Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix


partiya tarkibida edi. 
Partiya  siyosiy  kuchdan  mahrum  bo‘ldi.  Siyosiy  byuro  esa  o‘z  tarkibi  ustidan  boshqaruvni 
qo‘ldan  boy  bergan  va  respublikalar  manfaatlarini  muvofiqlashtiruvchi  organga  aylanib  qolgan 
bo‘lib,  oligarxiya  xususiyatlaridan  mahrum  bo‘ldi  va  boshqa  ideokratiya  (mafkura  ustunligi)ning 
oliy inspeksiyasi bo‘lmay qoldi. 
Kommunistlarning  asosiy  maqsadidan  voz  kechilishi  bilan  parchalangan  «real  sotsializm»ni 
hech qanday kuchga ega bo‘lmagan insonparvar demokratik sotsializm g‘oyasi bilan almashtirishga 
urinishga qaramasdan  ideokratiya  imperiya  bilan  birgalikda  yo‘qoldi. SSSR  maqsadlari utopiyaga 
aylandi,  u  buyuk  maqsadga  erishish  uchun  tuzilgan  va  rivojlantirilgan  mamlakatga  umuman 
o‘xshamay qoldi. Ammo 1990 yilda ro‘y bergan chuqur o‘zgarishlarning tan olinishi uchun ilgarigi 
davlat va partiya taqdirini hal qilish uchun bir yildan ortiqroq kurashishga to‘g‘ri keldi. 
Konservator  kommunistlar  bilan  birgalikda  sotsialistik  yo‘lni  tanlagan  Gorbachev  ularga  mos 
kelmaydigan demokratik sotsializm sari yurishga harakat qilib, bozor islohoti va SSSRni yangilash 
yo‘llarini  izladi.  U  sotsializmga  bo‘lgan  sadoqatini  faollashgan  liberal  demokratik  kuchlardan 
himoya qilib, sotsializm va liberalizmni birlashtirishga harakat qildi. 
Davlat  boshqaruvi  va  mehnat  jamoalarining  o‘z-o‘zini  boshqaruvida  yuzaga  kelgan 
qiyinchiliklarning  obyektiv  va  subyektiv  sabablari  dezintegratsiya  (parchalanish)ga  va  ishlab 
chiqarish  hamda  taqsimotning  qisqarishiga  olib  keldi.  N.Rijkov  hukumati  bir  necha  yilga 
mo‘ljallangan rejalarni, sotsialistik iqtisodiyotga ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini joriy 
etish dasturini ishlab chikdi. Ammo uni amalga oshirish sharti parchalanayotgan sovet xo‘jaligining 
barqarorlashuvidan  iborat  deb  hisoblandi.  Ammo  bunga  erishilmadi.  Rijkov  hukumati 
«mafkuraning  iqtisodiyotdan ustunligi»ni  bartaraf etolmasligini tan oldi. Buning ustiga talab  yo‘q 
bo‘lgan  mahsulotni  har  qanday  vaziyatda  ham  ishlab  chiqarish  davom  etayotgan  edi.  Hukumat 
oziq-ovqat  narxlarini  uning  tannarxi  bilan  muvofiqlashtiruvchi  zarur,  ammo  mashhur  bo‘lmagan 
qonunlarni qabul qilishni ham uddalay olmadi. 
O‘zgarishlarni  rivojlantirish  maqsadida  Gorbachev  1990  yil  yozida  Rossiya  Bosh  vaziri 
o‘rinbosari G.Yavlinskiy tomonidan taklif qilingan va RSFSR Oliy Sovet tomonidan ma’qullangan 
«500  kun»  dasturini  qo‘llab-quvvatladi.  Bu  dastur  bozor  munosabatlariga  o‘tish  uchun  narxlarni 
tezda  erkinlashtirish  va  korxonalarni  xususiylashtirishni  ko‘zda  tutardi.  Ammo  SSSR  Oliy  Soveti 


 
177 
mumkin  bo‘lmagan  narsani,  ya’ni  Rijkov  dasturi  bilan  birlashtirishni  so‘radiki,  u  mamlakatdagi 
o‘zgarishlarni izdan chiqardi. 
1990  yilda  «mamlakat  hukumati  xo‘jalik  boshqaruvini  qo‘ldan  boy  berdi»  -  deb  hisobladi 
Qozog‘iston  rahbari  N.Nazarboyev.  Yil  oxirigacha  investitsiyalar  4%ga,  sanoat  ishlab  chiqarishi 
1,2% ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi 2,3%ga, Yalpi Milliy Mahsulot (YAMM) 
2%ga  kamaydi.  SSSR  Yalpi  Milliy  Mahsuloti  AQSH  Yalpi  Milliy  Mahsulotining  10%ini  tashkil 
etdi.  Ishlab  chiqarishning  qisqarishi  ishsizlar  sonini  ko‘paytirdi.  Davlat  budjeti  tanqisligi  va  uni 
qoplash  uchun  emissiya  ancha  o‘sdi,  hukumat  mehnatga  haq  to‘lashni  oshirmadi,  oziq-ovqat  va 
boshqa mahsulotlar tobora kamayib bordi. Inflyatsiya bir yilda 119% ni tashkil etdi. Uning keskin 
oshishi bilan jinoyatchilik tobora avj oldi. 
Qayta  qurishdan  o‘z  ahvoli  yaxshilanishini  kutgan  xalq  norozi  edi  va  uning  kutilmagan 
oqibatlaridan  g‘azabga  kelardi.  Turmush  darajasining  yomonlashuvi  va  islohotlarning  sekinligiga 
qarshi  ommaviy  chiqishlar  ko‘lami  1990  yilda  SSSRda  misli  ko‘rilmagan  darajada  ko‘paydi.  Yil 
davomida  16  million  odam  ishtirokida  10  ming  miting,  namoyish  va  ish  tashlashlar  ro‘y  berdi. 
Ularning  2G‘3  qismida  to‘qnashuvlar, tartib  buzishlar  ro‘y  berdi.  Ish  tashlashlarda  17  milliondan 
ortiq  kishi  soat  (ish  samaradorligi  birligi)  boy  berildi.  Bu  xo‘jalikni  yanada  izdan  chiqarib, 
mamlakatni  siyosiy  barqarorlikdan  mahrum  qildi.  Bu  V.Pavlov  yozganidek,  «hamma  narsani 
qamrab olgan inqirozning barcha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishidan» dalolat berardi. 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish