Жараёни ва ўзбекистон ёшлари”


GLOBALLASHUV JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLAR



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/85
Sana11.07.2022
Hajmi1,72 Mb.
#777668
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85
Bog'liq
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари

GLOBALLASHUV JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLAR 
ASOSIDA YOSHLARNING MA’NAVIY MADANIYATINI 
YUKSALTIRISH
Po’latov Zarifjon
NavDPI tarix fakulteti milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va 
huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi
Ma’naviyat va ma’naviy tarbiya masalalari bugungi kunda jahonda kechayotgan 
globallashuv jarayonlari sharoitida nihoyatda dolzarb masalaga aylangan. Har 
bir taraqqiy etgan, madaniyatli xalqning o’z tili, urf-odatlari, an’anaviy moddiy va 
ma’naviy boyliklari bo’ladi. Insonda til, fe’l-atvor bilan birgalikda odamga qon bilan 
kiruvchi an’ana-qadriyatlar bor.
Ma’naviyat doimo milliy bo’ladi, shu bilan birga unda umuminsoniy qadriyatlarga 
zid narsa ham bo’lmaydi, chunki har bir millatning mustaqil ma’naviy dunyosi, 
ma’naviy qiyofasi bir paytning o’zida ichki mohiyatiga, o’zak tomirlariga ko’ra, o’zga 
xalqlar ma’naviyati bilan umumiy jihatlarga, butun bashariyatni birlashtirib turuvchi 
mushtarak unsurlarga ega bo’ladi. [1]
Millatlarning o’z milliy qadriyatlariga e’zozi, hurmati va sadoqati qanchalar ulug’ 
bo’lsa, ularning nufuzi ham shunchalar yuksak bo’lib boradi. Butun dunyodagi 
juda ko’p xalqlar biz–o’zbekalrning ota-onaga, uztozga bo’lgan hurmatimiz, nonga 
nisbatan e’zozimiz, marhumlarruhiga bo’lgan e’tiborimiz, tug’ilib o’sgan makon–
Ona-yurtga mehr-muhabbatimiz, duoni qadrlashimiz, mahalla-ko’ydagi oqibatimiz, 
ibo, hayo, sadoqat, or-nomusni joyiga qo’yishimizga havas bilan qarashadi, tan 
berishadi. Milliy qadriyatlar xalqni ma’naviy poklanishga yetaklaydigan asoslardan 
biri bo’lib, tug’ilgan joy va ona yurtga muhabbat, avlodlar xotirasiga sadoqat, 
kattalarga hurmat, muomalada mulozamat, hayo, andisha kabi jihatlar ustuvorligi 
bilan belgilanadi. 
O’zbekona, milliy axloqda ota-bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar 
sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari 
jamuljamdir. Ular tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avloddan-
avlodlarga o’tib kelmoqda. Yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash shaxsning 
milliyligiga bevosita aloqador bo’lgan fazilatlarni singdirish tamoyilidan kelib chiqib 
belgilanadi. Merosimiz durdonalaridan kelajak avlod tarbiyasida foydalanish, ularni 
yoshlar hayotiga tadbiq qilish orqali bolalarda davr talabi asosida axloqiy, estetik, 
mehnat va jismoniy fazilatlarini takomillashtirish mumkin. 
Maktabgacha ta’lim muassalari tarbiyachilari, maktab o’qituvchilari darslarda, 
sinfdan tashqari tadbirlarda, tarbiyaviy soat mashg’ulotlarida milliy -ma’naviy 
qadriyatlarimizdan foydalanish orqali bolalar tarbiyasini, o’qishini, tafakkurini, 


44
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
bilim olishga qiziqishini rivojlantirish samarali natija beradi. Bu kabi qadriyatlarni 
yoshlikdan bola ongiga singdirib borish kerak. Oliy ta’limda esa buni eng yuqori 
bosqichga olib chiqish lozim.
Yosh avlodda qadriyatlar asosida ma’naviyatni shakllantirish bizning oldimizdagi 
asosiy masala bo’lib qolmoqda. Bizda bola tug’ilgandanoq tavallud, beshik, hatto 
ism qo’yishda ham an’analar mavjud. Salom va alik; kattalarva yoshi ulug’larni 
e’zozlash, ularning hurmatini ado etish; dasturxon odobi; ovqatlanish odobi; to’y-
tomoshalar; hayit-bayramlar; sovchilik; ta’ziya; tug’ilgan joyi, mahalla-ko’yga 
munosabat; qo’shnichilik munosabatlari va b. kabilarning ham o’ziga xos milliy 
an’ana qonun-qoidalari mavjud. Bunday qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan 
abadiy qadriyatlardir. 
Odamlarning fe’l-atvori turlicha. Ular nihoyatda murakkabdirlar, shuning uchun 
hayot murakkab. Biroq tuirmush insonning xatti-harakatlarini ma’lum chegarada, 
ma’lum me’yorda bo’lishini taqozo qiladi. Odob-axloq insoniyat tarixidagi butun 
tajribalarga suyangan holda yaratilgan. Ularning zamirida urf-odatlar turadi. Bu urf-
odatlar qadriyatga aylanib boraveradi. Qadr tuyg’usi yo‘q joyda qadriyat bo‘lmaydi. 
Qadriyatlar yo‘q joyda insoniylik bo‘lmaydi. Insoniylik bo‘lmasa, xalq, odamzod 
yo‘q bo‘ladi, tanazzulga uchraydi. Qadriyatlar inson ma’naviyatini boyitadi. Ma’nan 
barkamol, ma’naviyati yuksak insonni hech qanday kuch yenga olmaydi.
Insoniyat tarixi fikrlar, g’oyalar kurashidan iborat bo’lib kelgan va biz yashayotgan 
davr ham bundan mustasno emas. Fikrsiz inson bo’lmaganidek, g’oya va mafkurasiz 
jamiyatham bo’lmaydi. Biroq shunday paytlar bo’ladiki, muhitda mafkuraviy 
bo’shliq yuzaga keladi va bu jamiyat uchun juda tahdidlidir.Chunki mustahkam 
imon – e’tiqod yoshlarning zamon sinovlaridan o’tishida suyanch va tayanch bo’ladi. 
Shunda duch kelgan hayotiy va ma’naviy muammolarga javob bera oladi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish