Topshiriq
Toifalash jadvalida ishlash
5-AMALIY MASHG’ULOT MASHG’ULOT:
Mavzu: Axborot texnologiyalari sohasida mutaxassisga qo’yiladigan psixologik talablar.
Reja:
1. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va ahvoli.
2. Rivojlanish psixologiyasining predmeti va vazifalari.
3. Psixologiya tarixi faniga kirish.
4. Psixologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishi.
Psixologiyani fan sifatida shakllanishi, miya va psixika, psixikaning aks ettirish va boshqaruvchanlik vazifalari, ong haqida tushuncha va uning xossalari, ong va ongsizlik. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va ahvoli. Hozirgi zamon psixologiyasi fanining tamoyillari, hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi, aniq faoliyatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari, rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari, shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarni o‘rganuvchi psixologiya sohalari, hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari.
Psixika va ongning taraqqiyoti. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti, Seskanuvchanlik va sezuvchanlik, tropizmlarning mohiyati, hayvonlarning xatti-harakat tiplari, sensor bosqich va uning xarakterli xususiyati, perseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyati, intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyati, A.N.Leontyev, E.Fabri bo‘yicha psixikaning rivojlanish bosqichlari.
Faoliyat haqida tushuncha. Faoliyatning tuzilishi, faoliyatning o‘ziga xosligi, faoliyatning interorizatsiyasi va ekstrorizatsiyasi, faoliyatning o‘zlashtirilishi va malakalarni egallash, faoliyatning asosiy turlari, o‘yin, mehnat, ta’lim faoliyati mazmuni, A.N.Leontev bo‘yicha faoliyat tuzilishi. Muloqot haqida tushuncha, muloqot turlari, muloqot vazifalari, muloqotning verbal vositalari, muloqotning noverbal vositalari,muloqot shaxslararo o‘zaro ta’sir etish, muloqot insonlaning bir-birini tushunishi, muloqot texnikasi va usullar, pedagogik faoliyatda muloqot, til va nutq tushunchalarining mazmuni, muloqot va muomala tushunchalarining mazmuni, muloqot kishilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir etish, muloqotning kommunikativ va interaktiv tomoni.
Shaxs haqida tushuncha, individ shaxs, individuallik tushunchalari. Shaxs faolligi tushunchalarining mazmuni, shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, shaxsning malaka va odatlari, endopsxika va ekzopsixika haqida tushuncha, shaxs borasida qo‘sh omillik nazariyasi, chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari, biogenetik, sotsiogenetik nazariyalar, konstitutsion nazariya, rollar nazariyasi, shaxs borasida K.Levin nazariyasi, psixodinamik nazariya, kognitivistik nazariya, rus psixologiyasida shaxs rivojlanishi nazariyalari, shaxs shakllanishi borasida L.S.Vigotskiy g‘oyalari, shaxs shakllanishi borasida S.L.Rubinshteyn nazariyasi, L.I.Bojovich va shaxs shakllanishi, D.B.Elkonin va shaxs shakllanishi, shaxs shakllanishi borasidagi A.V.Petrovskiy nazariyasi, sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’riflari, S.L.Rubinshteyn, A.G.Kovalev bo‘yicha shaxs tuzilishi, shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili, shaxsda o‘z-o‘zini anglashni tarkib topishi, ehtiyoj va shaxs faolligi, shaxs shakllanishida ijtimoiy muhit, irsiyat, ta’lim-tarbiya.
Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari, diqqat turlari, diqqatning xususiyatlari. Sezgilar haqida umumiy tushuncha, sezgilarning nerv fiziologik asoslari, sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi sohasidagi qonuniyatlar. Idrok haqida tushuncha, idrokning murakkabligi, idrokda kuzatish va kuzatuvchanlik, idrokning xossalari, idrokda obekt va fon, appersepsiya, idrokning konstantligi, idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya, idrokning tasnifi, harakatni idrok qilish, vaqtni idrok qilish, fazoni idrok qilish.
Xotira haqida tushuncha, xotira turlari, faoliyatga ko‘ra xotira turlari, xotira jarayonlari, xotira tiplari, xotira tasavvurlari.
Tafakkur haqida tushuncha, tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, tafakkur sifatlari, tafakkurning turlari, tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar.
Xayol haqida tushuncha. Xayol jarayonlari, xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol, orzu, tush ko‘rish va shirin xayol, xayol sifatlari, xayol jarayonlarining fiziologik asoslari, xayol shakllari to‘g‘risida tushuncha, xayolning ahamiyati.
Hissiyot haqida tushuncha. His-tuyg‘ularning vazifalari, hissiy holatlarning fiziologik asoslari, hislarni kechirish shakllari, yuksak hislar. Iroda haqida tushuncha, irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari, iroda nazariyalari, irodaviy akt va uning tuzilishi, shaxsning irodaviy sifatlari, irodani tarbiyalash, irodaning individual xususiyatlari.
Temperament haqida tushuncha, oliy nerv faoliyati tipi va temperament, temperament xususiyatlari, temperament tiplari, faoliyatning individual uslubi va temperament, temperamentni tarbiyalash, temperamentning rivojlanish tarixi, temperament tipi.
Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning fiziologik asoslari, xarakter tipologiyasi, xarakter aksentuatsiyasi, xarakter tarkibi. Qobiliyatlar haqida tushuncha, qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi, qobiliyatlar tuzilishi, talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi, qobiliyat va talantning tabiiy shartlari, qobiliyat borasidagi nazariyalar.
Rivojlanish psixologiyasining predmeti va vazifalari. Rivojlanish psixologiyasida biologik, sotsiogenetik va kompleks yo‘nalishlari, psixik rivojlanishning shart-sharoitlari va harakatlantiruvchi kuchlari, rivojlanishning kategoriyalari, yosh psixologiyasini rivojlanishida sifat va miqdor tushunchasi haqida, psixikani harakatga keltiruvchi kuch sharoitida ziddiyatlar
Go‘daklik davri (2 oy-1 yoshgacha) jismoniy va motor rivojlanish sensor va perseptiv rivojlanish, kognitiv rivojlanish, predmetlar bilan o‘ynash, tajriba va miyaning rivojlanishi. Ilk bolalik (1-3 yilgacha). Ilk bolalik davrida anatomik fiziologik va jismoniy xususiyatlarni rivojlanishi, kognitiv va nutqning rivojlanishi, bola tafakkurida egotsenterizm predmetli harakat faoliyatini rivojlanishi, o‘yin, ilk bolalik davrida o‘yinni turlari va uning kognitiv rivojlanishidagi o‘rni. Maktabgacha tarbiya yosh davri (3yoshdan 7yoshgacha) jismoniy va motor rivojlanish, jismoniy o‘sish va funksional va ichki o‘zgarishlar harakat malakalarini, jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni tashkillashtirish, kognitiv rivojlanish bolani maktab ta’limiga tayyorlash masalasi.
Kichik maktab yoshi (7yoshdan 10 gacha) jismoniy va motor rivojlanish, jismoniy o‘sish va morfofunksional va ichki o‘zgarishlar, harakat malakalarini rivojlanishi, jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni tashkillashtirish, kognitiv rivojlanish, oliy psixik funksiyalarning faol shakllanishi. O‘smirlik davri (11 yoshdan 14 yoshgacha) jismoniy va motor rivojlanish, jismoniy o‘sish va morfofunksional va ichki o‘zgarishlar, pubertat tushunchasi va yoshning pubertat inqirozlari, jinsiy va seksual xulq-atvor xususiyatlari, o‘smirlik davrida kognitiv o‘zgarishlar. Ilk o‘spirinlik davri 15 yoshdan 17 yoshgacha jismoniy va psixik rivojlanish, jismoniy o‘sish va morfofunksional va ichki o‘zgarishlar seksual ustanovkalarni rivojlanishi o‘spirinlik davrida kognitiv o‘zgarishlar.
Ilk yetuklik 20 yoshdan 40 yoshgacha. Ilk yetuklik davrida rivojlanish vazifalari hayotiy vazifalarga tanqidiy yondashish, ilk yetuklik davrida jismoniy rivojlanish, jismoniy kuch va chidamlilik, jismoniy rivojlanish shakllari va salomatlik. O‘rta yetuklik 40 yoshdan 50 yoshgacha o‘rta yetuklik davrida jismoniy rivojlanish, hayot davrdagi inqiroz, kognitiv rivojlanish, kognitiv malaka va vositalar, intellekt funksiyalarining o‘zgarishi.
Pedagogik psixologiya shakllanishining hozirgi holati. Pedagogik psixologiya – fanlararo ilmiy bilim sohasi. Pedagogik psixologiyaning shakllanish tarixi, pedagogik psixologiyada ta’lim muhim obyekt sifatida, ta’lim ko‘pqirrali fenomen sifatida, hozirgi zamon ta’limida o‘qishning asosiy yo‘nalishi, shaxsiy faoliyatli yo‘nalish asosi sifatida.
Tarbiyada differensial yo‘nalish. Shaxsiy individual yo‘nalish mazmuni, psixik holat ta’limoti samarali ta’limni psixologik mexanizmlari, umumiy insoniy va milliy qadriyatlar va uning shaxs shakllanishida o‘rni, milliy mustaqillik g‘oyalari, umuminsoniy qadriyat tushunchasi va uning tuzilishi, shaxsda oliy qadriyatlarning shakllanishi.
Psixologiya tarixi faniga kirish. Fan maqsadi, vazifalari, personalistik yondashuv, psixologiya tarixining bosqichlari. Sharq mamlakatlarida ilk psixologik fikrlarni paydo bo‘lishi: Vedalar maktabi, jaynizm, buddizm, daosizm, Konfutsiy, menszi, diniy ta’limoti, Memfis geologiyasi. Hindiston, Xitoy, Misr falsafasidagi psixologik g‘oyalar. Antik davr psixologiyasi Geraklit, Demokrit, Epikur, Platon, Aristotel, Gippokrat ta’limotlari. Yevropada uyg‘onish davri psixologiyasi. Rene Dekart, X.Vives, X.Uarte, F.Bekon, Benedikt Spinoza, Tomas Gobbs, Gotfrid Leybnits, Djon Lokkni psixologik qarashlari.
Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi, Abu Nasr Forobiy, ibn Sino, Beruniy, al – Xorazmiy, Umar Xayyom psixologik qarashlari. Al Kindiy, Abu Ar Roziy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Ibn Rashid, Umar Xayyom, Yassaviy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Qur’on hadislarida psixologiyaga doir qarashlar, islomda ong muammosi. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga zamin hozirlanishi. X.Volf, J.Lametri, I.Gerder, G.Spenser, Ch.Darvin, F.Galton, X.Dilekson, Ch.Bell, I.Sechenov, I.Gerbart, va boshqa olimlarning tadqiqotlari.
Psixologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishi: Germaniya, Rossiya, AQSH, Angliya, Fransiya psixologiyasida dastlabki eksperimental tadqiqotlar va ularning natijalari. Psixologik maktablari yoki jahon psixologiyasidagi yirik yo‘nalishlar: Psixoanaliz (Z.Freyd, A.Adler) Neofreydizm (Vilgelm Rayk, Karen Xorni, Erik Fromm), Bixeviorizm (Djon Uotson, Bereye Skiner) Neobixeviorizm (Edvard, Golmen, Klark Xall), Geshtaltpsixologiya (Abraxam Maslou, Karl Rodjers). Psixoanaliz Neofreydizm, Bixeviorizm, Neobixeviorizm, Geshtaltpsixologiya. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishi va hozirgi ahvoli. O‘zbekistonda psixologik bilimlarni yuzaga kelish, laboratoriya va institutlarni ochilishida olimlarni xizmatlari va psixologiyani istiqbollari.
Ijtimoiy psixologiya fanining predmet va vazifalari. Ijtimoiy psixologiya fanining tarixi, uning rasman tan olinishi, Xalqlar psixologiyasi nazariyasi va uning asosiy g‘oyasi, Omma psixologiyasi nazariyasi, Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi, ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbaci. “Xalqlar psixologiyasi nazariyasi va uning asosiy g‘oyasi, Omma psixologiyasi nazariyasi, Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi, insoniyat tarixi mobaynida ijtimoiy qarashlarning rivojlanganligi, Sharq faylasuflari asarlarida ijtimoiy psixologik qarashlar. (Forobiy asarlari), fanning Rossiya va sobiq ittifoqda rivojlanishi, O‘zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlar, bu sohadagi muammolar.
Muloqotdagi nizolar. Nizo psixologiyasining mohiyati, muloqot jarayonida nizolarning vujudga kelish sabablari, ularni bataraf etish usullari (raqobat, yon berish, passivlik, kompromiss, hamkorlik), muloqotdagi nizolar.
Ijtimoiy psixologiyada guruhlar muammosi. Guruh haqida tushuncha, guruh turlari, katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi, etnik guruhlar psixologiyasi, omma psixologiyasi, kichik guruhlar psixologiyasi, kichik guruhlarning klassifikatsiyasi, kichik guruhning inson hayotidagi o‘rni, kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar, guruhlarda liderlik muammosi, kichik guruhlardagi qonuniyatlar, ijtimoiy psixologiyada guruhlar muammosi.
Xorijiy psixologiyadagi psixologik ta’limotlar tuzilishi prinsipi. Quyidagi qarama-qarshi prinsiplarni qarab chiqish: determinizm-erkinlik, xolizm-elementarizm, o‘zgaruvchanlik – o‘zgarmaslik va boshqalar, xorijiy psixologiya rivojlanishining umumiy tahlili, o‘zaro harakat farazi sxemasi.
Psixologiya tarixiy fan sifatida. Psixologiyaning tarixiy fan sifatidagi g‘oyalari, A.R.Luriya va L.S.Vigotskiyning O‘rta Osiyodagi tadqiqotlari, inson ongi va psixikasiga ta’sir borasidagi qarashlari, psixologiyaning klassik maktablari qarashlarini tanlash.
Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining nazariy asoslari. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya haqida, psixodiagnostika va eksperimental psixologiya psixolog amaliy faoliyatining muhim tarkibiy qismi va psixologiya fanining sohasi ekani haqida, psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining vazifalari, psixodiagnostik va eksperimental bilimlar qo‘llanadigan sohalar, psixodiagnostik va eksperimental tekshiruv bosqichlari, psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari
Psixodiagnostik tekshiruvda qo‘llanadigan asosiy metodlar haqida umumiy ma’lumot. Metod va metodika haqida tushuncha. Standartlashtirilgan va ekspert (klinik) metodlarning asosiy farqlari. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari. So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‘rovnomalar turi.
Psixodiagnostik metodikalar va psixodiagnostik tekshiruv jarayoniga qo‘yiladigan talablar. Validlik – psixodiagnostik metodikalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida validlikning asosiy turlari va ularni aniqlash usullari. Ishonchlilik – psixodiagnostik metodikalarning muhim psixiometrik ko‘rsatkichi sifatida. Ishonchlilik turlari va ularni aniqlash usullari. Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi. Psixodiagnostik tekshiruvda tanlanma to‘plam reprezentativligi muammosi
Ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi. Ilmiy tadqiqotni o‘tkazishning asosiy bosqichlari. Tadqiqotning psixologik gipotezasi. Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik tekshirish
Eksperimentlarni o‘tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari. O‘zgaruvchilar: mustaqil, tobe, idora qilsa bo‘ladigan, tasodifiy. Randomizatsiya. Aralashuvchi omillar. Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o‘lim, testlash, statistik regressiya tushunchalari
Ilmiy manbalar bilan ishlash. Rasmiy manbalar: kitoblar, maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar. Norasmiy manbalar: mutaxassislar bilan uchrashuvlar, tadqiqiy guruhlar, o‘qituvchilar.
Eksprementda o‘tkaziladigan mustaqil va tobe o‘zgaruvchilarni tanlash. Eksprementda o‘tkaziladigan mustaqil va tobe o‘zgaruvchilarni tanlash, mustaqil o‘zgaruvchini aniqlash, tanlash. Tobe o‘zgaruvchini tanlash: operatsional tushuncha, validlik, ishonchlilik, bevosita kuzatsa bo‘ladigan tobe o‘zgaruvchilar, bilvosita ta’sir o‘tkazadigan tobe o‘zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko‘rsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |