610
– bu oldindan aniq bo‗lgan, yuqorida xavf tug‗dirmaydigan risk bo‗lib,
uning
hajmi sezilarsiz, doimo olinadigan foydadan past bo‗ladi. Kritik
risk zonasi yo‗qotishlar bo‗lish xavfi borligini ifodalaydi,
olinadigan
foydadan bir qismining biron jarayon uchun yo‗naltirilganligini va shu
mablag‗larning qaytib kelishida xavf borligini ifodalaydi.
Halokatli risk - aniq yo‗qotishlar muqarrarligini va bankning
foydasi, mulki zarar bilan yakunlanishini ifodalaydi.
Banklar tomonidan beriladigan
kreditlarning qaysi sohaga
yo‗naltirilishi, ular bo‗yicha to‗lanmagan qarzlarning mavjudligi
to‗g‗risida aniq tassavurga ega bo‗lish uchun banklar aniq axborotlarga
ega bo‗lishi, doimiy hisob-kitoblar olib borishlari lozim. Kreditlarni risk
darjasi bo‗yicha turkumlash kreditlar xavfli
zonaga tushmasligining
oldini olish, kredit risklarining salmog‗ini kamaytirishga imkoniyat
yaratadi.
Yuqori riskli yoki spekulyativ (yuqorida daromad keltiruvchi bo‗lsa
ham) loyihalarni moliyalashtirish orqali bank o‗z omonatchilarining
mablag‗larini xavf ostiga qo‗ymasligi lozim.
Bu jarayonlarni bankning
monitoring bo‗limlari tekshirib turishlari lozim.
Kredit riski tashqi omillarga (bozor holati bilan, iqtisodiy muhit
holati bilan bog‗liq) va ichki omillarga (bankning o‗z
faoliyatidagi
kamchiliklar tufayli yuzaga keladigan yo‗qotishlar) bog‗liq bo‗ladi.
Tashqi omillarni boshqarish imkoniyatlari cheklangan bo‗lsa ham,
ammo o‗z vaqtidagi harakatlar bilan bank ushbu omillarning ta‘sirini
yumshatishi va yirik zararlarni bartaraf qilishi mumkin.
Bankda kredit riskining yuzaga kelishi, birinchidan,
puxta ishlab
chiqilgan kredit siyosati va unda qayd etilgan mijozlar bilan bo‗ladigan
operatsiyalarga tegishli umumiy yo‗riqnomalarning mavjudligiga;
ikkinchidan, ushbu yo‗riqnomalarni hayotga tatbiq etayotgan bank
xodimlarining bilim darajasiga va harakatlariga, ya‘ni riskni boshqarish
qobiliyati bank rahbarlarining omilkorligiga
hamda aynan kredit
shartnomasining shartlarini ishlab chiquvchi, kredit loyihalarni tanlab
oluvchi bank xodimlarining malaka darajasiga bog‗liq bo‗ladi.
Tijorat bankining kredit risklarini boshqarish
jarayonini bir nechta
bosqichlarga ajratish mumkin. Bular:
623
- Sof risklarga qaysi risklar kiradi?
- Boshqarish imkoniyatiga ko‗ra bank risklari qanday turlarga
bo‗linadi?
- Tashqi risklar darajasiga qaysi omillar ta‘sir ko‗rsatadi?
- Tuzilish belgilariga ko‗ra iqtisodiy risklar qanday risklarga
bo‗linadi?
- Xalqaro risk deganda nimani tushunasiz?
- Risk darajasi nimani ifodalaydi?
- Bankning ichki risklariga qaysi risklar kiradi va unga ta‘sir
qiluvchi omillar?
- Diversifikatsiyalanish nimani anglatadi?
- Bank risklarini baholashning matematik usullari qaysilar?
- Kredit riski va uning yuzaga kelishi sabablari nima?
- Kredit riski qachon va qanday aniqlanadi?
- Banklar va bankirlar boshqa kreditorlarga nisbatan riskdan ko‗p
himoyalanuvchi bo‗ladi, bunga sabab nima?
- Tijorat banklarida kredit risklarini
boshqarish jarayonining
bosqichlarini ayting.
622
Riskni boshqarishni amalga oshirishdagi usullar riskning oldini
olish va undan keladigan yo‗qotishlarni kamaytirishga qaratilgan bo‗lib,
u quyidagi yo‗nalishlarga asoslanadi:
Riskni o‗z kapitali hisobidan qoplash choralarini ko‗rish,
Riskga asoslangan marja (foiz, ta‘minot v.b.) darajasini aniqlash.
Kredit portfeli sifatini nazoratga olish va uning diversifikatsiyasiga
e‘tibor qaratish.
Riskning turlari bo‗yicha ularning xavflilik darajasini aniqlash.
Bank operatsiyalarini risk omilining ta‘siri darajasidan kelib chiqib
diversifikatsiyalash.
Bankning riskli operatsiyalari bo‗yicha limitlar o‗rnatish.
Zarur hollarda aktivlarni sotish.
Alohida risklarni xedjirlash.
Risklarni sug‗urtalash.
Shuningdek, yana riskdan qochish, riskni cheklash, ushlab turish,
riskni taqsimlash, qayta sug‗urtalash, o‗z-o‗zini sug‗urtalash kabi
usullardan ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: