Jamiyatga yot unsurlar - jamiyatdan tashqarida qolgan Ishsiz, muqim yashash joyi va kasbi yo’q odamlar bo’lib, ularni terror va qonunsizlik oqimiga tortish oson. Ayni paytda hokimiyatni qo’rqitish va siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga intilgan neofashist terroristik guruhlar faollashdi. Hokimiyatning terroristlar bilan kurashga yo’naltirilgan barcha urinishlari natijasiz qoldi: terroristlarning o’ngi ham, so’li ham zimdan ish ko’rib, adolatli suddan qutilib qoldi. 1976-yilgi parlament Saylovlari IKPga yangi muvaffaqiyat keltirdi. U 630 o’rinli parlamentda 34,4 foiz ovoz va 227 o’rin oldi. Mamlakat jamoatchiligi endi kommunistlarni hukumatga kiritishni talab etdi, zero bu mamlakatda sharoitni barqarorlashtirish va milliy kelishuUni qaror toptirishning yagona yo’li bo’lib, usiz terrorchilik to’lqinini to’xtatib bo’lmasdi. 1978-yilning martida Aldo Moro IKP bilan bitim tuzdi, unga ko’ra kommunist deputatlar agar hukumat ikkala partiyaga muvofiq keluvchi dasturga anial qilsa, uni qo’llab-quvvatlash majburiyatini olishdi. Bu bitim tuzilgan 17-mart kuni "qizil brigada"ning terroristlar guruhi Rim markazida Aldo Moro avtomobilini egallab olib, o’zini o’g’irlab ketishdi. Ular Aldo Moro evaziga qamoqdagi o’rtoqlarini ozod qilish talabini qo’yishdi. XDP rahbariyati va italyan hukumati terrorchilar talabini bajarishni rad etdi. 1978-yil 9-mayda A.Moroning o’qdan ilma-teshik bo’lgan jasadi Rim markazida, XDP va IKP rahbar organlari joylashgan binolardan teng masofada turgan avtomobil yukxonasidan topildi. Bu uning mazkur partiyalar o’rtasidagi yaqinlashish va hamkorlik g’oyasini qo’llab-quvvatlashi o’limining chinakam sababi ekaniga to’g’ridan-to’g’ri ishora edi. A.Moro o’limidan so’ng XDPda kommunistlar bilan hamkorlikning raqiblari ustunlik qildi. IKP parlament ko’pchiligi tarkibidan chiqdi.
Aldo Moro –1916-1978. 1948-1978 yillarda Italiya parlamenti deputati.1963-1968 yillarda, 1974-1976 yillarda Bosh vaziri.1969-1972 yillarda tashqi ishlar vaziri. Aldo Moroning o’limi mamlakatda umumiy g’azab-nafrat uyg’otdi. Mafiya va "qizil brigada"larga qarshi yalpi urush boshlandi. Sitsiliya va Neapoldagi jinoyatchi tashkilotlarning yuqori qism rahbarlari qamoqqa olindi. Parlament deputatlari orasidagi korrupsiya bilan bog’liq, umummilliy janjal saylov tizimini o’zgartirish haqidagi talablarning ko’tarilishiga olib keldi. 1993-yil avgustda italyan, parlamenti va senat yangi saylov tizimi haqida qonun qabul qildi, unga ko’ra parlamentdagi 75 foiz o’rin saylov okruglarida eng ko’p ovoz olgan nomzodlarga, qolgan 25 foiz - 4 foizli to’siqni yengib o’tgan partiyalarga beriladigan bo’ldi. Biroq yangi tizim ham jamoatchilik nazorati va qo’lida mustaqil ommaviy axborot vositalariga ega bo’lmagan kuchli muxolifat yo’q sharoitda suiiste’molliklardan kafolatlay olmasdi. Italiyada yangi saylov qonuni qabul qilingandan so’ng boshlangan siyosiy kurash buni yorqin namoyon etdi. 1994-yil martda Italiyada hokimiyat tepasiga bosh vazir Silvio Berluskoni boshchiligidagi hukumat keldi. U yirik italyan kompaniyalari ro’yxatida ikkinchi o’rinda turuvchi "Fininvest" sanoat-moliya korporatsiyasi egasi bo’lish bilan birga uch italyan xususiy televizion kompaniyalarini sotib oldi va davlat televideniyesining butun tizimi ustidan nazorat o’rnatdi. Bu qudratli targ’ibiy mashina tufayli uning "Forsa, Italiya" (Olg’a, Italiya) partiyasi Saylovlarda 21 foiz ovoz oldi. S.Beruskoni neofashistlar va Shimoliy Liga (mamlakat shimolidagi separatistlar harakati) bilan koalitsiyada yangi hukumat tuzdi. S.Berluskonining Italiya jinoyatchilari dunyosi bilan aloqasi hech kim uchun sir emas edi. Saylov kompaniyasi davrida uning mafiyaga qarshi chiqarilgan 1992 yilgi qonunni tugatishga bergan va’dasiga javoban mafiya boshliqlari ochiqdan-ochiq qo’llab-quvvatlashdi. Hokimiyat tepasiga kelgan S. Berluskoni RAI davlat telekompaniyasi rahbariyatini almashtirdi, zotan ular mafiyaning jinoyatkorona faoliyatini fosh etish bilan shug’ullangan edi. U 1992-yil qonunini man etish kompaniyasini boshladi va korrupsiyada shubhalanish bo’yicha oldindan ushlashni man etuvchi parlament qarori chiqishiga erishdi. To’satdan yuz bergan kuchli janjal deputatlar palatasida hukumatga ishonchsizlik votumiga olib keldi. Bu demokratik kuchlarning kuchli g’alabasi edi.
1995-yili bo’lib o’tgan Saylovlar natijasida Romano Prodi rahbarligidagi yangi hukumat yuzaga keldi, u dadil tajriba sifatida boshqaruvga eski kommunistlarni jalb etdi. Yangi hukumat oldida ikki asosiy muammo turardi. 1-ulkan byudjet yetishmovchiligi (1995-yili 7,7 milliard dollar). 2-mamlakat shimolidagi (markazi 250 ming kishilik Treviso shahri) separatchilik harakati bo’ldi. Yangi hukumat hokimiyatda bo’lgan 6 yil mobaynida mamlakatda ko’p narsa o’zgarmadi. Poraxo’rlik va korrupsiyada ayblangan amaldorlarning birortasi ham jazolanmadi. Ularning ko’pchiligi sudtomonidan "aybsiz" deb topildi. Ishsizlar ko’paydi, byudjet yetishmovchiligi ortdi. Romano Prodi o’z maqsadiga erishdi, u 2001-yil YeH Kengashi raisligiga saylandi. Mamlakatda 2001-yil iyulda umumiy parlament Saylovlari o’tkazildi. "Forsa, Italiya" partiyasi g’alaba qozondi. S.Berluskoni o’zining chalkash sud ishlariga qaramay, yana mamlakat bosh vaziri bo’ldi.
1950-1990-y. – Italiya dunyoning 7 ta eng sanoati rivojlangan davlatlari qatoriga qo’shildi.