1-Mavzu: Kirish.“ O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja



Download 39,82 Kb.
bet1/3
Sana19.02.2022
Hajmi39,82 Kb.
#458273
  1   2   3
Bog'liq
1-Maruza


1-Mavzu: Kirish.“ O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
Reja

  1. Kirish.“O’zbekistonning eng yangi tarixi fani predmeti.

  2. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanini o’rganishning nazariy-metodologik tamoyillari va manbalari.

3. Barkamol avlodni shakllantirishda O’zbekistonning eng yangi tarixining ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar: O’zbekistonning eng yangi tarixi fani predmeti. Metodologik tamoyillar. Ilmiylik. Xolislik. Tarixiylik. Ijtimoiy yondashuv. Vorisiylik. Vatan tarixini davrlashtirish. Moddiy manbalar. Yozma manbalar. Tarixiy xotira. Vatan tarixini o’rganishning ahamiyati.
Tarix – arabcha so’z bo’lib, o’tmish «o’tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish», ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq o’tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan hayotiy yo’lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni etaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o’rganuvchi, tasvirlovchi fandir.
Tarixni o’rganish, bilish – bu kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarining taraqqiyotning mavjud bosqichidan yangi bosqichiga o’tish jarayonini, insonlarning inqirozli, turg’unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yo’lidagi tajribalarini, har bir zarrasi qimmatga tushgan o’tmish sabog’ini umumlashtirish, tushunib etish, anglab olish demakdir. Tarix fani tarixiy jarayonning qonuniyatlari va tendentsiyalarini tushunib etishga, hozirgi zamonni to’g’ri anglab olishga, kelajakni asosli ravishda ko’ra bilishga ko’maklashuvchi ilmdir.
Tarix ko’p qirrali, keng qamrovli fan bo’lib, uni alohida mamlakatlar va xalqlar tarixi, mintaqalar tarixi, jahon tarixi kabilarga bo’lib o’rganish ham mumkin.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko’ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, tsivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat tarixining borishiga ma’lum darajada ta’sir etib bordi. Shu bilan birga ajdodlarimiz hayotiga boshqa xalqlar, tsivilizatsiyalarning ham ta’siri bo’ldi.
O’zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O’zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko’tarilgani jahonga ma’lum.
Vatanimiz tarixi o’zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz – Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad inb Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat o’zbeklar, balki butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari faxrlanadilar.
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko’hna shaharlar bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohga aylangan. O’zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me’morchilik majmualari va yodgorliklarni ko’rib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining iste’dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o’qimoqdalar. Muqaddas erimiz orqali o’tgan Buyuk ipak yo’li Osiyo va Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog’lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti O’zbekistonning davlat mustaqilligiga erishish davridan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o’rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
O’zbekistonning eng yangi tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog’liq holda sodir bo’lgan voqealar rivojining ichki mantiqini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to’plangan amaliy tajriba va saboqlarni o’rgatadi.
O’zbekistonning eng yangi tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o’rgatadi.
O’zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog’liq holda o’rganiladi. Insoniyat hayotining ma’no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida Politologiya, iqtisodiy hayotni yoritishda Iqtisodiyot nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnografiya, o’zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxeologiya, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar tarix falsafasini chuqur anglab etishga ko’maklashadi.
2. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanini o’rganishning nazariy-metodologik tamoyillari va manbalari.
Tarixiy voqealarni o’rganishda to’g’ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o’qitish va o’rganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik nuqtai nazarlaridan yondashildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allar, mulkdorlar va yo’qsillar tarixiga bo’lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblariga ommaga qarshi reaktsion siyosat yurituvchi ekspluatatorlar guruhi deb qaraldi, qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag’allarni va yo’qsillarni himoya qilgan, sinfiy cheklangan tarzda yoritildi.
Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e’tiqodlariga bepisand qaraldi. Ming yillar davomida ajdodlarimiz orasidan etishib chiqqan mashhur allomalar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo’lindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma’rifatparvar shoiru ulamolar, yozuvchilarga u yoki bu dinga e’tiqod qilganlari, asarlarida olloh, payg’ambarlar nomini tilga olgan, ishonch bildirganlari uchun idealist – noilmiy degan tamg’a yopishtirildi, ularning ijodiy faoliyatini o’rganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yo’qotib yuborildi. Oqibatda ko’pgina tarixiy voqealar soxtalashtirildi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. Yosh avlodga ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Tarix faqat jangu jadal, urushlardan iborat jarayon sifatida tasvirlandi.
Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Tarixni soxtalashtirishda, xalqni o’z tarixiy xotirasidan judo qilishda, Turkistonning o’tmishini kamsitishda mamlakatda hukmron bo’lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo’ldi. Tarix fani totalitar tuzum xizmatkoriga, tashviqotchisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi.
Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to’g’ri yoritish va o’rganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur.
Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O’zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir.
Darhaqiqat, O’zbekistonning eng yangi tarixi, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko’pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta’sirda va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq o’tgan. Shu sababdan O’zbekistonning eng yangi tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo’ymagan holda o’rganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O’zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganishga imkon yaratadi, ko’maklashadi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o’rganish, tahlil qilish va yoritishda ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik tamoyillardir.
Xolislik, ilmiylik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o’zaro aloqada va munosabatda deb o’rganish darkor. Oldindan to’qilgan bir g’oyani, uydirmani oqlash lozim bo’lsa faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish «tajribasi» sir emas, albatta. Bunday yo’l bilan chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bo’lmay, u bir tomonlamalikka olib keladi.
«O’zbek olimlarining kuch g’ayratlari bilan tariximizning ko’pdan ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, 19-asr oxiri, 20-asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bo’lindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir» deya ta’kidlangan. Birinchi Prezident I.A. Karimovning O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari nomli asarida. (141-bet.)
Tarixni o’rganishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o’sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur.
Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bo’lganligini, bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan, u o’z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o’tdi, uchinchidan, uning tarixiy o’rni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur bo’ladi.
Tarixiylik tamoyili xalqning o’tmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’tmishni, ajdodlarimizning tarixiy tajribasini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz, taraqqiyotning alternativ yo’llaridan to’g’risini tanlay olamiz.
Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida xususiy mulkchilik kelib chiqadi va urug’chilik tuzumi emirilib, urug’ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo’linadi, shu davrdan e’tiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o’z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ayrim hollarda ularning siyosiy, iqtisodiy manfaati bir-biri bilan to’qnashadigan, qo’zg’olonlar ko’tariladigan bo’lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo’lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini, teng ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa - kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bo’lib, bu tarixni soxtalashtiradi, to’g’ri xulosalarga olib kelmaydi.
Mamlakat yurtboshisiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz bo’lmasligini isbot etishning hojati bo’lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga qoralash ham to’g’ri emas. Jonajon Vatanimiz ko’hna tarixi ham ular orasida xalqparvar, ma’rifatparvar, adolat bilan siyosat yuritgan mashhur davlat arboblari bo’lganligidan guvohlik berib turibdi.
Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo’lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko’rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yo’ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.
Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar o’rtasida, hukmdorlar o’rtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategik maqsadlar yo’lida tez-tez qirg’inbarot urushlar bo’lib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag’lub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zo’rovonlik bilan o’z manfaatiga bo’ysundirgan va o’zlashtirgan. Bunday jarayonlarni siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib baholash zarur bo’ladi.
Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularni tarixiy xotira sifatida hurmatlash, e’zozlash va yanada boyitib borish nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini ikkiga -ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bo’lish, birinchisini qoralashdan iborat yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatdi. Milliy madaniyatga, ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, ma’rifatparvarlar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak.
Ajdodlarimiz hayotini, tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, yoritish, o’rganishda Vatan manfaati nuqati nazaridan yondashish, milliy istiqlol g’oyasi tamoyillariga tayanmoq lozim.
Vatanimiz tarixini o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy-metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Tarixni o’rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.
Tarixni davrlashtirishdek muhim masalaga turlicha yondashuvlar mavjud. Ko’pgina arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, o’rta tosh, yangi tosh, tosh-mis, bronza, temir davrlariga bo’lganlar. Bunday yondashuv to’g’ridek ko’rinsada kishilik jamiyati taraqqiyotining bir-biridan farq qiluvchi muhim davrlarini belgilashga etarli darajada asos bo’lolmaydi, albatta.
Amerikalik tarixchi olim L.Morgan va F.Engels tarixni uch davrga bo’ladi: yovvoyilik davri (tayyor tabiat mahsulotlarini o’zlashtirish), vahshiylik davri (chorvachilik va dehqonchilikning vujudga kelishi) va tsivilizatsiya davri (sanoat rivojlanishi).
XX asr tarixi insoniyat taraqqiyotini, barcha xalqlar tarixini bir qolipga solish, jamiyat taraqqiyoti insoniyatni kommunizmga olib boradi, degan kommunistik g’oyani odamlar ongi va qalbiga singdirishni mo’ljallagan bunday davrlashtirishning ham nomukammal ekanligini isbotladi va rad etdi. Darhaqiqat, nafaqat O’zbekiston hududida, ko’pgina Osiyo mamlakatlarida ham quldorlik tuzumi bo’lmagan. Negaki, Vatanimizda qullar bo’lsada quldorlik ishlab chiqarish usuli, qullar mehnati emas, erkin dehqon jamoalari mehnati etakchi ijtimoiy-iqtisodiy uklad bo’lgan. XIX asr oxirlarida vujudga kelaboshlagan kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari ham, burjuaziya va yollanma ishchilar tabaqasi ham barqaror shakllanib etish darajasiga ko’tarilmadi.
Tarixiy jarayon tahlili kishilik jamiyatining zamonda ham, makonda ham bir maromda emas, notekis, to’lqinsimon-spiral shaklda riovjlanishidan guvohlik beradi. Bu – tarixiy rivojlanish qonunidir. Tarix – bu avlodlar almashinuvidan, taraqqiyot tsikllari almashinuvidan iborat. Jamiyatni harakatlantiruvchi asosiy kuch ishlab chiqarish qurollari, vositalari emas, insondir. Inson, uning ehtiyojlari, qobiliyatlari, bilimi, malakasi, xohish-irodasi bosh ishlab chiqaruvchi kuchdir. Yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar inson mehnatining mahsulidir. Insoniyatning taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tishi, uning barkamollashib borishi, ongi, tafakkuri va mahoratining o’sib borishi, maqsadli intilishi natijasida sodir bo’ladi. Inson tarixni yaratuvchi sub’ektdir. Tarixni davrlashtirishda mana shu omillarni nazarda tutmoq lozim.
O’zbekistonning boy, betakror tarixi bo’lib, uning o’ziga xos tarixiy taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo’lish mumkin:

  • Ibtidoiy-jamoa tuzumi.

  • Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi.

  • O’rta asrlar davri.

  • Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.

  • Mustabid sovet hokimiyati hukmronligi.

  • Milliy istiqlol davri.

Bu davrlarning har biri yana o’ziga xos, kichik davrlarga bo’linadiki, uni mazkur darslikning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko’rish mumkin.
Haqqoniy, xolis tarixiy bilimga ega bo’lish oson emas. Negaki, biz o’rganayotgan tarixiy voqealarni, jarayonlarni bevosita kuzata olmaymiz, ular bizdan ancha ilgari bo’lib o’tgan, ularni qaytarib bo’lmaydi. Bundan ilgari bo’lib o’tgan tarixiy voqealarni bilib bo’lmaydi, degan xulosa chiqmaydi, albatta.
Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo’q bo’lib ketmaydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo’lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga -moddiy va yozma manbalarga bo’linadi.

Download 39,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish