81
31. OLTINXO’RLIK
Yana bir necha yilda O’zbekistonning oltin zapaslari tugaydi.(Xabarlar oqimidan).
Qadim o’tgan zamonda, Turonzamin tomonda bir Oltinbosgan ismli ajdarho o’tgan ekan.
Oltinbosgan juda ham yuho ekan. U bir shaharga kelib, katta tepalikning ustiga o’tirib olibdi.
O’sha erdan xalqqa vahshat socharmish.
Uni haydaymiz deyishsa, hech ketmas emish. O’ldiramiz
deyishsa, hech kimning kuchi etmas ekan. Uning og’zidan otilgan olov butun shaharni yondirib,
kulga aylantiribdi. Shunda qo’shni shaharlarda ham vahima boshlanib, ular bu ajdarhoni
yo’qotishga kirishibdilar. Uning bir boshini kesishsa, ikkinchi, uchinchisi o’sib chiqaramish. Har
uzilgan
boshdan esa, ajdarhochalar tug’ilarmish. Ular katta ajdarhoning atrofini qo’rg’on qilib
o’rab, uni qo’riqlab o’tirashar va hech qanday kuch uni engolmas ekan. Shu zayl yillar ketidan
yillar o’tib, bir kuni ajdarho o’z ajali bilan o’libdi. Shunda xalq ajdarhochalarni tor-mor qilibdi.
Keyin nima gap, nega ajdarho bu erni hech tark etmadi, deb tepalikning orqasiga o’tishsa, hamma
yoq o’pirilgan emish. Buncha tuproq qayoqqa ketganiga hayron bo’lishibdi. O’sha joydan bir
bo’lakcha oltin topishibdi. Shundan so’ng tushunishibdiki, bu tepalik ostida oltin koni bo’lgan va
ajdarho ana shu oltinlarni topgan. O’lgan ajdarhoning qornini yorishsa, to’la oltin emish.
-U oltin eb, bo’kib o’lib
qolgan ekan-da,-deb o’ylashibdi ba’zilar.
-Yo’q, u oltinxo’r bo’lgan, oltin tugagandan keyin o’lib qolgan,-dermish qolganlar.
Shu zayl uning nomi Oltinbosgan bo’lib qolibdi. Xalq shundan kelib chiqib, oltin bor joyda ilon
bor, der ekan.
Ilk bor bu ertakani 1990 yillarning boshida Karimov Olmaliqqa borganda eslagandim. U oltin
yombi(taxtachasimon quyilma)lar yoniga kelib, ko’zlari charaqlab ketgandi. U birdaniga
yombilardan ikkitasini ikki qo’liga ko’tarmoqchi
edi, bir zum egilib qoldi. Keyin׃
-Na buncha og’ir?,-dedi.
-Har biri 12 kilogramm dedi,-yonidagi odam.
Shundan keyin u yombilarni ikki qo’liga ko’tarib, sevinchini yashiraolmay suratga tushdi.
Bu surat
o’shanda hamma gazetlarda bosildi. Televizordan ham ko’rsatildi. Kimb ilsin-ki o’shandayoq
Karimov o’zini bu oltinlarning sohibi deb e’lon qilgan va xalqqa qarab “Ko’rib qo’y, bu oltinlar
meniki!” deyayotgan ekan.
Ammo shu narsa aniq edi-ki, Karimov o’shanda yombilarni ilk bor ko’rgandi. Tabiiyki, sovet
davrida mana-man degan odam ham faqat oltinning tangasi-yu mayda-chuydasini ko’rgan. Quyma
yombilarni esa, KGB ning maxsus bo’limi nazoratida Moskvaga jo’natishgan.
1990 yilda Shu
krullo Mirsaidov hali bosh vazir ekanligida undan׃
-O’zbekistonda qancha oltin chiqadi?-deb so’ragandim.
82
-Buni hatto Islom akam ham bilmaydilar,-deb javob qilgandi u.
Demak, Karimov oltin yombilarni o’shanda kashf qildi.
Kashf qildigina emas, ustiga yotib oldi.
Sovet davridagi ma’lumotlarni faqat Moskva bilgani aniq hol. O’zbekiston mustaqil bo’lgandan
keyin ham oltin borasidagi ma’lumotlar sir saqlanmoqda. Karimovning o’zi bir nutqida yiliga 80
tonna oltin ishlab chiqaramiz desa, ikkinchi nutqida 70, uchinchisida 85 deb yuboradi. Ammo bu
oltinlar qaerda va qayoqqa ketdi, buni so’raydigan odam yo’q.
Oltin zapaslari haqida esa kimdir O’zbekistonning ikki ming tonnalik oltin zapasi bordesa,
boshqabirov 3,5 mingt onnalik deydi. Ammo shunisi aniq-qi, O’zbekistondan
qazib olinadigan
oltin jahondagi eng yuksak sifatli oltin hisoblanadi. Bu borada aniq ma’lumot bo’lmagani uchun
turli manbalarga quloq tutiladi.
Yurtboshining o’ng qo’li, uning barcha kirdikorlarini bilgan Zelemxon Haydarovga yaqin
manbalarga ko’ra, Karimov 1990 yillarning boshida xuddi Buxoro amiri yoki arab qirollari kabi
Shvetsariya bankida 38 tonna, Frantsiyadagi bir bankda 10 tonna va Angliyadagi yana bir bankda
17 tonna oltinni o’z nomiga qo’ygan.
Faqat u Frantsiyaga borganda o’n tonna oltinni O’zbekistonga sarmoyadorlarni jalb etish va
shunga kafolat sifatida keltirganiniaytgan edi.
E’lon qilinmagan boshqa ma’lumotlarga ko’ra, Karimov davrida 1,5 ming tonnadan ziyod oltin
qazibo lingan. Karimov bu ishni shu qadar tezlashtirishni talab
qilgan-ki, qazib olingan oltinning
anchasi chiqindiga qo’shilib ketgan. AQShning Nyumont kompaniyasi ana shu chiqindidan
dunyoning oltinini ajratib oldi. Buning ham asosiy qismi Karimovning hisobiga o’tib ketdi.
“Amerika ovozi”da ishlaganimda, bir kuni Janubiy va Markaziy Osiyo boshqarmasining
kotibiyatida bir qiz paydo bo’ldi. U qisqa muddatga praktikaga kelgan ekan. Amerikada praktikaga
keladigan talabalarga katta imkoniyatlar berishadi.
Xullas, ish soatlarim haqidagi tabelni olib tushsam, u qiz hisobchimizning o’rnida o’tirgan ekan.
Yaxshi salomlashdi. Ammo ismimni aytishim bilan avzoyi buzilgandek bo’ldi. Shundan keyin
meni ko’rsa, yuzini boshqa tomonga buradigan bo’ldi.
Yosh qiz, ko’ngliga kelganini qiladi, deb
indamay qo’ydim.
Bir kun boshlig’imiz haligi qiz bilan uning otasini boshlab keldi va uning otasi Nyumont
kompaniyasining muhim odami ekanligi va O’zbekistonda ishlashini aytdi. Tabiiyki, u avval
rahbariyat huzurida bo’lgan va ularning taklifi bilan bizning xonamizga ham majburan tashrif
buyurgani bilinib turardi. U tumshug’ini osib oldi va savollarimizga yarim-yorti qilib javob berdi.
U Karimovdan mamnun edi. Men unga׃
-Diktatorning avzoyi bugun yaxshi, ertaga buzuq, bir kun sizlarni ham yondirishi mumkin
emasmi?-dedim.
U׃
83
-Siyosat boshqa,
biznes boshqa, Karimov biznesni biladi,-dedi.
Men boshqa savol bermadim.
Mana bugunga kelib, o’sha biznesni biladigan odam bu shirkatga 40 million dollar jarima tortib
o’tiribdi. Bu “eganini qornini teshib bo’lsa ham qaytarib olish” deyiladi…
O’zbekiston oltin konlarini ikkiga bo’lish mumkin. Biri aniqlangan konlar va ikkinchisi taxmin
qilingan konlar. Aniqlangan konlardagi oltinlarni bugungi tezlikda qazib olinsa, 5-6 yilda bitishi
aytilmoqda. Bu 15 yil davomida ezilgan o’zbek xalqi uchun juda uzoq, ammo oltinxo’r uchun juda
qisqa muddat.
Do'stlaringiz bilan baham: