Йилларда франция


Sovet davlati va uning parchalanishi



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 
Sovet davlati va uning parchalanishi 
 
SSSR  fashistlar  Germaniyasini  mag‘lubiyatga  uchrashida  asosiy  rol  o‘ynadi.  Biroq  g‘alaba 
katta talofatlar xisobiga qo‘lga kiritildi. Chunonchi, SSSR ning 27 mln fuqarosi xalok bo‘ldi. Xalok 
bo‘lganlarning 11,5 mln ga yaqin askarlar edi.  
Bundan tashqari SSSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo‘qotdi. Sanoatning xalq istemoli 
maxsulotli  ishlab  chiqarish  soxasi  keskin  kamaydi.  Qishloq  xo‘jalik  maxslotlari  ishlab  chiqarish 
xajmi urushdan avvalgi darajaga nisbatan 40% foizga kamaydi. 
Endi Sovet davlati oldida  mamlakat xo‘jaligini tiklash vazifasi turar edi.  Shu  maqsadda SSSR 
Oliy  Sovet  xalq  xo‘jaligini  rivojlantirishning  to‘rtinchi  besh  yillik  ish  rejasini  qabul  qildi.  Qattiq 
markazlashtirilgan raxbarlik xamda SSSR tarkibidagi xalqlarning fidokorona mexnati tufayli sanoat 
ishlab chiqarish xajmi 1950 – yilda urushdan oldingi darajadan oshib ketdi (73 foizga).  
Ayni  paytda  sanoatning  tez  suratlar  bilan  rivojlanishi  mamlakat  qamoqxonalarida 
saqlanayotgan  ko‘p  millionli  sovet  tutqinlarining  xamda  1,5  mln.  Nemis,  0,5  mln  yapon  xarbiy 
asirlarining  tekin  mexnati,  Germaniyadan  undirilgan  4,3  mlrd  dollar  xajimdagi  tovon,  shuningdek 
kapital mablag‘ asosiy qismining sanoatga yo‘naltirganligi xam katta rol o‘ynadi.  
Urushdan  keyingi  yillarda  yana  o‘zgacha  o‘zgacha  fikrlovchi  kishilarni  qatag‘on  qilish 
boshlandi. O‘zgacha fikrlovchilarni qatag‘on qilish – totalitar sotsializimning yo‘ldoshidir. Chunki 
totalitar  sotsializm  –  kuchga  xamda  yolg‘on  aqidalarga  asoslangan  jamiyat.  Biroq  xar  bir  davrda 


 
166 
totalitar  sotsializm  ximoyachilari  qatag‘on  boshlash  uchun  baxona  sifatida  nimanidir  asos  qilib 
oladilar. Urushdan keyingi qatag‘onlarda xam shunday qilindi.  
Xo‘sh, bu safargi qatag‘onga nimalar asos qilib olindi? Sovet ziyolilari urushdan keyin chuqur 
iqtisodiy  va  siyosiy  isloxotlar  o‘tkazilishiga  umid  qildilar.  Ularning  malum  qismi  CCCR  da  xam, 
G‘arbdagi kabi, erkin  jamiyat qaror topishini  istadilar. Ayni paytda bunday chuqur o‘zgarishlarga 
isloxotlar yo‘li bilan erishishni taklif xam etganlar. BMT ning 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan 
“Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasi” ni SSSR xam imzolagani ularda bunday umidni paydo 
qilgan edi.  
Iqtisodiy  isloxotlar  borasida  ziyolilarning  bir  qismi  korxonalar  o‘rtasida  raqobat  sharoitini 
vujudga  keltirishni,  xissadorlik  jamiyatlarini  tuzishni,  davlat  taminotini  bekor  qilishni,  xususiy 
savdoni  yo‘lga  qo‘yishni,  erkin  narx  joriy  etilishini,  kolxozlar  mol-mulkini  va  ularga  berilgan 
yerlarni  oilalarga  bo‘lib  berish  yo‘li  bilan  kolxozllarni  amalda  tugatilishini  taklif  etdilar.  Siyosiy 
soxada  esa  muqobil  saylov,  raxbarlikga  saylanuvchilarning  vakolat  muddati  cheklanishi,  milliy 
(aslida mustamlaka) rkspublikalarga esa ularning xuquqlarini kengaytirish xaqidagi takliflarni ilgari 
surdilar. 
Biroq  SSSR  raxbariyati  bu  taklifni  sotsializmni  ichdan  qo‘porish  taklif  mualliflarini  esa 
sotsializmga qarshi unsurlar deb baxoladi. Bu esa yangi qatag‘onlar kompaniyasining boshlanishiga 
turtki bo‘ldi. Natijada ziyolilarning minglab ilg‘or qismi partiya–sovet xodimlari , respublikalarning 
milliy kadrlari qatag‘onga uchradi. 
O‘zbekistonliklar  xam  qatag‘ondan  chetda  qolmadi.  Xususan 1951–yilda  mustabid tuzumning 
tayanchi bo‘lmish xavafszlik xizmati go‘yo respublika “Yozuvchilar yushmasi” da ayrim matbuot 
organlariga “uya qurgan” 12 kishidan iborat “sovetlarga qarshi millatchi gurux”ni “fosh” etdi. 
Davlat  xavfsizlik  xizmatining  ushbu  “faoliyati”  natijasida  yozuvchi  va  shoirlar  Shukurullo, 
Shuxrat,  Shayxzoda,  adabiyotshunos  olim  X.Sulaymon  qamoqqa  olindi  va  sovetlarga  qarshi 
millatchilik faoliyatida ayblanib, 25 yilga xukm qilindilar. 
SSSR da 1930 – 1953 yillar oralig‘ida jami 3.8 mln ga, yaqin kishi qatag‘on etildi. Ulardan 800 
minga  yaqini  otib  tashlandi.  O‘zbekistonda  1937-1953  –  yillarda  100  ming  kishi  qatag‘on  etildi. 
Ularning  15  mingi  otib  tashlandi.  Islom  Karimov  Toshkentdagi  “Shaxidlar  Xotirasi”  yodgorlik 
majmuasining  ochilishi  marosimida  bu  daxshatli  xolatni  tariflab  “zulm  va  zo‘ravonlikga  qurilgan 
mustabid beshafqat tuzum davrida o‘zligini, millat qadr–qimmatini teran anglagan ijtimoiy–siyosiy 
ongi yuksak, xalqni uyg‘otishgga xalqni boshqarishga qodir bo‘lgan, marifat va manaviyat yo‘lida 
fidoiylik  ko‘rsatgan  barcha  aql–zakovat  soxiblarining  ...  ”  qancha  –  qanchalari  jismonan  yo‘q 
qilingaligini takidlagandi. 
To‘g‘ri  1953  yilda  I.Stalin  vafot  etgach,  turli  yillarda  qatag‘on  etilganlar  oqlandi.  Biroq 
mustaqil  fikrlovchi  shaxslarni  qatag‘on  qilish  I.Stalin  davridagidek  ommaviy  va  qonli  tusda 
bo‘lmagan bo‘lsa-da 70-80–yillarda xam davom etdi. Ular yakka Ular yakka-yakka tartibda ta’qib 
etildi.  Ular  ustidan  turli  jinoiy  ishlar  uyushtirildi  va  majburan  ruxiy  kasalliklar  kasalxonalariga 
yotqizildi.  Dunyo  jamoatchiligiga  taniqli  bo‘lganlar  uy  qamog‘ida  yoki  badarg‘ada  saqlandi. 
Ba’zilar mamlakatdan chiqarib yuborildi. 
I.Stalin  vafotidan so‘ng raxbarlik  lavozimini N.Xrushyov egalladi. U 1956-yilda bo‘lib o‘tgan 
KPSS  ning  XX  sezdida  I.Stalin  shaxsiga  sig‘inish  va  uning  oqibatlarini  qattiq  qoraladi. 
Mamlakatning ilg‘or qismi chuqur iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar amalga oshadi, deb yana bir bor 
umid  bilan  qaray  boshladi.  Biroq  ularning  umidlari  oqlanmadi.  Mamlakatda  stalinizm  yangi 
ko‘rinishda davom etaverdi. 
KPSS ning 1959-yilda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari XXI sezdi SSSR da sotsializm «to‘la va 
uzil-kesil  g‘alaba  qozondi»,  degan  xulosaga  keldi.  Bunga  mamlakat  iqtisodiy  taraqqiyotida  ro‘y 
bergan sezilarli ijobiy yutuqlar asos qilib olindi. 
Aslida  bu  kommunitslarning  navbatdagi  xomxayoliari  edi.  Sovet  davlatining  keyingi  butun 
taraqqiyoti  buni  tasdiqladi.  Biroq  1959-yildan  boshlab  bu  xomxayol  xodisa  ulkan  tarixiy  g‘alaba, 
deb talqin etildi. Bu jozibador xulosa sovet raxbariyati tomonidan yanada xomxayol bo‘lgan boshqa 
xulosa ilgari surilishiga asos bo‘ldi. Bu — SSSR ning endi kommunitsik jamiyat qurilishi keng avj 
oldirilgan davrga qadam qo‘yganligi xaqidagi xulosa edi. 
Va,  nixoyat,  KPSS  ning  XXII  sezdida  (1961-yil)  KPSS  ning  yangi  dasturi  —  Kommunizm 
qurish dasturi qabul qilindi. Xo‘sh, kommunistlar fikricha, kommunizm qanday jamiyat edi? 


 
167 
Birinchidan,  bu  -  ishlab  chiqarish  vositalari  to‘la  umumxalq  (aslida  davlat)  mulki  bo‘lgan 
jamiyat edi. 
Ikkinchidan, bu  —  jamiyatning  barcha a’zolari  ijtimoiy  jixatdan batamom teng bo‘lgan sinfsiz 
jamiyat edi. 
Uchinchidan,  bu  —  ijtimoiy  boylikning  barcha  manbalar  mo‘l-ko‘l  bo‘lgan,  to‘lib-toshib 
turadigan  va, natijada,  xar kim qobiliyatiga  yarasha  ishlaydigan,  lekin  jamiyat boyligidan  xar kim 
extiyojiga yarasha ulush oladigan jamiyat edi. 
To‘rtinchidan, bu — mexnat qilish xamma uchun birinchi xayotiy extiyoj, anglangan zaruriyat 
bo‘lib qoladigan jamiyat edi. 
Dasturda kommunizm qurish uchun quyidagi 3 ta ulkan vazifani bajarish zarurligi ta’kidlandi: 
-kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish; 
-yangi ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirish; 
-yangi kishini tarbiyalash. 
KPSS  dasturida  bundanda  battarroq  xomxayol  orzular  ilgari  surildi.  Chunonchi:  a)  1960—
1970-yillar  oralig‘idagi  o‘n  yil  ichida  iqtisodiy  taraqqiyotda  AQSH  ga  yetib  olish  va  undan  o‘zib 
ketish;  b)  1970—1980-yillar  oralig‘idagi  o‘n  yil  ichida  kommunizmning  moddiy-texnika  bazasini 
yaratish.  Vaqt  tez  orada  KPSS  va  sovet  davlati  raxbariyati  ilgari  surgan  yuqoridagi  vazifalar 
xomxayol ekanligini tasdiqlay  boshladi. Bu esa oliy raxbariyat o‘rtasida ziddiyatlarni kuchaytirdi. 
Buning oqibatida 1964-yilda N.Xrushyov vazifasidan olib tashlandi. 
Xokimiyat  L.  I.  Brejnev  qo‘liga  o‘tdi.  Uning  davrida  iqtisodiy  isloxot  o‘tkazilishiga  urinildi. 
Biroq  bu  isloxot  mamlakat  iqtisodiyotini  tubdan  qayta  qurishni  anglatmas  edi.  Mafkura 
iqtisodiyotni chulg‘ab olgan bir sharoitda bu tabiiy xol edi. Chunki qotib qolgan, xayotdan orqada 
qolgan kommunistik mafkura xar qanday tub isloxotni sotsializm asoslariga zarba deb baxolardi. 
KPSS ning kommunizm qurish rejasi  barbod bo‘lgach, L.I.Brejnev  KPSS ning XXIV sezdida 
(1971-yil)  «rivojlangan  sotsializm  nazariyasini  ilgari  surdi.  Bu  nazariyada  kommunizm  uzoq 
kelajakda quriladigan jamiyat, deb izoxlandi. Ungacha jamiyat sotsializm va kommunizm oralig‘ida 
rivojlangan sotsializm  bosqichini  bosib o‘tishi  lozimligi «asoslandi». Xayot, vaqt  bu nazariyaning 
xam soxta ekanligini tasdiqladi. 
SSSR ning  iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi  va unda turg‘unlik xolati vujudga 
keldi.  Buning  asosiy  sababi  ma’muriy-buyruqbozlikka  asoslangan  iqtisodiyotning  ilmiy-texnika 
inqilobi  natijalarini  qabul  qila  olmaganligi  bo‘ldi.  Natijada  bu  iqtisodiyot  katta  xarajat  talab 
etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi. 
1982-yilda L. Brejnev vafot etgach, qisqa vaqt ichida yana ikki raxbar almashdi. Bular  
Y. Andropov va N. Chernenko edilar. Ularning xar ikkisi xam og‘ir kasal edilar. Biroq davlat 
qonunga  bo‘ysunmaydigan  jamiyatda  og‘ir  kasal  kishilarning  xokimiyat  tepasiga  kelib  qolishi 
tabiiy xoldir.  
Nixoyat, 1985-yil mart oyida M.S.Gorbachyov KPSS ning Bosh kotibi lavozimini egalladi. Shu 
yilning  aprel  oyida  u  qayta  qurish  va  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  jadallashtirish 
dasturini ilgari surdi. Unga ko‘ra, 15 yil ichida (1985-2000) SSSR ning iqtisodiy qudrati 2 baravar 
ortishi, ya’ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng 
iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi. 
Jadallashtirish dasturining amalga oshishi 3 omilga tayanar edi. Bular: 
-  korxonalar  mustaqilligini  kengaytirib,  ularni  xo‘jalik  xisobiga  va  o‘zini  o‘zi  mablag‘  bilan 
ta’minlashga o‘tkazish; 
- mexnatning mazmuni va xarakterida, odamlarning moddiy va ma’naviy turmush sharoitlarida 
chuqur o‘zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab xaq to‘lash; 
- oshkoralik, ya’ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish. 
Aslida  jadallashtirish  dasturi  xam  KPSS  va  Sovet  davlati  raxbariyatining  yana  bir  xomxayol, 
orzusi  bo‘lib  chiqdi.  Chunki  iqtisodiyotda  bozor  munosabatlarisiz  bu  vazifalarni  amalga  oshirib 
bo‘lmas edi. Buning ustiga SSSR axolisi ongi  yangi  —  bozor iqtisodiyotini qabul qilishga tayyor 
emas  edi.  1988-yildan  boshlab  qishloq  xo‘jaligi,  1990-yildan  boshlab  esa  sanoat  ishlab  chiqarishi 
pasaya boshladi. 
Budjet taqchilligi 100 mlrd. so‘mdan ortdi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda (1985—1991) 10 
baravar  kamaydi  va  u  atiga  240  tonnaga  tushib  qoldi.  Axolining  turmush  darajasi  shiddat  bilan 


 
168 
pasaya  boshladi.  Shunday  sharoitda  M.S.Gorbachyov  «insonparvar,  demokratik  sotsializm» 
qurilishini e’lon qildi. Biroq endi uning cho‘pchaklariga deyarli xech kim ishonmay qo‘ydi. Ittifoq 
davlati oliy raxbariyati va organlari axoli ko‘z o‘ngida obro‘ etiborini, ishonchni yoqotib qo‘ydi. 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish