GLOBALLASHUVNING YOSHLAR
DUNYO QARASHIGA TA’SIRI
Saidqulov Nuriddin Akramkulovich
Guliston davlat universiteti o’qituvchisi,
Yo
ʻ
ldoshev Sherzod Ravshan o
ʻ
g
ʻ
li
Guliston davlat universiteti talabasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kitob mahsulotlarini
chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirish hamda targʻibot qilish bo’yicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishni
qabul qilganligi xalqimiz ma’naviy qiyofasini yanada boyitishda xizmat qiladigan
huquqiy hujjat bo’ldi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Bu farmoyishni qabul qilinishi keng
52
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
jamoatchilik uchun birdek daxldor va zarur edi. Shu bois bu huquqiy hujjat bir soʻz
bilan aytganda hayotiy ehtiyoj yuzasidan qabul qilindi. Biroz vaqt o’tib, ya’ni 2017-yil
13-sentyabr “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish bo’yicha kompleks
chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” gi Prezident qarori qabul qilingani bu sohada amalga
oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashishiga sabab boʻldi.
Shundan soʻng, jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror
toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual
salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga
muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda
beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor
qaratila boshlandi.
“Badiiy asarning eng muhim xususiyati shundaki, u inson qalbini mayinlashtiradi,
tuyg‘ularini o‘tkirlashtiradi, ma’naviy-ruhiy barkamollikni tarbiyalaydi”. Yangi
tahdidlar, jumladan, “ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo
bo‘layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi
globallashuv sharoitida kitobxonlik, mutoalaa g‘oyatda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Shu maqsadda har bir davlat oʻz aholisini, ayniqsa bilim va yangilikka chanqoq
yoshlarini ilmiy bilimlar, ma’rifiy-ma’naviy ozuq bo’ladigan axborotlar bilan
ta’minlanishidan manfaatdordir. Yoshlarni kitobxonlik madaniyatini shakllantirish
bu davlat va jamiyatda bo’layotgan o’zgarishlarga o’zining mustaqil fikrini bildira
olish imkoniyatini beradi.
Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga
raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda
ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga
intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.
Keyingi yillarda Yer yuzida keskin geosiyosiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, xalqaro
miqyosda xavfsizlik va barqarorlik tizimi izdan chiqmoqda. Globallashuv jarayonining
tobora shiddatli tus olishi nafaqat insoniyat imkoniyatlarini kengaytirmoqda, balki
ziddiyatlarning keskinlashuvi, rivojlangan va qoloq davlatlar o‘rtasidagi tafovutning
o‘sishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida tinchlik va barqarorlikka raxna solayotgan,
mohiyati va ko‘lamiga ko‘ra transmilliy xususiyatga ega turli xatti-harakatlar sodir
etilmoqda.
Globallashuv davrida yuksak ma’naviyatli va axloq-odobli, iqtidorli, bilim saviyasi
yuqori va chuqur, zukko, ishbilarmon, ishchan kishilar zarur. Qashshoq ma’naviyat,
axloqiy sust, bilim saviyasi yuzaki va past, ishning koʻzini bilmaydigan kishilar bozor
munosabatlarida koʻzlangan maqsadga erisha olmaydilar. Ana shunday holatlarda bir
qancha muammolar yuzaga kelishi tayin. Bugungi kunda yoshlar va ularning axloqi
bilan bogʻliq muammolar mavjud. Jumladan, - Yoshlar tomonidan jinoyatlarni sodir
53
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
etilishi;
– yoshlar oʻrtasida oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holati;
– yoshlar oʻrtasida giyohvandlikning koʻpayishi;
– yoshlarni surunkali ichishga ruju qoʻyishi;
– OITS va OIVga chalingan yoshlarning mavjudligi;
– yoshlar oʻrtasida nikohning bekor boʻlayotganligi;
– Doimiy ish joyiga ega boʻlmagan yoshlar hamda xorijiy mamlakatlarga
ishlashga ketgan yoshlar va ularning ayrimlarida yuzaga kelayotgan axloqsizlik va
bu orqali jamiyat kishilariga boʻlayotgan salbiy ta’sirlari kabi boshqa muammolarni
misol keltirish mumkin. Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2012-yilning
1-yarim yilligida 10,1 mingtani tashkil etgan boʻlsa, 2013-yil yanvar holatiga koʻra
bu koʻrsatgich tahminan 18,2 mingtaga yetgan va 8 mingtaga oʻsish holati kuzatilgan.
Bundan xulosa qilish mumkinki, yoshlar oʻrtasida hali koʻp muammolar mavjud.
Lekin yuqorida keltirilgan muammolarni aniqlashni oʻzi bilan ish bitmaydi. Balki,
muammolarning yuzaga kelish sabablari va ularni bartaraf etishning samarali
yoʻllarini qidirib topish hamda amalga oshirish zarurligi eng muhim vazifalardan
ekanligi shart qilib qoʻyiladi. Bunday muammolarni yuzaga kelish sabablarini
oʻrganish davomidayoshlardagi iroda zaifligi, sabrsizligi, aqlsizligi va bir soʻz bilan
aytganda ulardagi ma’naviy qashshoqlik asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Ma’naviy yetuk yoshlar hech qachon axloqsizlikka olib boradigan ishlarni qilmaydi,
balki, u zararli narsalardan ehtiyot va ogoh boʻlishga doimo intiladi. Shu jihatdan
muammoning dolzarbligi quyidagilardan iboratdir:
– Siyosiy jarayonlar globallashib, mamlakatimizga nisbatan g’oyaviy taxdidlar
kuchayayotgan bir paytda talaba-yoshlar tarbiyasi masalalarining dolzarbligi yanada
yaqqolroq namoyon bo’ladi. Bu esa ulardan ko’proq o’qishni, o’z ustida ishlab,
o’zining bilim va ko’nikmalarini doimiy oshirib borishni talab etadi.
– Bugungi kunda bizning fikrimizcha ma’naviyat masalalari nafaqat bizning
mamlakatimizda, balki butun dunyo hamjamiyatida har jihatdan davrimizning
eng dolzarb masalasiga aylanmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda yoshlar ma’naviy
kamolotining ijtimoiy-falsafiy taxlili masalasi yanada dolzarb ahamiyatga ega.
– Jahonda bugungi kunda turli global muammolar – ekologik halokatlar,
terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi illatlar xalqaro xavfsizlikka
tahdid solayotgan bir paytda bunyodkor g’oyalarni o’zida mujassam etgan,
odamlarni ezgulikka da’vat eta oladigan, milliy g’oyani o’rganish, hozirgi davrdagi
murakkab ilmiy-kontseptual muammolarni tahlil qilishda, mafkuraviy immunitetni
shakllantirishda Islom falsafasining ta’lim-tarbiya masalalari muhim ahamiyatga ega.
– Bugungi globallashuv jarayonlari dunyo xalqlarining hayotiga, ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-ma’rifiy negizlariga o’zining ta’sirini o’tkazmoqda. Dunyo xalqlari bir-biri
bilan uzviy bog’lanib bormoqda. Shunday sharoitda o’zligini saqlab qolish, o’ziga
xos va mos diniy, milliy-ma’naviy qadriyatlarini unutmasdan, uni demokratik jamiyat
54
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
qurish tamoyillari bilan bog’liq holda amalga oshirishga erishish, demokratik
jamiyat qurishni maqsad qilib olgan O’zbekiston xalqi uchun ham muhim va dolzarb
vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |