Jalolova p. M., Xudayberdiyev sh. K. Pedagogika. Psixologiya


Topshiriq Mavzuni klaster usulida taxlil qilish



Download 3,48 Mb.
bet52/77
Sana25.01.2023
Hajmi3,48 Mb.
#902153
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
Pedagogika.Psoxologiya (DARSLIK)

Topshiriq
Mavzuni klaster usulida taxlil qilish





4-AMALIY MASHG’ULOT MASHG’ULOT:
Mavzu: Tarbiyada milliy qadriyatlarning o‘rni.
Reja:


  1. Ta’lim va tarbiya

  2. Tarixiy adolatni tiklash

  3. Pedagogik tajriba hamda yuqori bilim

Ta’lim va tarbiya–ong mahsuli lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim va tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad -ozod va obod jamiyatni bappo etib bo‘lmaydi.


Hozirgi kunda yosh avlod tarbiyasi haqida gap borganda biz qadimgi an’analarimiz,tarbiya usullaridan foydalanish zarurligini esdan chiqarmasligimiz kerak.Ma’lumki, kishi o‘z-o‘zidan e’tiqodli bo‘lib shakllanmaydi. Kishidagi insoniy e’tiqod tabiat taraqqiyoti, jamiyat taraqqiyotiga oid fanlar asoslarini chuqur egallash, olingan bilimlariniulug‘ hayotiy tajribalari bilan uzviy bog‘lab tahlil qilish va umumlashtirish orqali haqiqatni, borliqni anglash va uni go‘zalqilish uchun kurashish natijasida shakllanadi.
Ta’lim muassalarida milliy qadriyatlarni ta’lim berish bilan birga, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishga ham katta ahamiyat berish lozim. Talabalarning ma’naviy tafakkurini shakllantirishda «Mustaqillik mening taqdirimda» rukni ostida taniqli olimlar, yozuvchilar, shoirlar hamda mustaqilligimiz uchun, Vatanimiz ravnaqi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan insonlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar muhim omil bo‘ladi. Bu tadbirlar talabalarga katta taassurot qoldiradi. Chunki bu tadbirlarda milliy qadriyatlarimizga alohida e’tibor beriladi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘tkaziladigan ilmiy va badiiy anjumanlar talabalarning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Yana shuni ham qayd etish joizki, talabalarni qadimiy yodgorliklar, azizlarning qadamjolari, tarixiy va adabiy muzeylar bilan tanishtirish ham ularning ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasiga ulkan mavqega egadir. Masalan, Ep yuzining sayqali -Samarqand qadimiy obidalar shahri, shonli tariximizning gavhar kitobi. Talabalarni shahar tarixi, madrasalar, Mirzo Ulugbek rasadxonasiga olib borib tanishtirish bilan birga, ayrim tarixva adabiyot darslari bevosita ana shu o‘lmas obidalar, ajdodlarimizning bizga qoldirgan madaniy merosi fonida o‘tilsa, qanday ijobiy natijalarga erishiladi. Bu esa ta’lim va tarbiyaning birgalikda olib borilishiga ko‘maklashadi.
Talabalar o‘qituvchilar rahbarligida tarixiy va adabiy qadamjolar, yozuvchilar uy-muzeylarida ham bo‘lib, bu yerdagi nodir kitoblar, bu ulug‘ zotlarga tegishli bo‘lgan turli-tuman buyumlar bilan tanishib davr va zamon nafasi ufurib turgan voqialardan, milliy urf-odatlarimiz, an’analarimizdan voqif bo‘ladilar. Bularning barchasi talabalarning ta’limiga, ma’rifiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Ta’lim muassasalarida olib boriladigan har bir ishdan ko‘zlangan maqsad talabalar ongiga milliy istiqol g‘oyasini singdirish, Vatanga muhabbat, mustaqillikning qadriga yetish kabi tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratdir.
Talabalar o‘tmish to‘g‘risida faqat o‘sha davrda nashr etilgan kitoblardan xabardor bo‘lib, ularni O‘zbekiston mustaqilligi davrida yuz bergan tyb o‘zgarishlar, bugungi hayotimiz bilan taqqoslaydilar. Zeroki bu asarlarda ma’naviy kamolotimiz uchun millatni, ozodlikni faqat ma’naviyat qutqara olishi mumkin ekanligiga ishonch bilan bildirgan oqilona fikrlar bor. Darvoqe, ma’naviyatga qaytish, tarixiy adolatni tiklash, dinu diyonatga yo‘l ochish, din davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da u jamiyatning ma’naviy hayotida, axloq va odob tarbiyasida muhimo‘ringa ega ekani oshkora e’tirof etildi, o‘tmish ajdodlarimizning ma’naviy-ma’rifiy merosidan bahramandlik O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.Hayot odamlar oldiga hamma zamonlarda, hamma sharoitlarda ham turli talablar qo‘yadi. Tinchlik-totuvlikda, to‘kinchilikda yashashning ham o‘ziga yarasha muammolari bor.
Kishilar hayoti farovonlashib borgani sari uning ehtiyojlari ham oshib boradi. Turmush odamlarni qancha sinasa, zamon yurtga rahbar bo‘lib kelgan yurtboshilari oldiga bundan ming marta ziyoda talablar qo‘yadi. U xalqi uchun, millati, Vatani uchun javob beradi. Yurtboshi zimmasiga kelajak avlodlarning baxtli hayotinita’minlash, nasibasini butun saqlash mas’uliyati ham yuklangan bo‘ladi. U hammani tinglashi, hammani eshitishi, o‘tmish va kelajakni bir-biriga bog‘lay olishi, voqea-hodisalar rivojini boshqalardan ko‘ra avval ko‘rishi, olis manzillarni aniq tasavvur etishi zarur.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevda ana shu fazilatlarning barchasi bor desak, xato qilmagan bo‘lamiz. U xalqbilan ma’rifatli va bilimdon rahbar sifatida, oqil va odil siyosatdon sifatida gaplashadi. Buni Prezidentimizning turli uchrashuvlardagi muloqotidan, televideniyedagi chiqishlaridan ham yaqqol bilish mumkin.Bizning ajdodlarimiz ming yillar davomida adolatli tuzum, odil shoh g‘oyalariga asoslangan orzular bilan yashagan. Bu g‘oyalar ma’naviyatga uzviy bog‘liq. Shuning uchun har bir hukmdor mana shu g‘oyalarni targ‘ib qilishdan manfaatdor bo‘lgan. Shundan kelib chiqib, ma’naviyat mafkuraning ezgulik darajasini, ezgulik xossasini belgilaydigan o‘ziga xoc mezon deyish mumkin.Shuning uchun ham Ma’naviyat mustaqil O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ma’naviyat milliy istiqlol mafkurasining o‘zak g‘oyalaridan birini tashkil etmokda. Turmushimizdagi, atrofimizdagi turli-tuman odamlarga, ularning kirdikorlariga qarab, bu aytilganlarni hartomonlama taqqoslab ko‘rish mumkin. Ba’zi kishilar turli yo‘llar bilan boylik orttirib, dabdabli to‘ylar o‘tkazish, qo‘sha-qo‘sha koshonalar qurish bilan ovora bo‘ladilaru, ma’naviy jihatdan qashshoqligini bilmaydilar. Kitob o‘qish, davriy nashrlarga obuna bo‘lish y yoqda tursin, o‘quvchi-bolalari uchun kitob yo qo‘llanma olib berishga «pullari yo‘q». Ta’lim muassalari kutubxonalarini kundalik gazetalar va yangi adabiyotlar bilan muntazam ravishda ta’minlash lozim. Kompyuter xonalarida esa internet tufayli jahondagi kundalik siyosat, fan va texnika, madaniyat va sport yangiliklari bilan tanishish mumkin.
Talabalarga boy hayotiy va pedagogik tajriba hamda yuqori bilimga ega bo‘lgan ustozlar ta’lim-tarbiya berib, ularni ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat va ezgulik sari intilishlariga maslahatlar berib turishi lozim.Bularning barchasi talabalarning siyosiy, ma’rifiy va ma’naviy jidatdan o‘sib-ulg‘ayishiga asosiy manba’, bosh mezondir.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish