-Lekin mana siz aytayapsizki, ba’zi talablar bo’lgan edi, keyin aytaman, deyapsiz. Shu keyin
aytaman deganingizning ortida nima gap bor?
-Uka, siz bilmaysiz, mani ikkita nevaram ularni qo’lida. Uchta qarindoshimni ular qamab olishdi.
Bir kun o’tirganimda Amerikada… Zelemxon Haydarovni bilsangiz kerak, Zelemxon
Haydarovdan manga telefon keldi.
-O’zbekiston prezidentining Umumiy Ishlar Boshqarmasining boshligi…
-O’ng qo’li deyiladi O’zbekistonda. U odam kuchli…Zelemxon akadan manga telefon keldi-ki,
“Abdurauf aka, Islom aka va oilasi chaqirib menga buyruq berdiki, Abdurauf akaga telefon qiling,
shu Mansur Gulnorani qo’ygan talablariga… Talablarining ichida bittasi shu-ki, Mansur avlodidan
kechsin. Avlodidan kechsa na sizlarni zavodlaringizni olamiz, na sizlarni joylaringizni olamiz, na
uylaringizni olamiz, hammasini sizlarga qaytarib beramiz. Shu Mansurga ayting, shu ishga qo’l
qo’ysin. Nima deydi?”.
Mansur turib aytti-ki, nima qilsa qilsin, man bolamdan qanday qilib o’taman, dedi. Endi bunga bir
sabab borki, inson bolasidan qanday qilib o’tadi? Endi Karimov o’zi bunga o’rganib qolgan,
oldingi xotinini qo’yib yuborib, bolalaridan kechgan. Biz inson bolasi edik biz. Boshqalarni
qanday bilsin, millatni qanday bilsin!? Shu sabablar uchun 93-yildan buyon man bu odamdan
uzoqlashdim. Man shu Qatortolda yashayman, qanday holatga tushganimni man o’zim bilaman.
-Har holda bir odamni tanish uchun o’n yillar etarli bo’lsa kerak. Shu o’n yilda ozmi-ko’pmi
tanidingiz. Shu tanigan odamingizdan nevaralaringizni olishingiz mumkinmi?
-Albatta, mana Amriqoda adolatlik. Na bu yerda bir odam bittadan biror narsani iltimos
qilolmaydi, hammasi pul. Amerika sudi mana shetta qaror berdi. Nevaralarimni qaytarib bersin,
odamlarni qo’yib yuborsin, har narsa deb… Hozir avvalgi gapim chala qoldi. Shu Zelemxon
Haydarovni aytgan gapi, mana shuni yozing, Zelemxondan so’rang, agar Zelemxon aka shu
gapidan tonsa, man subutini sizga qo’yib beray…
Suddi qarorini eshitgan bo’lsanglar kerak. Bugun Gulnora Karimova yo deyarli boshqa uning
do’stlari-yu yo boshqa davlat odamlari ko’p bu yerda harakat qilishdi. Suddi aldashmoqchi
bo’lishdi. Lekin sud ana hammasini yozdi. O’qigan bo’lsanglar. Bu yerda O’zbekistonga
o’xshagan emas-ki, bu yo’l bo’lsa bunday qilgin deb. Inshoollo olamiz nevaralarimizni. Hech
kimga… Xudodan boshqa hech kimga bir narsa qolmaydi. Zulmning oxiri barbod. Bunday
olganda Islom akani kim yaxshi ko’radi? O’zingiz ayting… Yomon ko’rgan odamni “Xalq
dushmani” deb ham e’lon qildi. O’n yil, yigirma yillab odamlarni qamagan. Ba’zi sessiyalarda
bo’lgan gaplarni eshitgandirsiz, avvalda, nimalar degan bu odam? Yalinib turardi odamlarga.
Hozir endi hamma yog’ini o’ziga qilvolib, o’ziga yaqin odamlarni qo’yvolib… O’zbekistonga
masalan, bir protsent ham inson huquqi yo’q. Siz nima deysiz shu gapga, inson huquqi bormi
O’zbekistonda?
Do'stlaringiz bilan baham: |