Quyultirilgan shakarli yogi olingan sut va ayron. Bu ikkala mahsulot
alohida xom-ashyolari qo‘shilmasdan va qo‘shilib ham tayyorlanishi mumkin.
Bunda 75% obratga 25% ayron aralashtiriladi. Tayyor mahsulotda nordonlik
60
o
T dan, namlik 30% dan, YoQSQ- 26% dan, shakar 44% dan kam
bo‘lmasligi kerak. Flyaga va bochkalarga quyilib realizatsiyaga chiqariladi.
Quritilgan sut mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni. Bunday
mahsulotlar turi (assortiment) juda ko‘p. Tabiiy quritilgan sut, obrat, ayron,
qaymoq (shakarli va shakarsiz), nordon sut mahsulotlari, yoki emizuvdagi
bolalar uchun har xil quritilgan sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |