Mustaqil ishlash uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Metodika o‘tkazish vaqti 15 daqiqa. Psixolog ishni borishini kuzatib turadi va tekshiriluvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘irlab boradi. Diktovka sekin, uzun pauzalar saqlab amalga oshiriladi.
Keyingi naqshni chizishga kirishamiz. Psixolog tekshiruvchilarga murojaat qiladi: “Endi qo‘limizni keyingi nuqtaga qo‘ying. Tayyorlaning! Diqqat! 1katak yuqoriga,1katak o‘ngga, 1katak yuqoriga,1katak o‘ngga, 1 katak pastga, 1 katak o‘ngga, 1katak pastga, 1 katak o‘ngga, 1 katak yuqoriga, 1 katak o‘ngga, endi xuddi shunday naqshni chizishni davom ettiramiz ”.
Endi 3-naqshni chizishga kirishamiz: Diqqat! 3 katak yuqoriga, 1katak o‘ngga, 2 katak pastga, 1 katak o‘ngga 2 katak yuqoriga, 1 katak o‘ngga, 3 katak pastga, 1 katak o‘nga, 2 katak yuqoriga, 1 katak o‘ngga, 2 katak pastga, 1 katak o‘ngga, 3 katak yuqoriga. Endi shu naqshni chizishni o‘zingiz davom ettiring.
Eng oxirgi naqshni bajarishdan oldin psixolog tekshiruvchilarga quyidagi so‘zlar bilan murojaat qiladi: “Qalamni eng pastki nuqtaga qo‘ying. Diqqat! 3 katak o‘ngga, 1 katak tepaga, 1 katak chapga (chapga so‘ziga aloxida urg‘u beriladi), 2 katak yukoriga, 3 katak o‘ngga, 2 katak pastga, 1 katak chapga (chapga so‘ziga yana urg‘u berib aytiladi). 1 katak pastga, 3 katak o‘ngga, 1 katak yukoriga, 1 katak chapga, 2 katak yuqoriga. Endi naqshni chizishni davom ettiring”.
Natijalar taxlili
Topshiriqni bajarish natijalarini taxlil kilishda:
a) diktovka ostida harakat qilish va naqshni mustaqil davom ettirish alohida baholanadi. Bolalaning diqqat bilan eshitish malakasi va tashqi qo‘zg‘atuvchilarga chalg‘imasdan psixolog ko‘rsatmalarini aniq bajara olishi baholanadi;
b) o‘quv ishlarida bolaning mustaqilligi darajasi aloxida baholanadi.
Topshiriqni bajarish darajalari:
Yuqori daraja. Ikkala naqsh (mashq xisobga olinmaydi) diktovkaga butunlay mos bo‘lsa. Ulardan bittasida alohida xatolar uchrasa.
O‘rtacha daraja. Ikkala yuqori naqsh ham qisman diktovkaga mos kelsa. Xatolar xam bor: birinchi naqsh xatosiz, ikkinchisi diktovkaga mos kelmasa.
O‘rtacha-past daraja. Bitta naqsh qisman diktovkaga mos, ikkinchisi umuman noto‘g‘ri bo‘lsa.
Past daraja. Ikkala naqsh xam mos kelmasa.
“Uycha metodikasi”
Ushbu metodika bolaning ihtiyoriylik sferasi rivojlanish darajasi diagnostikasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bolaning maktabga tayyorgarligini aniqlashda qo‘llaniladi. 5-10 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan.
Metodikaning mohiyati uycha tasvirlangan rasmga qarab, xuddi shunday uychani chizishdan iborat. Uychaning alohida detallari yozuv harflari elementlaridan tashkil topgan.
Topshiriq quyidagilarni aniqlash imkonini beradi:
Bolaning namunaga qarab orientirovka qila olishi.
Nusha ola bilishi.
Bu malakalar ixtiyoriy diqqat, fazoviy idrok, sensonomotor koordinatsiyasi va qo‘lning nozik motorikasining muayyan rivojlanish darajasini taqozo qiladi.
Bola oldiga “uycha” rasmi chizilgan varaq qo‘yiladi va psixolog: “shoshilmasdan, diqqat bilan xuddi namunadagidek rasm chiz. Agar biror narsani chizmagan bo‘lsang yoki noto‘g‘ri chizsang, rasmni o‘chirmasdan uning tepasiga yoki yoniga boshqatdan to‘g‘irlab chiz. Topshiriq tushunarlimi? unda ishga kirishishingiz mumkin,” deb ko‘rsatma beradi.
So‘ngra bolaga oq varaq hamda (qora) qalam beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |