Йилларда франция


Imperiya merosini taqsimlash



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 Imperiya merosini taqsimlash 
 
Tanazzulga  yuz  tutgan  ideokratik  imperiyaning  merosi  mamlakat,  jamiyat,  mafkuralar  «real 
sotsializm» iqtisodiyoti va davlatining xarobalaridan iborat bo‘ldi. Bu xarobalar Yevrosiyo shimoli-
sharqidagi  22403,2  ming  kvadrat  kilometrga  yoyilgan  edi.  Bu  hududda  qisman  o‘zlashtirilgan 
dunyo  tabiiy  resurslarining  27%i  joylashgan,  ammo  uning  hududining  70%ini  muzloq  yerlar  va 
ekologik ofat o‘choqlari qamrab olgan edi. 
Aholisi  280  million,  130  millatni  o‘z  ichiga  olgan  va  umuman  yuqori  darajadagi  umumiy 
savodxonlikka  ega  bo‘lgan  mamlakat  edi.  Ammo  bu  savodxonlikni  sog‘lom  edi  deyish  qiyin. 
Deyarli  hamma  joyda  sanoat  ishchilari  yetarli  bo‘lsada,  ammo  yuqori  texnologiya  xodimlari  juda 
tanqis edi. Eng asosiysi ulardagi mehnatga munosabat axloqi past darajada edi: mehnat unumdorligi 
va  mahsulot  sifatiga  javobgarlik  yo‘q  edi.  Ko‘pchilik  ongida  o‘n  yillab  davomida  tarbiyalangan 
«tekischilik»,  huquq  va  mulkka  e’tibor  bermaslikka  moyillik  ustunlik  qilardi.  Bu  hokimiyatni 
ilohiylashtirish  va  ijtimoiy  boqimandalik,  mas’uliyatsizlik,  bardoshsizlik  va  zo‘ravonlik  bilan 
uyg‘unlashtirilgan edi. O‘zgarishdan keyin ham juda oz kishilar o‘z manfaatlarini anglab, vaziyatga 
to‘g‘ri  baho  bera  olishdi.  Fuqarolardagi  ichki  erkinlik  allaqachon  erishilgan  tashqi  erkinlikdan 
ancha orqada edi. 
Respublikalardagi  turli  millat  vakillari  bo‘lgan  fuqarolar  o‘zlarini  yagona  xalq  deb  anglamay 
ular, qaysi millatga mansublikka ko‘proq e’tibor berishardi. Ko‘plab sondagi elatlar taraqqiyotning 
turli bosqichlarida turardi, ular turli ijtimoiy shaklda edilar. Ularning ba’zilari yo‘qolib borayotgan 
edi.  Elatlararo  munosabatlar  oddiy  masala  emas  edi  va  bir  qator  mintaqalarda  to‘qnashuvlar 
oqibatida anchagina murakkablashgan edi. 
Sovet mafkurasining tanazzulga yuz tutganidan so‘ng yuzaga kelgan va faollashgan turli xildagi 
mafkuraviy-siyosiy  yo‘nalishlarning  hech  biri  gegemonlik  qilishga  qodir  emas  edi.  Omma  «real 
sotsializm»  kamchiliklari  va  tuzum  jinoyatlarini,  sovuq  urushda  va  eng  rivojlangan  mamlakatlar 
bilan  bellashuvda  SSSRning  mag‘lubiyatini  to‘la  tushunib  yetmagan  edi.  Bunday  holat 
imkoniyatlarga to‘g‘ri baho berish va noto‘g‘ri da’volardan voz kechishga xalaqit berdi. Ko‘pchilik 
oligarxiya  va  kompartiyalar  o‘rtasidagi  farqni,  shuningdek,  partiyalar  va  xalqlarning  har  birining 
javobgarligi  nimadaligini  tushunmas  va  parchalangan  tuzum  jinoyatlarini  odil  jazolashni  eplay 
olmas  edi.  Sobiq  sovet  respublikalarida  kommunistlar  faoliyati  davom  etdi,  ro‘znoma  va 
teatrlarning  «kommunistcha»  nomlari,  sobiq  tuzum  bayramlari  (inqilob,  birinchi  may,  komsamol, 
chekistlar  va  boshqalar),  «sovet  vatanparvarligi»  yodgorliklari  va  tuyg‘ulari  saqlandi.  «Real 
sotsializm»  davrida  voyaga  yetgan  yoshlardan  tortib  keksalarning  xotiralarida  avlodlarda, 
yoshlikdan  A.Chexov  aytganidek,  «o‘tmish  qanday  bo‘lgan  bo‘lishidan  qatiy  nazar,  xotiralarda 
faqat jonli, ta’sirli va shodli lahzalargina qoladi»... 


 
185 
Markazlashgan boshqaruvdan mahrum bo‘lgan barcha aylanma vositalar, strategik xom ashyoni 
qazib olish, qurol va harbiy materiallarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va yuqori texnologiyalar 
o‘choqlariga ega bo‘lgan qudratli sanoat butunlay to‘xtab qoldi va respublikalar hududlari bo‘ylab 
parchalanib  qoldi.  Biron  bir  respublikada  yagona,  yaxlit  va  yirik  ishlab  chiqaruvchi  kompleks 
qolmadi.  Faqatgina  parchalanib  ketgan  harbiy-iqtisodiy  obyektlar  va  fuqarolik  ishlab  chiqarish 
elementlari  bor  edi,  xolos.  O‘zaro  kam  bog‘langan  yoki  umuman  bog‘lanmagan  korxonalarni 
yagona  milliy  iqtisodiyotga  birlashtirish  uchun  respublikalardan  jiddiy  sa’yi-harakat  va  vaqt talab 
qilinar  edi.  Bu  sanoat  dastgohlarining  ko‘pchiligi  eskirganligi,  harbiy  ishlab  chiqarishni  fuqarolik 
ishlab  chiqarishiga  o‘tkazish  uchun  vositalarning  yo‘qligi  bilan  yanada  og‘irlashdi.  Qishloq 
xo‘jaligi hamma joyda samarasiz bo‘lib qolgan edi. 
Respublika  va  muxtoriyatlar  bo‘ylab  parchalangan  va  yagona  partiyaviy  markazdan  mahrum 
bo‘lgan  sovetlar  tizimi  mazmunsiz  sarqitga  aylanib  qoldi.  Respublikalarda  suverenitetga  mos 
bo‘lgan davlat apparati o‘rnida ilgarigi idoralarning xarobalari bor edi. 
1988-1991  yillardagi  «real  sotsializm»  tanazzuli  va  SSSRning  parchalanishi  natijasida 
Yevrosiyoning  shimoli-sharqidagi  ulkan  hududda  15  ta  mustaqil  davlat  paydo  bo‘ldi.  SSSRning 
rang-barang  hududi,  aholisi  va  ishlab  chiqarishini  meros  qilib  olgan  respublikalar  o‘z  yo‘llarini 
izlashni  ularga  meros  sifatida  berilgan  muammolarni  hal  etishdan  boshlashlari,  «real  sotsializm» 
xarobalari ustida o‘z kelajaklarini qurishlari kerak edi. 
Har bir respublikaga  o‘z  hududi  va undagi tabiiy  boyliklar, aholi,  ishlab chiqarish korxonalari 
va turli darajadagi aholi jon boshiga YAIM ko‘rsatkichi nasib etdi. 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish