Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

birinchi savolga
javob berish juda muhim. 
Ikkinchi 
savolning
kredit oluvchi tomon to‗ldirishi, uning moliyaviy ahvoli
undagi hisob-kitoblar holati, auditorlik tekshiruvlar bo‗yicha hisobotlar 
va xulosalar, korxona balansi, pul oqimi to‗g‗risida hisobot, daromadlari 
va boshqa ma‘lumotlar bank uchun zarur hamda bu hujjatlarning 
mavjudligi korxonaning o‗z moliyaviy resurslarini muvafaqqiyatli 
boshqarayotganligidan dalolat berishi mumkin.
Uchinchi savolda
esa bank u berayotgan kredit uning kredit 
portfeliga mos keladimi yoki yo‗qmi, shuni aniqlashi lozim. Agar bu 
beriladigan kredit bankning kredit portfelining yanada ko‗proq 
diversifikatsiyalanishiga olib kelsa, bu bankning kredit portfeli riskini 
kamaytiradi. Agar bu kredit bir tarmoqqa kreditlarning yig‗ilishini 
kuchaytiradigan, to‗lash muddati bir vaqtda to‗g‗ri keladigan bo‗lsa, 
kredit portfelining riski oshishi mumkin. Bunda bank xodimlari kredit 
berish, kreditni baholash sohasida yetarli bilimga egami, ular bozor 
o‗zgarishlarini inobatga olgan holda bank ishining texnikasini bilishi, 
kredit berish bo‗yicha oxirgi qarorni qabul qilmasada, u kreditni 
baholash jarayoniga javobgar hisoblanishi lozim. 
Kredit riskning yuqori bo‗lishi bank tomonidan pul bozoriga 
murojaat qilish 
va uning 
mablag‗laridan 
ehtiyotkorlik 
bilan 
foydalanishga da‘vat qiladi. Kredit risklarini tahlil qilish nafaqat qarz 
oluvchining moliyaviy holatini o‗rganish, shuningdek, bankning ichki 
593
risksiz operatsiyasi mavjud emas, bankning barcha operatsiyalari risk 
bilan bog‗liq. 
Chunki xo‗jalik subyektlari faoliyatida o‗z mablag‗lariga tayansa, 
tijorat banklari asosan jalb qilingan mablag‗larga tayanib faoliyat olib 
boradi. Shu bois tijorat banklari o‗z faoliyati bilan bir tomondan, o‗z 
aksiyadorlari oldida javobgar bo‗lsalar, ikkinchi tomondan, o‗z 
mablag‗larini ishonib topshirgan va bank xizmatlaridan foydalanayotgan 
mijozlar oldida majburiyatga egadirlar. 
Shu tufayli bank riski, uning mohiyati, turlari, kelib chiqish 
sabablarini chuqur o‗rganish banklar faoliyatini samarali boshqarishda 
muhim ahamiyatga ega.
Risk keng ma‘noli, faoliyatning, jarayonlarning turli bosqichlarida 
uchrab turuvchi ko‗p qirrali tushunchadir. Bank riskining mohiyati haqida 
ko‗pgina mahalliy iqtisodchilar tomonidan bank tavakkalchiligi, kredit xavf-
xatari, bank xatari, yo‗qotishlar, ehtimollik, qaltislik, ikkilanish, noaniqlik 
kabi qator tushunchalar berilgan.
Biz ta‘kidlaganimizdek, bank faoliyati har tomonlama risk bilan 
bog‗liq bo‗lib, bank ―bergan krediti o‗z vaqtida qaytib keladimi? 
Keyingi oyda depozitlar salmog‗i oshadimi? Bank aksiyasining bahosi 
va bank foydasi oshadimi? Keyingi chorakda (oyda) foiz stavkalar 
qanaqa bo‗ladi, ular bank foydasiga qanday ta‘sir ko‗rsatadi?» kabi 
ehtimollar bilan bog‗liq faoliyat olib boradi. Shu holatlarning tahlilini 
hisob qilgan holda, mablag‗larni aktivlarga joylashtiradi: kreditlar 
beradi, investitsiya qiladi va boshqa sohalarga yo‗naltirib, ijobiy natijaga 
erishishni maqsad qilib qo‗yadi. Bank riski iqtisodiy risklar turkumiga 
kirib, bank bilan jismoniy va huquqiy shaxslar o‗rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarga tayanadi. Bank faoliyatining tashkil etilishi va amalga 
oshirilishi, bank mablag‗larining ma‘lum tamoyillar asosida kreditga 
berilishi uning faoliyati risk bilan bog‗liq ekanligini ko‗rsatadi. Bu hol 
bank riskining obyektivligini ifodalasa, bank faoliyatiga boshqa 
omillarning ta‘siri, ularning natijasini hisoblash imkoniyatining 
mavjudligi va bir turdagi riskning turli sharoitda bo‗lishi, uni turlicha 
qabul qilish va hisoblay olish uning yuzaga kelishining subyektiv 
sabablari hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
me‘yoriy hujjatlarida bank riski- tavakkalchiligi – bank faoliyatiga ta‘sir 
qiluvchi iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, siyosiy, texnologik ichki va 
(yoki) tashqi omillarga bog‗liq bo‗lgan holatlar natijasida bank 
faoliyatiga xos bo‗lgan moliyaviy zararlar ko‗rish va (yoki) bank 


594
likvidligi (bank o‗z majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyati)ni to‗liq 
yoki qisman yo‗qotish xavfining mavjudligidir, deb ta‘riflanadi. 
Bank faoliyatida riskning yuzaga kelishi, uning salmog‗i, ta‘siri, 
shakli turli sabablar va noaniqliklarga bog‗liq bo‗ladi. Chunki tashqi va 
ichki muhit, obyektiv iqtisodiy va siyosiy jarayonlar va ulardagi 
bo‗ladigan o‗zgarishlar bank faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Bank faoliyatida risklarning yuzaga kelishining quyidagi sabablari 
mavjud: 
- bozorni yaxshi o‗rganmaslik; 
- resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirishda yuzaga keladigan 
nomutannosiblik; 
- kreditlanadigan loyiha, obyekt va mijozlar to‗g‗risida, ularning 
moliyaviy ahvoli to‗g‗risidagi ma‘lumot va axborotlarning to‗liq 
emasligi; 
- mijozning kreditga layoqaliligi, moliyaviy ko‗rsatkichlarining 
chuqur tahlil qilinmasligi, uning kredit tarixini o‗rganmaslik; 
- tarmoqlar faoliyati xususiyatining inobatga olinmasligi; 
- subyektlar yoki mijozlarning mablag‗lardan maqsadli va to‗g‗ri 
foydalanish bo‗yicha ko‗nikmalariga e‘tibor qaratmaslik; 
- bank xodimlarining malakasi va o‗z kasbiga mas‘uliyati sayozligi 
va boshqalar bank risklari yuzaga kelishining umumiy sabablaridan 
hisoblanadi.
Bank riski - bu bank faoliyatini amalga oshirish jarayonida bank 
mablag‗larining bir qismini yo‗qotish yoki daromad ola olmaslik 
sharoitida ijobiy natijaga umid qilib bank operatsiyalarini (depozit, 
kredit, investitsiya, valyuta) o‗tkazishdan iborat. Bankning barcha 
operatsiyalari risk bilan bog‗liq bo‗lsada, bank shu operatsiyalarni 
amalga oshirishda yuqori daromad olishga intiladi 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish