Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

Mustaqillik marshlari 
 
Totalitar tuzumning qulashi,  jamiyatning parchalanishi, hokimiyat samaradorligining pasayishi 
va  mafkura  ustuvorligining  susayishi  bilan  oldingi  mazmunini  yo‘qotgan  davlatchilikning 
parchalanishi  boshlandi.  Butunittifoq  manfaatlari  ustuvorligining  buzilishi  va  xo‘jalikning 
markazlashgan boshqaruvining yo‘qolishi bilan elatlar, millatlar va mahalliy mintaqalar manfaatlari 
oldingi sahnaga chiqdi. 
Oshkoralik,  milliy  chiqishlarning  faollashuvi,  milliy  harakatlar  va  tashkilotlarning  paydo 
bo‘lishi  hamda  kuchayishiga  yordam  berardi.  Bu  tashkilotlar  va  harakatlar  SSSR  tarkibida  o‘z 
hududlari  yoki  munozaraviy  mintaqalarda  yashovchi, turli  xil  fazalarda, ijtimoiy shakllarda turgan 
150  dan  ortiq  elatlarning  xilma-xil  intilishlarini  ifoda  etardi.  Umuman  milliy  o‘zlikni  anglash 
o‘sishi natijasida 1990 yilga kelib SSSR aholisining atigi 10%i o‘zini «Sovet xalqi»ga mansub deb 
bilsa, qolganlari uzlarini o‘z xalqi, millat va qabilalariga tegishli deb hisoblardi. 
Qayta  qurishning  birinchi  yillaridayoq  SSSRda  millatlararo  munosabatlar  murakkablashdi. 
Ruslashtirishga  qarshi,  shimol  xalqlarining  tirik  qolishi  uchun,  qatag‘on  qilingan  xalqlarni  to‘la 
reabilitatsiya  qilish  talabi  bilan,  kichik  millatlarga  qarshi  siyosatni  qoralab  va  muxtoriyatlarning 
huquqlarini kengaytirishga chaqiruvchi chiqishlar yuzaga keldi. 1988-1991 yillarda bu sohada 150 
dan ortiq to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Ularning 20 tasida qurbonlar bo‘ldi, 600 kishi halok bo‘lib, o‘n 
minglab  kishilar  qochishga  majbur  bo‘ldi.  Sumgaitdagi  armanlarning  qonli  to‘qnashuvi,  Tog‘li 
Qorabog‘dagi  arman-ozarbayjon  urushi,  Farg‘ona  vodiysi,  Yangi  O‘zgan,  Abxaziya,  Dubossari, 
Janubiy  Osetiya,  Ingushetiyadagi  millatlararo  to‘qnashuvlar  avj  oldi.  Armaniston  va  Ozarbayjon 
o‘rtasidagi  urush  mamlakatni  larzaga  keltirdi.  Ittifoq  markazi  bu  voqealarning  oldini  olishga  na 
qurbonlar  sababchilarini  jazolashga  va  na  bahs  munozaralarni  hal  etishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Bu 
uning obro‘sini tushirdi. 
Ittifoqdosh  va  ba’zi  muxtor  respublikalarda  milliy  harakatlar,  asosan,  ona  tili  va  madaniyatni 
himoya  qilishdan,  milliy  o‘zlikni  anglash,  tiklanish  va  qayta  qurishni  qo‘llab-quvvatlashdan 
boshlanar  edi.  Rossiyadan  tashqari  barcha  respublikalarda  milliy  tilga  davlat  tili  maqomining 
berilishi ideokratiya tomonidan yaratilgan yagona rus tilidagi boshqaruvni yo‘qqa chiqardi. Milliy 
madaniyat  ustunligini  ta’minlash,  uni  SSSRning  barcha  xalqlari  madaniyatini  birlashtiruvchi 
«sotsialistik  mazmun»dan  xolos  etardi,  SSSRning  madaniy-mafkuraviy  birligiga  zarba  berardi. 
Milliy  o‘zlikni  anglashning  tiklanishi  milliy  manfaatlarning  sotsialistik  va  Butunittifoq 
manfaatlaridan  ustunligini  bildirar  edi.  Bunda  1991  yilga  kelib  shu  narsa  ma’lum  bo‘ldiki, 
ittifoqdosh  respublikalar  o‘rtasidagi  23  ma’muriy  chegaralardan  atigi  uchtasida  to‘qnashlar  ro‘y 
bermagan. 


 
178 
Shu  bilan  birga  kichik  millatlar  -  turli  respublika  va  muxtoriyatlardagi  60  million  kishining 
hududlari  va  madaniyatining  rivojlanishi  hamda  Shimol  kam  sonli  xalqlarining  saqlanib  qolishi 
muammolari keskinlashdi. 
Aholini eng zarur narsalar bilan o‘zlari ta’minlash kerakligiga  ishonch hosil qilgan respublika 
rahbarlari respublikalarni xo‘jalik hisobiga o‘tkazishni talab qildilar. Bu narsa respublikalarni xalq 
xo‘jaligi  kompleksining  asosiy  subyektlariga  aylantirilishini  bildirar  edi.  SSSRdagi  ishlab 
chiqarishning 80%iga egalik qiluvchi sohaviy idoralar bunga yo‘l qo‘yishni istamas edilar. Siyosiy 
Byuro,  1990  yilda  eng  avvalo  bu  idoralarning  manfaatlarini  hisobga  olib  shu  qarorga  keldiki, 
respublikalarga  ularda  yaratiladigan  boylikning  ko‘pi  bilan  15%ini  qoldirib,  85  %ini  Ittifoq 
markaziy idoralariga berishi kerak edi. Bu respublikalarni hech qoniqtira olmas edi va ular o‘zlariga 
konstitutsiya  taqdim  etgan,  ammo  aslida  sarob  bo‘lgan  mustaqillik  suverenitetlarini  amaliyotiga 
oshirishlaridan  boshqa  choralari  qolmadi.  Uning  e’lon  qilinishi  va  amalga  tadbiq  etilishi 
respublikalardagi  barcha  ishlab  chiqarish  va  tabiiy  resurslari  ustidan  respublikalar  hokimiyatining 
o‘rnatilishiga,  respublika  qonunlarining  ittifoq  qonunlaridan  ustunligiga  va  mustaqil  tashqi 
siyosatga ega xalqaro munosabatlar subyekti huquqlariga ega bo‘lishga qaratilgan edi. 
Ko‘pchilik  respublikalarning  mustaqillik  deklaratsiyalarida  ularning  SSSR  tarkibidan 
chiqishlari  qayd  etilmagan  bo‘lsa-da,  mustaqillikning  amalga  oshirilishi  respublika  rahbarlari 
so‘zlari  va  xohishlaridan  qat’iy  nazar  Ittifoq  markaziga  bo‘ysunishni  puchga  chiqarar,  Ittifoq 
davlatchiligini  barbod  qilardi.  SSSR  tarkibidan  chiqishni  respublikalar  o‘z  mustaqillik 
deklaratsiyalarida  bayon  qilishdi.  Markaz  respublikalar  ustidan  hukmronlikdan  mahrum  bo‘ldi  va 
SSSR parchalana boshladi. Ular bu respublikalar o‘rtasida yagona mafkuraviy-siyosiy yo‘nalish va 
hayotiy  maqsad bo‘lganda  yangi konfederativ  munosabatlar o‘rnatilishi  mumkinligini  inkor etmas 
edi; ammo bu SSSR emas, balki boshqa bir mazmundagi konfederativ davlat bo‘lar edi. 
Gorbachev  1988  yildan  boshlangan  respublikalarning  ketma-ket  mustaqilliklarini  e’lon 
qilishlarini  kinoya  bilan  «suverenitetlar  marshi»  deb  atagan  edi.  1988  yil  noyabr  oyida  Estoniya 
oliy  soveti  mustaqillik  deklaratsiyasini  ma’qulladi  va  respublika  konstitutsiyasiga  ham  mos 
o‘zgartishlar kiritdi. Kelasi yil may oyida esa SSSRdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1989 
yil kuzida Gruziya aholisining ko‘pchiligi uning mustaqilligini tiklash uchun ovoz berdi va 1991 yil 
aprel  oyidagi  referendumdan  so‘ng  mamlakat  mustaqil  deb  e’lon  qilindi,  Moldaviya  respublikasi 
1989 yilda o‘zining suverenitetini, 1990 yilda mustaqilligini e’lon qildi. 1990 yil bahorida Litva va 
Latviya  o‘z  mustaqallik  va  suverenitetlarini  tiklab  olishdi.  1990  yil  yozida  Rossiya,  Ukraina, 
Belorussiya,  O‘zbekiston  va  Turkmanistonning  suverenitetlari  e’lon  qilindi.  1990  yil  oktabrida 
Qozog‘iston,  dekabrida  Qirg‘iziston  o‘z  suverenitetlarini  e’lon  qildilar.  1990  yilda  ittifoqdosh 
respublikalardan  tashqari  Tog‘li  Qorabog‘,  Abxaziya,  Janubiy  Osetiya,  Gagauzlar  respublikasi  va 
Dnepr bo‘yi Moldaviya respublikasi o‘z suverenitetini e’lon qildi. 
Bo‘lib  o‘tgan  yangilanishlarning tashqi  tomonidan  ko‘ra  ichki  pritsial  o‘zgarishlari  muhimroq 
edi.  Ko‘pchilik  respublikalarning  suvereniteti  va  mustaqillik  e’lon  qilishlari  ularda  hokimiyat 
tepasiga milliy-liberal, milliy demokratik yoki liberal-demokratik kuchlarning kelishi bilan bog‘liq 
edi.  Ular  yoki  ular  tomoniga  o‘tgan  ilgarigi  raxbarlar  sodiq  kommunistlarni  hokimiyatdan 
chetlashtirar  yoki  o‘zlariga  bo‘ysundirar,  sotsialistik  yo‘ldan  voz  kechar,  milliy,  liberal  yoki 
demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlar edilar. Respublikalardagi  ijtimoiy-siyosiy tizim shunga 
mos  ravishda  o‘zgarib  borardi.  Ularning  ba’zilarida  mustaqillikka  va  yangi  yo‘lga  faol  qarshilik 
ko‘rsatgan kommunistik tashkilotlar ta’qiqlanib, ularning mulki milliylashtirilgan edi. 
Respublikalardagi  ijtimoiy-iqtisodiy  va  mafkuraviy-siyosiy  sohadagi  yirik  tafovutlar  ularda 
yagona  va bir vaqtda amalga oshiriladigan  islohotlarni  yo‘qqa chiqarar, ularda  yangi  mafkuraviy-
siyosiy  yo‘nalishning  ishlab  chiqilishi  esa  ularning  mustaqillikka  bo‘lgan  intilishlariga  nisbatan 
ancha  nomutanosib  edi.  Bu  jarayon  1988  yildan  boshlanib,  1990  yilda  ko‘pgina  respublikalarda 
ro‘y  berdi  va 1991 yilning oxiriga kelib, sotsialistik  yo‘lga sodiq  bo‘lgan kommunistlar faqatgina 
Belorussiya,  Ozarbayjon  va  Tojikistonda  hokimiyat  tepasida  qolgan  edi.  Bu  respublikalarning 
suverenitet  va  mustaqillik  e’lon  qilishlaridan  ham  ko‘ra  SSSRdagi  sotsializmga  yo‘naltirilgan 
davlatchilikka  qattiqroq  zarba  berildi.  Undan  faqatgina  xarobalar  qoldi,  xolos.  O‘sha  paytda 
respublikalarning  mafkuraviy-siyosiy  uzoqlashuvining  ahamiyatini  xalqlar  u  yoqda  tursin,  balki 
ba’zi  rahbarlar  anglamagan  bo‘lsa-da,  aynan  shu  narsa  yagona  davlat  parchalanishini  qaytmas 
jarayonga aylantirdi. 


 
179 
Respublikalar uchun mustaqillikka va suverenitetga erishish, ayniqsa, mafkuraviy siyosiy yo‘lni 
o‘zgartirish  oson  bo‘lmadi,  Gorbachev  Siyosiy  Byuro,  Markaziy  qo‘mita,  KPSSning  syezd  va 
konferensiyalari,  hamda  xalq  deputatlari  syezdi  respublikalarning  suverenitetga  ega  bo‘lishlariga 
iloji  boricha  qarshilik  ko‘rsatdi.  Siyosiy  Byuro  va  MKning  milliy  siyosatga  bag‘ishlangan 
plenumlaridan birida, partiya syezdlari tomonidan Sovet rahbariyatining bir qator elatlarga nisbatan 
yo‘l  qo‘ygan  xatolari  sharhlab  berildi,  «Lenincha  milliy  siyosat»ga  kiritilgan  tuzatishlar 
tushuntirildi.  Ularning  rahbarlari  milliy  harakat  o‘choqlarida  bo‘lishdi,  MKning  Boltiqbo‘yi 
respublikalari  bo‘yicha  maxsus  komissiyasi  tuzildi.  Gorbachev  respublikalarga  tobora  ko‘proq 
ahamiyat  berardi.  Ittifoqning  partiya  va  sovet  organlari  respublikalarning  rahbarlari  va  xalqlariga 
qaratilgan  ko‘p  sonli  murojaatlarida  va  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  respublikalarning 
SSSRdan  tashqari  yashay  olmasligini  va  muvaffaqiyatli  qayta  qurish  va  xalqlar  farovonligi  uchun 
Ittifoq  davlatini  saqlab  qolish  zarurligini  isbotlashga  harakat  qilishardi.  Ittifokdosh  va  muxtor 
respublikalar erkinligini kengaytirish, Ittifoq markaziga esa faqat umumiy muammolarni hal qnlish 
vakolatini  berish  taklif  qilindi.  Ammo  shu  bilan  birga  sotsialistik  yo‘lning  ustunligi,  yagona 
davlatning  oliy  rahbariyati  belgilovchi  jamiyat  manfaatlari  himoya  qilinardi.  Ilgarigidek  milliy 
manfaatlar  ustunligi-millatchilik  va  sotsialistik  yo‘ldan  voz  kechish  qat’iy  qoralanar  edi.  Bu  esa 
kelishmovchiliklarning sababi edi.  
Respublikalarning  suverenitetiga  intilayotgan  rahbarlarni  xudbinlik  va  mansabparastlikda 
ayblashardi.  Respublikalardagi  mustaqillikka  qarshi  bo‘lgan  kuchlar  baynalmilal  frontlar, 
kommunistik tashkilotlar va hokazolar ochiqchasiga va yashirincha qo‘llab-quvvatlandi. Ittifoqdosh 
respublikalardagi  mustaqillikka  intilishni  ayirmachilikni  qo‘llab-quvvatlash,  ya’ni  ulardagi  kichik 
millatlarning  (abxazlar,  osetinlar,  yoqutlar,  polyaklar,  gagauzlar  va  boshqalar)  suveren  bo‘lishga 
intilishlari  bilan  qo‘rqitish  orqali  to‘xtatishga  harakat  qilindi.  Mustaqillik  e’lon  qilgan 
respublikalarga  qarshi  iqtisodiy  jazo  (sanksiya)  choralari,  qamallar  qo‘llandi.  Bu  choralar 
respublikalar xo‘jaligi va aholisiga zarar keltirdi, ammo millatchi-vatanparvarlarni to‘xtata olmadi. 
Ittifoq  hukumati  suverenitetga  erishishga  qaratilgan  respublikalar  qonunlarini  bekor  qiluvchi 
qonunlarni  qabul  qilar,  respublikalar  hukumatlari  esa  o‘z  qonunlari  ustunligida  ustivor  edilar. 
Ittifoq  hukumati  tomonidan  qabul  qilingan  qonun  respublikalarning  SSSRdan  chiqishini 
butunittifoq referendumida  ma’qullanganidan keyingina ruxsat etishligini  ma’lum qildi. Aslida  bu 
SSSRdan chiqmaslik to‘g‘risidagi qonun bo‘lib, respublikalar uni e’tiborga olishmadi. 
1988-1990  yillarda  Yerevan,  Stepanokert,  Dushanbe,  Tbilisi,  Boku  va  bir  qator  boshqa 
shaharlarda mustaqillik tarafdorlariga qarshi qurolli kuchlar  ishlatildi, qurollangan  maxsus qismlar 
safarbar  qilindi.  Buning  oqibati  yuzlab  qatl  etilganlar,  yaradorlar  va  hibsga  olinganlardan  iborat 
bo‘ldi.  Ammo  qurolli  kuchlar  qarshilikka  va  parchalanayotgan  tuzumga  qarshi  bo‘lganlarning 
kuchayib  borayotganligiga  duch  keldi.  Hatto  yirik  ommaviy  namoyishlar  qo‘shinlar  yordamida 
bostirilgan Yerevan, Dushanbe va Bokuda milliy harakatlar yangi kuch bilan alanga oldi. 
Rossiyada  1990  yil  yanvaridayoq  Rossiya  xalq  deputatlari  syezdida  tayyorgarlik  davomida 
«Demokratik  Rossiya»  bloki  tuzilgan  edi.  Bahorga  kelib  unga  yangi  tuzilgan  bir  qator  partiyalar 
qo‘shildi  va  u  liberal-demokratik  tus  oldi.  Uning  a’zolari  soni  atigi  bir  necha  o‘n  ming  kishidan 
iboratligiga qaramasdan, uning inson huquq va erkinliklari ustunligi, demokratlashtirish va Rossiya 
suverenitetini  qo‘llab-quvvatlovchi  shiorlarini  RSFSR  ning  barcha  mintaqalarida  ro‘y  berayotgan 
miting,  namoyish  va  stachkalar  (ish  tashlashlar)ning  yuz  minglab  qatnashchilari  qo‘llab-
quvvatlayotgan edi. 
Rossiyaning ko‘pgina kommunistlari «nnson qiyofasidagi sotsializm» tarafdorlariga aylanishdi 
va KPSSda «Demokratik qanot»ga yon bosdilar. Bahorda bo‘lib o‘tgan Rossiya kompartiyasining 
ta’sis syezdi (qurultoyi)da «delegatlar partiyasining asosiy vazifalari haqida hech qanday tasavvur 
yo‘kligi»  ta’kidlandi.  Ammo  siyosiy  byuro  yordami  bilan  syezdda  konservatorlar  g‘alaba  qilishdi 
va  respublika  kompartiyalari  ichida  eng  ko‘p  sonli  bo‘lgan  Rossiya  kompartiyasi  Demokratik 
Rossiyaga qarshi qo‘yildi. 
Turli  partiyalar  o‘rtasidagi  keskin  kurash  1990  yil  bahorida  Rossiya  xalq  deputatlari  syezdi 
saylovida  bo‘lib  o‘tdi.  Saylanganlarning  86%i  kommunistlardan  iborat  edi,  ammo  ularning 
ko‘pchiligi kompartiya ko‘rsatmalariga endi  bo‘ysunmas edi. Shuning uchun Rossiya Oliy Soveti 
shakllanishida  liberal  demokratlar  qat’iy  g‘alabaga  erishishdi.  Gorbachev  tomonidan  qo‘llab-
quvvatlanayotgan  nomzodlarga  qarshi  keskin  kurashdan  keyin  RSFSR  Oliy  Soveti  raisi  etib 


 
180 
B.Yelsin saylandi. Bundan tashqari bu Oliy Sovet 1990 yilning 12 iyunida Rossiyani suveren, ya’ni 
o‘z  ishlab  chiqarish  va  tabiiy  resurslarining  to‘laqonli  xo‘jayini  deb  e’lon  qiluvchi  deklaratsiyani 
qabul qildi. Deklaratsiya Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy tuzilishini yangilash yo‘lidan birinchi qadam 
bo‘lib, xalq hokimiyati, hukumatning taqsimlanishi, fuqarolarniig huquq va erkinliklarining himoya 
qilinishi, partiyalarning teng huquqliligi va Rossiya qonunlarining ustivorligini e’lon qildi. Bu sana 
Rossiyaning  mustaqilligi  bayrami  kuni  bo‘ldi.  Keyinchalik  hukumat  to‘g‘risidagi  dekret  orqali 
Rossiyada  KPSSning  rahbarlik  maqomini  bekor  qilishga  kirishildi.  1991  yil  boshida  esa  Rossiya 
Oliy  Soveti  «RSFSRda  mulk  to‘g‘risida»gi  qonunni  qabul  qildiki,  u  ishlab  chiqarish  vositalari, 
jumladan yerning xususiy mulk bo‘la olishini e’tirof etdi. 
Rossiya  va  bir  qator  boshqa  ittifoqdosh  respublikalarning  mustaqillikka  erishishi  va  liberal 
yo‘nalishni  tanlashga  intilishlari  markazi  «sotsialistik  yo‘lga»  sodiq  qoluvchi  SSSRni  parchaladi. 
Siyosiy  Byuro  «barqaror  tartib  buzilganini,  ko‘p  millatli  Sovet  davlatining  birligi  xavf  ostida 
qolganligini» e’tirof etishga majbur bo‘ldi. 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish