  ham,  keng  xalqaro  ta’sirga  ega  bo‘lib,  Sovet  totalitarizmiga  qarshi 
kuchlarning  birdamligini  oshirishga  xizmat  qildi.  A.Soljenitsinning  «Gulag  Arxipelagi»  kitobi  va 
akademik A.Saxarovning mavjud tuzum va uning agressiyasiga qarshi noroziliklari SSSR haqidagi 
xom xayollarga qaqshatqich zarba berdi. 
Tarqoq  norozilik  bayon  qilib  chiqqanlar  guruhlari  ko‘p  emas  edi,  ammo  butun  mamlakat 
bo‘yicha norozilar-dissidentlar (ularni shunday atashardi) soni 250 mingtaga yetardi. Ularning o‘z 
maqsadlariga  erishish  yo‘llari  turlicha  va  o‘ta  abstrakt  (xayoliy)  edi.  A.Amalrik  kabi  SSSR 
parchalanishini oldindan bilganlar juda kam edi. Ammo ular uning xalqlari sharafini fidoiylik bilan 
himoya qilishardi. 
Ularning  chiqishlari  va  aholining  passiv  qarshiligi  hamda  noroziligining  o‘sishi  totalitar 
(mustabid)  rejimni  egovlardi.  Qiyinchiliklarning  o‘sib  borayotganini  e’tirof  etgan  Y.Andrapov: 
«biz bunday qiyin vaziyatda muammolarni bir urinishda hal etolmaymiz, agar biz barcha yo‘llarni 
ochsak  va  xalq  o‘z  baxtsizlik  va  noroziliklarini  to‘kib  soladigan  bo‘lsa,  bu  oqim  bizni  yutib 
yuboradi va biz uni to‘xtata olmaymiz»-degan edi. Inqirozga endi beparvolik bilan qarab bo‘lmasdi, 
ammo uni qanday bartaraf qilish kerakligini ham hech kim bilmas edi. 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish