55
Oziqalarning energetik qiymatini baholashning qator usullari taklif etilgan.
Eng ma’qul O.Kelner usuli bo‘lib u ho‘kizlarda toza hazmlangan to‘yimli
moddalardan yog‘ to‘planishini asoslab bergan. Natijada to‘yimli moddalardan
yog‘ to‘planishi o‘rnatilgan:
2.2.1.jadval
Ho‘kizlar tanasida to‘plangan oqsil yog‘ga quyidagi kaloriyalikda
hisoblanadi: 1 gr yog‘ 9,5 kkal, 1 gr oqsil-5,7 kkal.
Boshqa tajribalarda haqiqiy oziqalardan yog‘ to‘planishi bilan hisob usuli
makkajo‘xori doni va kartoshkada 100% to‘g‘ri kelgan, boshqa oziqalarda esa u
farq qilgan, ayniqsa bu farq pichanda 37% va somonda 80% farq qilgan.
Kelner va Armsbi tadqiqotlari natijasida, to‘yimli moddalardan hayvon
tanasida yog‘ hosil bo‘lishiga qarab turli mamlakatlarda har xil oziqa birliklari
joriy qilingan: Germaniyada urushga qadar Kelnerning kraxmal ekvivalenti,
AQShda –Amrsbi termi va sobiq SSSRda sovet (suli) oziqa birligi qabul
qilingan; bu oziqa birliklarining farqi umumiy tuyimlilik va undagi energiyani
hisoblashdan iborat.
Kelner oziqalarning umumiy to‘yimliligini tanada to‘plangan yog‘ miqdori
bilan Yemas, balki 100 kg oziqa hazmlanganda to‘planadigan yog‘ga teng
kraxmal miqdori bilan belgilagan, yoki kraxmal ekvivalenti deyiladi. 1 kg
hazmlanuvchi kraxmaldan hayvon organizmida, 0,248 yog‘ to‘planadi, shuning
uchun
7,13 / 0,248= 28,8 kraxmal ekvivalentiga teng bo‘lib u 100 kg pichan
oziqa birligi hisoblanadi.
Armsbi termi 1000 kkal sof energiyaga teng; yog‘ to‘planishdan sof
energiyaga uchun
7130 x 9,5 / 1000 = 67,7 term 100 kg pichan hisobiga.
Ye.A.Bogdanov 1 kg hazmlanganda hosil bo‘ladigan yog‘ 0,15 kg tashkil
etadi va bir oziqa birligi qilib qabul qilingan yoki 1 oziqa birligi 1 kg o‘rtacha
suli tuyimliligiga teng, shu hisobdan 100 kg pichan
7,13 / 0,15 = 47,5 oziqa
birligiga teng.
Bir oziqa birligi hayvon tanasida 150 gr yog‘ hosil qilish kerak bo‘lgan
tuyimli moddalarga teng.
Skandinaviya mamlakatlarida esa 1 kg arpa tuyimliligi 1 oziqa birligi deb
qabul qilingan.
Organizmga tushgan sof to‘yimli moddalar
Organizmda yog‘
to‘planishi, gr
100 gr
hazmlanuvchi oqsil
23,5
100 gr
hazmlanuvchi kraxmal
24,3
100 gr
hazmlanuvchi kletchatka
24,8
100 gr dag‘al oziqalardan olingan hazmlanuvchi yog‘
47,4
100 gr yog‘li ekinlar donidan olingan yog‘
59,8
100 gr donli ekinlardan olingan yog‘
52,6
56
Ko‘pchilik mamlakatlarda oziqalarning to‘yimliligi almashinuvchi energiya
(AE) bilan hisoblanmoqda, shu usul ko‘proq qo‘llanilmoqda, ya’ni bu energiya
oziqa tuyimliligining bir qismi bo‘lib hayvon tanasini saqlash va mahsulot
hosil bo‘lishi uchun sarflanadi.
Oziqalarning energetik qiymati almashinuvchi energiya birligi –
megadjoullarda (MDj) turli hayvonlar bo‘yicha aniqlanadi.
Oziqalar yoki ratsionda almashinuvchi energiya miqdori balans tajribalari
orqali qabul qilingan energiyadan tezak va siydik bilan chiqib ketgan energiya,
kovshovchilarda esa ichakda hosil bo‘ladigan gazlarga sarflangan energiya ham
chiqarib tashlash natijasida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: