Йилларда франция


Mustabid tuzumni qayta qurish va



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

Mustabid tuzumni qayta qurish va  
qismlarga ajratish 
 
O‘sib  borayotgan  «salbiy  holatlar»  oqimini  bartaraf  etish  yo‘llarini  izlashni  faollashtirish 
maqsadida Siyosiy  Byuro 1985 yilning  mart oyida Bosh kotib  lavozimiga o‘z a’zolari  ichida eng 
layoqatli  bo‘lgan  M.Gorbachevni  olib  chikdi.  Albatta,  bu  «sodiq  leninchilar»  taraqqiyot  yo‘lini 
hech qachon o‘zgartirmaslikni hoxlardilar va agar ular tanlagan bosh kotibning kelajakda nimalarga 
qo‘l urishini  bilganlarida uni tanlash to‘g‘risida  hech qanday gap so‘z bo‘lishi  mumkin emas edi. 
Gorbachevning  o‘zi  ham  Siyosiy  Byuroda:  «Biz  siyosatni  o‘zgartirishimiz  shart  emas.  U  to‘g‘ri, 
haq va haqqoniy siyosatdir»- deb bayon qilgan edi. 
Oligarxiyadagi  buzilmas  tartib  tufayli  oliy  hokimiyat  «oqillik»  va  javobgarlikka  ega  bo‘lgan 
Gorbachev  hamkasblarini  aldamayotgan  edi.  U  paytda  qiyinchiliklarni  bartaraf  etishga  ishtiyoq 
totalitar tuzumining barham topishi va keyinchalik oliy maqsaddan voz kechishga olib kelishi uning 
xayoliga ham kelmagan edi. U «real sotsializm» krizisga uchraganini tan olmasdan, maslakdoshlari 
va  mamlakatni  sinov  va  xatolar  yo‘liga  boshladi.  Sovet-partiyaviy  an’analariga  ko‘ra  u  avtoritar 
faoliyat ko‘rsatdi. 
Avvaliga u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish shiorini o‘rtaga tashladi. Ammo tezda 
eskirgan asbob-uskuna va texnologiyalarni eng yangilariga almashtirishga ko‘proq e’tibor berilishi 
boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish qisqarishiga olib keldi. Buni amalga oshirish uchun vositalar 
ham yetarli emas edi. 
Ayniqsa  ichkilikbozlikka  qarshi  olib  borilgan  ayovsiz  kurash  bir  tomondan  alkagolizmni 
kamaytirgan  bo‘lsada,  ikkinchi  tomondan  odamlar  sog‘ligi  va  ishlab  chiqarishga  zarar  yetkazdi, 
budjetni  bir  necha  yil  spirtli  ichimliklarni  sotishdan  keladigan  foydadan  -  200  milliard  so‘mdan 
(rubldan) mahrum qildiki, bu mamlakat byudjntiga qattiq zarba bo‘ldi. 
Rivojlanishni  jadallashtirish  maqsadida  intizom  qat’iylashtirildi.  Sanoatda  ishlab  chiqarish 
sifatini  yaxshilash  maqsadida  uni  davlat  qabul  qilib  olish  tartibini  joriy  qildi.  Ishchilarning 
tashabbuskorligi  va  javobgarligini  oshirish  uchun  mehnat  jamoalari  to‘g‘risidagi  qonun,  ularga 
hattoki  rahbarlarni  saylashgacha  bo‘lgan  keng  huquqlarni  berdi.  Ammo  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotning  davlat  tomonidan  qabul  qilinishi  mahsulotning  ilmiy-texnik  darajasini  ko‘tardi, 
ishchilardagi  «xo‘jayinlik  tuyg‘usi»  esa  «jamoaviy  xudbinlikda»,  ya’ni  «qo‘lay»  rahbarlarni 
tanlash, narxlar va oylikni ixtiyoriy ko‘tarishda namoyon bo‘lib, u xo‘jalik va jamiyatga katta zarar 
yetkazdi. 


 
172 
Sanoatda odamlar  xavfsizligi  ta’minotini  inobatga  olmaslik  oqibatida  1986  yilda  Chernobilda 
yadro reaktori portlashi yuz berdi, u ko‘pgina mamlakatlarga zarar yetkazdi va keng mintaqa aholisi 
uchun fojiaga aylandi. 
Iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlarini o‘zgartirish zarurligiga ishonch hosil qilgan Gorbachev ilgari 
Xrushev tomonidan qo‘llangan qayta qurish ishlarini o‘rtaga tashladi. KPSSning 1986 yil boshidagi 
syezdi  uni  qo‘llab-quvvatladi  va  mehnatkashlarni  «sotsialistik  o‘zaro  yordam  va  talabchanlikni» 
oshirishga  chaqirdi  va  qisqa  muddatda  ishlab  chiqarishni  keskin  oshirish,  mehnat  unumdorligini 
oshirish, mamlakatni uy-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanish muammolarini hal qilishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘ydi. 
1987 yilga kelib aholi extiyoji uchun zarur mollar va budjet tanqisligini bartaraf qilishga urinib, 
oliy  hokimiyat  organlari  Gorbachev  tashabbusi  bilan  iqtisodiyot  boshqaruvini  tubdan  qayta 
qurishga kirishdilar, davlat korxonalari, vazirliklar, respublika idoralari, ta’minot tizimlari, banklar 
mavqeini  o‘zgartiruvchi  qaror  va  qonunlar  hamda  keng  ijtimoiy  dasturlar  qabul  qilishdi.  Bu 
choralar  xo‘jalikni  ma’muriy  ko‘rsatmalar  orqali  boshqarishni  shartnomaviy  boshqaruvga 
almashtirdi,  ammo  ular  har  doim  ham  bir-biri  bilan  mos  tushmas  va  rejalarning  bajarilishini 
kafolatlay olmasdi. Dasturlarni amalga oshirish uchun esa vositalar yo‘q edi. 
Ko‘rilgan  choralar  natijasida  hokimiyat  tomonidan  aholi  iste’moli  uchun  yo‘naltirilgan 
mahsulotlar ulushi biroz ko‘tarildi. Ishchilarning o‘z-o‘zini moliyalash, pudrat va ijara asosida ishni 
tashkil  qilish  joriy  qilindi,  rahbarlar  ishlab  chiqarishni  aholi  extiyojlariga  yo‘naltirish,  mehnatga 
haq  to‘lashni  esa  uning  natijasi  bilan  bog‘liq  tarzda  amalga  oshirishga  harakat  qilishardi.  Keyin 
kooperativ,  mohiyatan  ishbilarmonlikka  asoslangan,  individual  mehnat  faoliyatiga  ruxsat  etildi  va 
qonunlashtirildi. Hokimiyat ruxsati bilan qo‘shma korxonalar, hatto  chet elliklar  ishtirokida tuzila 
boshlandi.  Bu  choralar  aholini  davlat  tomonidan  ekspluatatsiya  qilinishining  markazlashishini 
susaytirib, ekspluatatsiya vazifalarining bir qismi tarmoqlar va korxonalar rahbarlari qo‘liga o‘tdi. 
Ammo  bolangan  iqtisodiy  tashabbuskorlik  (ishbilarmonlik),  sovet  sanoatining  asosi  -  harbiy-
strategik sanoati u  yoqda tursin, hattoki  iste’mol  mollari  ishlab chiqarishni  va xizmat ko‘rsatishni 
ham qamrab olmagan edi. 
1985-1989  yillarda  budjet  tanqisligi  5  marta  oshdi,  ammo  uni  bartaraf  etish  uchun  amalga 
oshirilgan emissiya SSSR ichki qarzlarini 2,5 martaga - oshirdi. Iqtisodiyot va jamiyatdagi «salbiy 
holatlar» ko‘payishni davom ettirdi. Bu yo‘nalishda islohotlar ish bermayotgan edi. 
Ammo  iqtisodiyotni  qayta  qurish  davom  etardi.  1988  yil  yozidagi  KPSSning  Butunittifoq 
konferensiyasi  iqtisodiy  o‘zgarishlarni  chuqurlashtirishga  qaror  qildi:  davlat  buyurmalari  va 
ko‘rsatmalari  asosidagi  ma’muriy  boshqaruvni  cheklash,  to‘la  xo‘jalik  hisobini  va  uning  shaklini 
mehnat  kollektivlari  tomonidan  tanlanishini  joriy  etish,  hamda  iqtisodiy  o‘z-o‘zini  boshqarish 
vazifalari  qo‘yildi.  Iqtisodiyotni  liberallashtirishga  qaratilgan  bu  qadam  ko‘pgina  xo‘jalik 
rahbarlarini  esankiratib qo‘ydi  va  harbiy sanoat  qo‘rg‘onlariga duch keldi. Ishlab chiqarish o‘sishi 
sekinlashdi  va  1990  yilga  kelib  dunyo  Yalpi  Mahsulotida  SSSR  hissasi  8%  gacha  pasaydi  va  eng 
asosiysi  oziq-ovqat  va  boshqa  mahsulotlar  tanqisligi  oshdi.  «Magazin  (do‘kon)lar  peshtaxtalarida 
zarur  oziq-ovqat  mahsulotlari  tobora  kam  paydo  bo‘lmokda;..  -  oxirgi  paytlarda  baliq,  go‘sht, 
yormalar,  makaron  mahsulotlari  savdodan  umuman  yo‘qoldi»-  deb  joylardan  MKga  xabarlar 
kelardi.  Oziq-ovqat  va  eng  oddiy  sanoat  mahsulotlarini  «izlab  topish»  tobora  qiyinlashib  borar, 
narxlar  ko‘tarilib  borar,  navbatlar  cho‘zilar,  olib  sotarlik  avjiga  chiqayotgan  edi.  Hukumat 
tomonidan  ko‘tarib  chiqilgan  «Kuchli  ijtimoiy  siyosat»  shiorini  amalga  oshirish  uchun  zahiralar 
yo‘q edi. 
1986 yildayoq Gorbachev va uning izdoshlari faqatgina iqtisodiyotni qayta qurish ahamiyati va 
jozibaliligini ta’kidlab uni inqilob deb atadi. Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqqa qayta qurish haqidagi 
da’vatlari  bilan  murojaat  qilishlari  unga  Siyosiy  Byuroda  tan  olingan  daxlsizlikka  erishishiga 
yordam  berdi.  Ikki  yil  ichida  u  Siyosiy  Byuro  a’zolarining  70%  ini  «qayta  qurish  ish 
boshqaruvchilari» B.Yelsin, A.Yakovlev, E.Shvardnadze va boshqalar bilan almashtirishga ulgurdi. 
MK (Markaziy Qo‘mita) tarkibi 40%ga yangilandi. 
Ko‘pgina  partiya  va  davlat  arboblarining  mutaassibligi  va  rasmiyatchiligiga  duch  kelgan 
Gorbachev  Stalincha  «deformatsiya»  va  «tormozlash  mexanizmini»  bartaraf  etishga  «sotsialistik 
demokratiya» va «xalqning o‘z-o‘zini boshqarishi»ni rivojlantirishga da’vat etdi. Uning tashabbusi 
bilan  Siyosiy  Byuro  va  MK  oshkoralikni  -  ancha  ilgari  yo‘q  qilingan  so‘z  erkinligini  sotsializm 


 
173 
doirasida  e’lon  qildi.  Kamchiliklarning  va  ko‘pgina  rahbarlar  faoliyatining  quyidan  turib  tanqid 
qilinishi,  fuqarolar  tomonidan  o‘z  takliflarining  o‘rtaga  tashlanishi  va  tarqoq  holdagi  ommaviy 
chiqishlar  qayta  qurishning  kengayishi  va  chuqurlashuviga  olib  keldi.  Natijada  viloyat  partiya 
tashkilotlarida 60% kotiblar, hamda ko‘pchilik Sovet va xo‘jalik rahbarlari almashtirildi. 
Mo‘ljalni aniq belgilash va qayta qurish konsepsiyasini ishlab chiqish qiyin edi. 1987 yil kuzida 
Gorbachevning  «qayta  qurish  va  yangicha  fikrlash  mamlakatimiz  va  butun  dunyo  uchun»  nomli 
kitobi  chikdi.  Unda  u  umuminsoniy  qadriyatlar  ustunligi  va  barcha  mamlakatlar  xalqlari  ularning 
atrofida birlashishi zarurligi haqida yozgan edi. Bu M.Gorbachevga SSSR oliy rahbariyat organlari 
qo‘shma  yig‘ilishida  o‘z  so‘zlariga  ishontirishiga  xalaqit  bermadi:  «Biz  yangi  olam  sari 
kommunizm  olami  sari  bormoqdamiz».  «Bu  yo‘ldan  biz  hech  qachon  chekinmaymiz!».  Kitobida 
esa  u  gap  «umumxalq  sotsialistik  davlat»,  «jamoaviy  mulk»  boshqaruvdagi  partiyani  o‘zgartirish 
haqida  emas,  balki  ularni  rivojlantirish  va  chuqurlashtirish,  SSSRning  ichki  va  tashqi  o‘tkir 
muammolarini  ochishga  noan’anaviy  yondoshishni  o‘zgartirish,  markscha-lenincha  yondoshuv  va 
jamiyatni  yaxshi  bilmaslik  natijasida  konsepsiyasini  ishlab  chiqish  qiyinlashayotgan  yangicha 
siyosat yuritish zarurligini tan olishdan iborat edi. 
Gorbachevning  «yangilanish  mafkurasi»  bilan  chiqishi  konservatorlar  («prinsiplaridan  voz 
kecha  olmaydigan»),  mo‘tadil  «yangilanganlar»  (sotsializmni  insonparvar,  demokratik  qilish 
uchun), radikallar («ko‘p partiyaviylik, respublikalar va fuqarolar huquqlarini kengaytirish uchun») 
o‘rtasidagi qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. 
1988 yildagi KPSSning Butunittifoq konferensiyasi biroz ikkilanib siyosiy tizimni qayta qurish, 
ichki partiyaviylik demokratiyasini tiklash va qatag‘on qurbonlarini oqlashni davom ettirishga qaror 
qildi. 
Gorbachev  KPSS  rolini  mustahkamlashga  da’vat  etar  va  shu  bilan  birgalikda  shaxs  huquq  va 
erkinliklarini kengaytirish orqali odamlarning qayta qurishda ishtirokini ta’minlashga harakat qildi. 
Konferensiya  delegatlarining  deyarli  yarmi  bunday  o‘zgarishlarga  qarshi  bo‘lib,  uni  asosiy 
yo‘nalishdan chekinish deb hisoblashardi. 
Konferensiya  kommunistik  partiyaning  mafkuraviy-siyosiy  monopoliyasini  saqlagan  holda 
kengashlar,  kasaba  uyushmalari  va  boshqa  tashkilotlarni  an’anaviy  ma’muriy  buyruqbozlik  bilan 
boshqarishdan voz kechish va ularning, ayniqsa kengashlarning rolini oshirishga qaror qildi. 
Unutilgan  «Butun  hokimiyat  sovetlarga!»  shiorini  o‘rtaga tashlab  «xalq  hokimiyati»ni  tiklash 
va  «Sotsialistik  huquqiy  davlat»ni  shakllantirish  maqsadida  markaziy,  respublikaviy  va  mahalliy 
sovetlar  va  ular  bilan  birga  sudlarga  mustaqillik  berishga  intilar,  ularning  tuzilishi  va  shakllanish 
usullarini o‘zgartirishardi. Partiya va davlat organlari funksiya (vazifa)larining ajralishi boshlandi. 
Bu ilgarigi hokimiyatni susaytirdi va parchaladi. Siyosiy va  iqtisodiy plyuralizm (xilma-xnllik) siz 
yangi hukumatni barpo qila olmasdi. 
Mamlakatda  va  Partiya  ichida  ham  sotsializm  va  demokratiyaning  talqini  to‘g‘risida  keskin 
bahs-muzokoralar boshlanib ketdi. 1988 yil oxiriga kelib liberalizm individual erkinlik va huquqlar 
ustunligi va natsionalizm o‘z millat (elat)ining manfaatlari ustunligi tarafdorlari paydo bo‘ldi. O‘z 
ixtiyori  bilan  faoliyat  yuritayotgan  ko‘pchilik  kommunistlar  ishtirokida  ijtimoiy  uyg‘onish 
boshlandiki, u ko‘pgina turli qiyofadagi  «norasmiy» - noqonuniy, ta’qiqlanmagan tashkilotlarning 
va  ommaviy  harakatlarning,  hattoki  xalq  frontlarining  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  KPSS  nafaqat 
mamlakat  muammolarini  hal  qilish  yo‘llarini  muhokama  qilish  bo‘yicha  monopoliyadan  mahrum 
bo‘ldi,  balki  shu  bilan  birga  xalq  ommasi  kayfiyati  va  hatti-harakatini  boshqarish  imkoniyatidan 
ham mahrum bo‘ldi, sovet jamiyatining parchalanishi boshlandi. 
Jamiyatning  yangi  siyosiy  tuzulishi,  SSSR  yangi  Oliy  organiniig  vazifalari  va  saylovlari 
to‘g‘risidagi  SSSR  konstitutsiyasiga  o‘zgarishlar  kiritish  haqidagi  qonunlar  hukumatlarni 
taqsimlash, saylovchilar va mintaqalarning emas, hattoki saylovchilarning o‘zaro teng huquqligini 
ham ta’minlay olmasdi. Ular «boshqariladigan demokratiya» tizimini yaratishga yo‘naltirilgan edi. 
Siyosiy Byuro va ular tomonidan boshqariladigan tashkilotlar o‘z vakillari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
joylarning uchdan  biriga ega bo‘lishardi.  Ammo  sovet saylovchilari 1989  yil  bahorida  ilk  bor bir 
nechta  erkin  nomzodlardan  xalq  deputatlari  syezdiga  o‘z  delegatlarini  saylash  imkoniyatidan 
mamnun edilar. 
Saylovlarni  KPSS  organlari  boshqarar  va  saylovchilarning  80%i  kommunistlar  edi,  ammo 
partiyaviy  intizomning  susayishi  bois  ularni  boshqarish  qiyinlashdi.  Albatta,  ko‘pchilik 


 
174 
Y.Afanasyev nomlaganidek «agressiv itoatkor» edi. Gorbachev syezd tashkil etgan Oliy Sovet raisi 
etib  saylandi,  ammo  uning  (sovetning)  «stalincha  brejnevcha»  ko‘pchiligiga  ozgina  radikallarni 
qo‘shishga majbur bo‘ldi. 
Radikallar qayta qurish dushmanlari va Gorbachev sustkashligini tanqid qilib, SSSRning asosiy 
maqsadini  shubha  ostiga  qo‘ydi.  Ular  tomonidan  A.Saxarov  va  B.Yelsinlar  rahbarlik  qilayotgan 
mintaqalararo deputatlar guruhi tashkil qilindi, qonuniy muxolifot tiklandi. 
Navbatdagi Syezdda, kuzga kelib faollashgan radikallar «sotsialistik yangilanish» uchun, KPSS 
monopoliyasini  siyosiy  plyuralizm  bilan,  unitar  davlatni  Saxarov  (dekabrda  vafot  etgan) 
konstitutsiya loyihasida ko‘rsatilgan erkin respublikalar ittifoqi bilan almashtirishni, mulkchilikning 
turli shakllari va bozor munosabatlarini e’tirof etishni talab qilishdi. Bunda ular, buning hammasini 
aholi  turmush  darajasini  yomonlashtirmasdan  turib  amalga  oshirish  mumkin  deb  ishontirardi. 
Bunday  chiqishlar  «boshqa  bunday  yashash  mumkin  emas!»ligiga  ishonganlarga  ilhom 
bag‘ishlardi. Mamlakatda miting va namoyishlar ko‘payib ommaviy xarakterga ega bo‘ldi. Ularda 
yuz  minglab  odamlar  ishtirok  etardi.  Ular  ta’minotni  yaxshilashni,  fuqaro  va  xalqlar  huquq  va 
erkinliklarini  kengaytirishni  talab  etishar,  byurokratizmga  qarshi  norozilik  bildirar,  radikallarni 
qo‘llab-quvvatlardilar.  Bunday  talablar  bilan  chiqqan  B.Yelsin  mashhur  bo‘ldiki,  KPSS 
rahbariyatining unga tazyiqi uning mashhurligini yanada oshirdi. 
1989  yildagi  o‘zgarishlar  natijasida  totalitar  tuzum  tugatildi.  Partiya,  davlat  va  xo‘jalik 
organlariga «yangicha fikrlashni» o‘zlashtirish qanchalik qiyin bo‘lsa, konsepsiyasi endigina ishlab 
chiqilayotgan  yangicha  siyosat  yuritish  undan-da  qiyinroq  edi.  Bu  o‘z  navbatida  hokimiyat 
ta’sirchanligini  susaytirardi.  Ijtimoiy  uyg‘onish  qayta  qurishni  nafaqat  oldinga  surar  balki,  undan 
oshib o‘tayotgan edi. Jamiyat tarkibiy qismlaridagi parchalanishining boshlanishi «boshqariladigan 
demokratiya»ni shakllantirishni qiyinlashtirdi. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish