186
MDH a’zolarining sovet qurolli kuchlarini mustaqil davlatlarning birlashgan qurolli kuchlariga
aylantirishga urinishlari zoye ketdi: har bir davlat o‘z qurolli kuchlariga muhtoj edi va qisman
SSSR sobiq qo‘shinlaridan foydalanib o‘z qo‘shinlarini tuza boshladi. Faqatgina Boltiqbo‘yi
davlatlari o‘z qurolli kuchlarini butunlay yangidan tuzishdi.
Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Belorussiya hududida joylashgan yadro qurollari taqdirini hal
qilish oson kechmadi. Oxir-oqibatda barcha raketa-yadro qurollarini zararsizlantirish uchun
Rossiyaga topshirildi va boshqa respublikalar zararsizlantirilgan yadro qurollari mahsulotlari va
qoldiqlariga egalik qilish huquqini saqlagan holda o‘zlarini yadrodan xoli hudud deb e’lon qildilar
va yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasiga qo‘shildilar.
Fuqarolik floti sobiq sovet respublikalarning ishlab chiqarish kuchiga mutanosib ravishda
bo‘lingan bo‘lsa, harbiy flot to‘laligicha Rossiyaga nasib etdi. Uning qora Dengiz flotining katta
qismiga da’vogarlik qilayotgan Ukraina bilan uzoq muddatli muzokoralari o‘zaro manfaatli
kelishuvga olib keldi.
SSSR, boshqa mamlakatlar bilan jiddiy o‘zaro majburiyatlarni ko‘zda tutuvchi 16 ming
shartnoma va kelishuvga ega edi. SSSR tashqi davlatlarning ba’zilaridan 80 mlrd. dollarga yaqin
qarzdor bo‘lsa, uning ko‘p ittifoqchilari ham unga shuncha mablag‘ berishlari kerak edi. Ukraina
bilan olib borilgan murakkab muzokoralar va boshqa respublikalar roziligi bilan Rossiya MDHdan
tashqaridagi Sovet qurolli kuchlari, SSSRning boshqa mamlakatlar bilan shartnoma va
kelishuvlardagi qarz va kreditlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Rossiya Federatsiyasi (1922 yildan keyin) xalqaro munosabatlar subyekti sifatida tiklandi va
SSSRning asosiy merosxo‘r vorisiga aylandi, BMTdagi SSSR o‘rniga ega bo‘ldi, BMT Xavfsizlik
Kengashi doimiy a’zosiga aylandi, ammo SSSRning dunyo hamjamiyatidagi mavqei va roliga ega
bo‘la olmadi. Ukraina va Belorussiya BMTning ta’sis etuvchi a’zolari bo‘lishgan bo‘lsa endilikda
boshqa barcha respublikalar BMT a’zolari bo‘lishdi. Mustaqillikka erishish davrida ularning har
biridagi ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy-siyosiy vaziyat o‘ziga xos edi. Shuning uchun SSSR
hududida paydo bo‘lgan 15 ta yangi mustaqil davlatlarning taraqqiyot yo‘li turlicha bo‘ldi.
Avvaldan Estoniya, Latviya va Litvaning liberal yo‘nalishi ma’lum bo‘ldi. Ko‘pgina boshqa
respublikalarda Rossiyadagi kabi liberal yo‘lni tanlash kuchli muxolifatni bartaraf etishni talab etdi.
Ko‘pchiligida yangi yo‘nalishni ishlab chiqish qiyin bo‘ldi va ularda jamiyat va davlatchilikning
shakllanishi yanada qiyinroq kechdi.
Ammo, deyarli hamma respublikalar uchun eng og‘ir muammolar SSSRdan meros bo‘lib
qolgan ushbu holatlar edi: parchalangan jamiyat, kam ta’minlangan aholi, tayanch (markaz)ga ega
bo‘lmagan boshqaruv, hech qanday bozor munosabatlariga ega bo‘lmagan tarqoq korxonalar,
to‘xtab qolgan va konversiya qilishni, ya’ni o‘zgartirishni talab etgan qurollar va harbiy
materiallarni ishlab chiqarish korxonalari, kollektivlashgan (jamoalashgan) qishloq xo‘jaligining
past samaradorligi, milliy madaniyatning sustligi va elatlararo ziddiyatlar.
Bu muammolarni bartaraf etish ilgari taxmin qilinganidan ancha ko‘p kuch va vaqt talab qiladi.
Ko‘pchilikning umumiy faravonlikka tezda erishishga bo‘lgan umidlari amalga oshmadi.
Ko‘pchilik bunda sovet merosini emas, balki «real sotsializm» xarobalari ustida qiyinchiliklar bilan
yo‘l topayotgan islohotchilarni ayblay boshlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: