Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

22.MAQSUDIY NIMA DEYDI?
“Amerika Ovozi” radiosida ishlab yurganimda (1999-2004) doim Islom Karimovning qudasi-
Maqsudiylardan intervyu olishni o’ylardim. Chunki Islom Karimovning sirlarini ularchalik 
biladigan boshqa odam yo’q. Yana bir kishi bor. U ham bo’lsa prezident devoni Umumiy ishlar 
boshqarmasining rahbari Zelemxon Haydaraov. Ammo u hali otda. Qachon otdan tushsagana 
undan biror gap olish mumkin. Naqdi Maqsudiylar. Bu haqda doim Maqsudiy bilan quda bo’lgan 
hamkasbim Rano Habibga aytsam, u “Gaplashib beraman” derdi, ammo natija chiqmasdi. 
Bir kun ruslarning gazetasida Maqsudiylar haqida tanqidiy maqola chiqib qoldi. Ko’rinishicha 
Gulnora Karimova yozdirgan va bir qancha maqsadni ko’zlagan maqola. Uni Rano opaga 
ko’rsatib, “Endi ham Maqsudiylar gapirishmasa, tarix oldida yuzlari shuvut bo’lib qoladi” dedim 


va maqolada ko’zda tutilgan maqsadlarni unga tushuntirib berdim. U Maqsudiylarga aytgan edi, 
ular maqolani ko’rishni istadilar va javob berishga rozi bo’ldilar. Darhol yo’lga chiqdim. 
Uchrashuvimiz xuddi izquvarlar filmlaridagi kabi bo’ldi. Menga avval Nyu Jersey shtatining 
poytaxti Nyuakga kelishim aytildi. U yerga Mansur Maqsudiyga telefon qilsam, “Morristovn 
shahriga kelishingiz kerak” dedi. Sel yog’ib turgandi. Arang yetib bordim. Mansurga telefonda׃ 
“Temir yo’l ko’prigi ostidan o’tib, qarshi tomonga yura boshlasangiz biz o’zimiz sizni topib 
olamiz” dedi. 
Mashinada o’tirgan Farhod degan yigitni tanishtirdi va uning radioga gapirishini aytdi. O’zi esa 
“Financial Times” gazetasiga “boshqa joyga gapirmayman” deb so’z berganini bahona qildi. 
Uzoqda, o’rmonlar ichidagi hovliga otasini ham keltirgan ekan, o’sha erda uchrashdik. 
Agar zolimning sirini bilsang Amerikada ham qo’rqib yashash kerak. Shuning uchun ham bu 
sirdan vaqtida qutulish lozim. Abdurauf Maqsudiy esa qutulmoqchi emasdek ko’rindi. U bir 
qog’ozni to’ldirib yozib olganini, shuni o’qib berishini aytdi. Bu orada kimlardir tinimsiz sim 
qoqib turar va voqealar jarayonidan xabardor bo’lishni istayotganlari sezilardi. 
Ular mendan ham shubha qilayotgan edilar va buni tushinishga harakat qildim. Mikrofon ishga 
tushgandan keyin baribir og’ir savollarim bilan u kishini gapirtirishga muvaffaq bo’ldim. 
Suhbat tugagach, u kishi o’g’liga “Sen faqat mana shuni o’qib berasiz, deganding, bu odam meni 
qiynab yubordi-ku” dedi uf tortib. 
Mansur mendan ranjidi va qo’limga yarim qog’ozlik bayonotini berib, “Mana shuni radioda o’qib 
bersangiz” etadi, dedi. Ammo uning o’zini ham gapirtirishga muvaffaq bo’ldim. Keyin esa 
Farhodni. Suhbatimiz soat 23.05 da tugadi va chiqib, har tomonga tarqalib ketdik. Mehmonxoda 
qoldim. Mamnun edim. Chunki favqulloda muhim gaplarni olishga erishgandim. Ertasiga 
Vashingtonga qaytib, suhbatlarni eshittirishga tayyorladim. 
Maqsudiylar telefon qilib suhbatlardan ba’zi joylarini olib tashlashni so’rashdi va kasbim nuqtai 
nazaridan buni bajo keltirdim. Lekin bu umumiy mazmunga soya tashlamadi. 
2003 yilning 11 Avgustidan boshlab, ya’ni dushanba kunidan 17 avgust yakshanbaga qadar 
suhbatlarni efirga uzatdik va bu suhbatlar Islom Karimovning kimligini ochishda nihoyatda katta 
ahamiyatga ega edi. Shu bois mazkur suhbatlarning matnini, magnit lentasiga qanday tushgan 
bo’lsa shu holda aynan keltirmoqchiman. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish